6-mavzu: global jarayonlar va barqaror taraqqiyot


Global muammolarni echishda falsafaning roli


Download 153.75 Kb.
bet11/21
Sana02.06.2024
Hajmi153.75 Kb.
#1837909
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
Bog'liq
6-MAVZU MARUZA

3. Global muammolarni echishda falsafaning roli
Og‘ir va murakkab vazifalarni echishda insonga fan doim yordam bergan. Bir paytlar erishib bo‘lmaydigan, inson imkoniyatlari darajasidan tashqarida bo‘lib tuyulgan narsalarning aksariyatiga aynan fan yordamida erishilgan. Ayni shu sababli global muammolar xavf solayotgani haqidagi ilk ogohlantirishlarningo‘ziyoq odamlarni fanga o‘z e’tiborini qaratishga, olimlarni esa bu muammolarni echish yo‘llarini izlashga majbur qildi.
YUzaga kelgan vaziyatning o‘ziga xosligi va yangiligi shundan iboratki, har qanday muayyan muammolarni ayrim fan yoki bir necha fanlar majmui doirasida o‘rganish mumkin bo‘lsa, inson, jamiyat va tabiatni ularning ko‘p sonli o‘zaro aloqalari va o‘zaro bog‘liqliklarida qamrab oluvchi murakkab tizimdan iborat global muammolarni tadqiq etishga ayrim fanlar qodir emas. Zero o‘z tadqiqoti ob’ekti – u yoki bu ayrim muammoni boshqa global muammolar kontekstida talqin qilishga muayyan fanlar doirasi torlik qiladi. SHu sababli u yoki bu fan qaysi muayyan vazifalarni echishidan qat’iy nazar, ular bilan bog‘liq jarayonlar va hodisalarga, ya’ni butun vaziyatga, shu jumladan oxir-oqibatda olingan natijalarga nisbatan falsafiy yondashuv doimo tadqiqotning zaruriy sharti hisoblanadi.
Har qanday ayrim fanlar muayyan bosqichda o‘z tadqiqot predmetini falsafiy jihatdan anglab etishga u yoki bu darajada muhtoj bo‘ladi. Muayyan fan predmetigava insoniyat oldida turgan muammolarga nisbatan bunday keng yondashuvsiz fundamental kashfiyotlar qilish ham, umuman fanning rivojlanishi ham mumkin emas.
SHunday qilib, ayni holda, bir tomondan, masalalarning falsafiy echimi to‘g‘risida, boshqa tomondan esa – falsafa fanlarning keng doirasi o‘zaro aloqa qilishini rag‘batlantirishi, bunda ularning fanlararo birlashuvi muhim o‘rin tutishi to‘g‘risida so‘z yuritiladi.
Garchi falsafa odamlarning kundalik hayoti va amaliyotidan ancha uzoqda bo‘lgan haddan tashqari umumiy masalalarni o‘rganadi, degan fikr mavjud bo‘lsa-da, u (falsafa) global muammolarni echishda muhim rol o‘ynaydi. Zero, umumiy nazariyalar ba’zan bilimning aksariyat muayyan sohalariga qaraganda ko‘proq samara berishi mumkinligi yaxshi ma’lum.
Albatta, falsafa siyosiy va boshqa qarorlar qabul qilish jarayoniga muqarrar tarzda va bevosita ta’sir ko‘rsatadi, deb aytish uncha o‘rinli bo‘lmaydi. Zero, uning bosh vazifasi dunyoqarashni shakllantirish va shutariqa amaliy qarorlar ishlab chiqish jarayoniga bilvosita ta’sir ko‘rsatishdan iborat. Uning vazifasi global muammolarning tabiiy-ilmiyva texnikaviy jihatlarini bevosita o‘rganishdan emas, balki boshqa fanlar taklif qiladigan tegishli echimlarning falsafiy, metodologik, madaniy va axloqiy negizini ta’minlashdan iborat.
Falsafiy tadqiqot muayyan fanlarning mazkur sohadagi yutuqlariga tayanib, masalaning ayrim jihatlarini mavhumlashtiradi va global muammolarni ular bir-birini qay darajada taqozo etishi nuqtai nazaridan o‘rganadi. Boshqacha aytganda, falsafiy yondashuv global muammolarni ularning ijtimoiy ahamiyati va ijtimoiy belgilanganligi nuqtai nazaridan yaxlit o‘rganishni nazarda tutadi. Bunday tadqiqot avvalo global muammolarning mohiyatini aniqlashni nazarda tutadi, chunki ularning asl tabiati va genezisini aniqlash bu muammolarning ilmiy va amaliy echimini topish yo‘llarini ko‘p jihatdan belgilab beradi. Global muammolarni falsafiy anglab etishning o‘ziga xos xususiyatlarini tavsiflar ekanmiz, falsafaning asosiy funksiyalaridan kelib chiqadigan va bilishning shu shakligagina xos bo‘lgan xususiyatlarni qayd etib o‘tamiz.
Birinchidan, falsafa, dunyoqarashni shakllantirar ekan, inson faoliyati yo‘nalishini ko‘p jihatdan belgilaydigan muayyan mo‘ljallar beradi. SHu tariqa falsafa o‘zining dunyoqarashni shakllantirish va aksiologik funksiyalarini bajaradi.
Ikkinchidan, turli fanlar doirasida o‘rganiladigan murakkab tizimlar haqida yaxlit tasavvur mavjud emasligi bu fanlarning o‘zaro hamkorligi yo‘lida jiddiy to‘siq hisoblanadi. SHu ma’noda falsafaningmazkur fan doirasida yuzaga keladigan nazariyalarni umumlashtiruvchi metodologik funksiyasi ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi, chunki ilmiy bilimning integratsiyalashuviga ko‘maklashadi.
Uchinchidan, falsafa ijtimoiy hodisalar va jarayonlarni tarixiy kontekstda tushuntirish imkonini beradi. U jamiyat va tabiat rivojlanishining umumiy qonunlarini ta’riflaydi va shu sababli global muammolarni o‘rganishda ularni ijtimoiy taraqqiyot bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan qonuniy hodisa sifatida tushunishga yo‘l ko‘rsatadi. SHunday qilib, global muammolarning paydo bo‘lishi tasodif yoki insoniyatni halokatga oldindan mahkum etuvchi taqdirning hukmi sifatida emas, balki qarama-qarshiliklarga to‘la insoniyat tarixi ob’ektiv rivojlanish jarayonining mahsuli sifatida qaraladi.
To‘rtinchidan, falsafa global muammolar rivojlanishining umumiy tendensiyasini, ularning o‘zaro aloqasi va bir-birini taqozo etish darajasini falsafiy nuqtai nazardan anglab etish imkonini beradi.
Beshinchidan, falsafa nazariy fikrlash madaniyatini rivojlantirish uchun imkoniyat yaratish orqali ma’naviy - madaniy funksiyani bajaradi. Turli xalqlarning falsafa tarixini o‘rganish, ularning madaniyati bilan ham tanishish imkonini beradi. Muayyan xalqlar oldida turgan muammolarning birortasini ham ularning madaniyatiga bog‘lamasdan echish mumkin emas.
Oltinchidan, global muammolarga oid ilmiy axborotning shiddat bilan o‘sib borayotgan oqimida yanada aniqroq mo‘ljal olish imkoniyati tabiiy-tarixiy jarayonni yaxlit ko‘rish va uni talqin qilishga nisbatan dialektik yondashuv mahsuli hisoblanadi.
Ettinchidan, falsafa inson hayotining mazmuni, o‘lim va umrboqiylik masalalarini kun tartibiga qo‘yadiki, bu insoniyatga global muammolar tahdid solayotgan sharoitda ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. Nihoyat, falsafaning yana bir muhim metodologik funksiyasi shundan iboratki, u insoniyatning hozirgi muhim muammolari bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan va bashariyat rivojlanishining ob’ektiv tendensiyalarini tushunish va anglab etishda ulkan rol o‘ynaydigan «tabiat», «jamiyat», «sivilizatsiya», «ijtimoiy taraqqiyot», «fan-texnika inqilobi» kabi boshqa kategoriyalarni ishlab chiqadi.
Hozirgi davrning global muammolarini o‘rganishga nisbatan falsafiy yondashuv haqida muayyan tasavvur hosil qilgach, endi globallashuv jarayonlari kuchayishiga qarab ahamiyati oshib borayotgan muammolarning o‘zini shu nuqtai nazardan ko‘rib chiqamiz.

Download 153.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling