STB dastgohlarida butun ko‘z payvandlangan gulalar keng qo‘llaniladi,
chunki ularni qo‘llaganda boshqa turdagi gulalarga nis-batan uzilish kam bo‘ladi.
To‘quv dastgohining turi va to‘qilayotgan mahsulotga qarab gulalarning
uzunligi
265-710 mm, ko‘zning o‘lcham-lari esa uzunligi bo‘yicha 3,2
1,2 mm eniga 1,5
6
mm gacha bo‘ladi. Oxirgi paytda plastinali gulalar keng qo‘llanilmoqda. Ular 2 xil
bo‘ladi. I – ipak va paxta uchun; II – texnik to‘qimalar uchun. Gula-larning uzunligi
260-335 mm bo‘ladi. Ko‘zning o‘lchamlari; 5,0 x 1,0; 5,5 x 1,2; 6 x 1,5; 6,5 x 1,8
mm. Yahshi silliqlangan plastinali gulalar boshqa gulalarga nisbatan tanda iplarining
uzilishini ancha kamaytirish imkoniyatini beradi.
Gula turlari
Gulalar metalli va ipli turlarga bo‘linadi. Xozirda
asosan metalli gulalar
ishlatiladi. Metall gulalarni 3 turi mavjud (4.6-rasm):
1) o‘rilgan ko‘zchali ;
2) kavsharlangan ko‘zchali;
3) payvandlangan ko‘zchali.
6.2-rasm. Gula ko‘zchalari:
a) o‘rilgan, b) kavsharlangan, d) payvandlangan.
Gulalar metall sterjenga taqiladi. Gula 1 po‘lat
simdan tayyorlanib,
ikkita
quloqchalari 2, 3 va ko‘zchasidan 4 tashkil topadi (6.3-rasm).