4. Texnik tizimlarda ma’lumotlar bazasini yaratish va qayta ishlash.Borland C++ Builder 6 muhitida ma’lumotlar bazasi va uni qayta ishlash.
C++ Builderda ma'lumotlar bazasi (MB) bilan ishlaganda dastlab Alias hosil qilinadi Alias ma'lum bir guruhga tegishli bo’lgan jadvallarni qaysi toifaga tegishliligini (jadvallar hosil qilinadigan drayverni), jadvallar yo’lini o’zida saqlaydi. C++ Builderda Alias hosil qiliashning bir necha usullari mavjud.
1. Menyuning DataBase bo’limidan SQL Explorer tanlanadi.
2. Object -»New ... [CTRL+N] tanlanadi; (yoki SQL Explorer darchasining o’ng qismida sichqonchaning o’ng tugmasi bosiladi va New tanlanadi)
36.1-rasm. Baza qo’shish.
3. Yuqoridagi darchadan drayver nomi tanlanadi; Standart holatda Paradox tanlanadi
4. Path bo’limiga jadvallar saqlanadigan katalog ko’rsatiladi.
5. Hosil qilingan Alias ni saqlash uchun sichqonchaning o’ng tugmasi bosiladi va Apply [CTRL+A] tanlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |