6-mavzu. Global jarayonlar va barqaror taraqqiyot Reja
Prognozlashtirishning metodlari
Download 150.5 Kb.
|
6-mavzu. Global jarayonlar va barqaror taraqqiyot
Prognozlashtirishning metodlari:
1. Ekstrapolyatsiya metodlari. 2. Tarixiy analogiya. 3. Modellashtirish. 4. Ekspertiza usulida baholash. 5. Kelajak ssenariylari. Ijtimoiy hodisalar va jarayonlarning rivojlanish imkoniyatlarini prognoz qilish natijasi prognoz hisoblanadi. U kelajak u yoki bu muammolarining rivojlanishi va ularni yechishning mumkin bo‘lgan barcha variantlarini, ularning bir-birini istisno etuvchi variantlarini, stixiyali va ongli jarayonlarni, ularning vaqt va ko‘lam parametrlarini aniqlash imkonini beradi. Kelajakning ijtimoiy prognozlar taklif qilayotgan tavsifining mazmuniga qarab, ular insonni yo unga faol intilishga, yo uning yuz berishiga qarshi harakat qilishga, yo uni passiv kutishga da’vat etadi. Shu sababli har qanday ijtimoiy prognoz ilmiy bilishga doir mazmunni ham, muayyan mafkuraviy vazifani ham o‘zida birlashtiradi. Bunda bilishga doir funksiya ustunlik qilishi ham, mafkuraviy funksiya ustunlik qilishi ham mumkin. Turli prognozlarning mazmuni va vazifasidan kelib chiqib, ularning to‘rt asosiy tipini farqlash mumkin. Qidiruv prognozi – ijtimoiy ob’ektning kelajagi qanday bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatish uchun tuziladigan prognoz. U rivojlanish qaysi yo‘nalishda yuz beradi, kelajakning muayyan davrida prognoz ob’ektining holati qanday bo‘lishi mumkin, degan savollarga javob beradi. Normativ prognoz – boshqaruvni optimallashtirish yo‘llarining oqilonatashkil etilgan tahlili. Bu prognoz obrazli qilib «teskari prognoz» deb ataladi,chunki unda o‘rganish teskari yo‘nalishda – kelajakdan hozirgi davrga qarab amalgaoshiriladi. Normativ prognoz qo‘yilgan maqsadlarga erishish yoki qo‘yilganvazifalarni yechish uchun nima qilish mumkin yoki kerak, degan savolga javob beradi. Normativ prognozning predmeti sifatida ijtimoiy jarayonlar xususiyatinibutunlay o‘zgartirishga qodir bo‘lgan g‘oyalar, gipotezalar, farazlar, axloqiyme’yorlar, ijtimoiy ideallar, maqsadlar va mo‘ljallar amal qiladi. Analitik prognoz. U kelajakni o‘rganishning turli metodlari va vositalarining bilishga doir qimmatini ilmiy maqsadlarda aniqlash uchun tuziladi. Prognoz-ogohlantirish. Bu prognoz kishilarni ehtimol tutilgan kelajakning masalan, yuz berishi kutilayotgan ekologik halokatlarning oldini olishga majbur qilish maqsadida ularning ongi va xulq-atvoriga bevosita ta’sir ko‘rsatish uchun ishlab chiqiladi. Shunday qilib, ijtimoiy hayotni tartibga solishning ijtimoiy qonun, zaruriyat, ehtiyoj, manfaat, muammo, maqsad, vazifa, ideal, norma, kishilar faoliyatining tamoyili vositalaridan ongli ravishda foydalanish zamirida prognoz qilish yotadi. U bilishni amaliyot bilan bog‘lovchi bo‘g‘in sifatida amal qiladi, fanning nazariyani kundalik hayot bilan, bilishning amaliy voqeligi bilan uzviy bog‘lovchi funksiyasi hisoblanadi. Ilmiy boshqarish, xususan, uning muhim funksiyalaridan biri – rejalashtirish prognoz qilishga asoslanadi. Prognoz qilish yuz berishi muqarrar bo‘lgan yoki ehtimol tutilgan maqbul ijtimoiy hodisalar haqidagi bilimlarni ham, nomaqbul ijtimoiy hodisalar haqidagi bilimlarni ham shakllantiradi. Download 150.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling