yuqoridagi omillarning barchasi ish jarayonida to‘liq nazorat qilib, nuqson paydo
bo‘lganda darhol bartaraf etilishi ta'minlanadi. Mashina turli xil lamellar, gulalar,
tig‘lardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lib, unda ingichka (ipak)
iplardan tortib
to yo‘g‘on (shishali) iplarni ham o‘tkazish mumkin. Mashinaning tezligi muqobil
sharoitda 6000 ip/soatdan ortishi mumkin.
6.2-rasm. Avtomat ip o‘tkazish mashinasi (Staubli).
6.2-rasmda yana bir ip o‘tkazish avtomati ko‘rsatilgan bo‘lib, u ham yuqorida
keltirilgan avtomat singari ishlaydi. Bu avtomatda faqat to‘quv g‘altagi bo‘lmaydi.
Avtomat tanda iplari o‘zgarmagan holda lamel, gula va tig‘larni o‘zgartirish talab
etilgan holatlarda statsionar yoki to‘quv dastgohining o‘zida
amalga oshirish
imkoniyatini beradi. Barcha texnologik omillar to‘liq
kompyuter orqali nazorat
qilinib, boshqariladi. Avtomat ip ulash mashinasi bilan
ishlash imkoniyatiga ham
ega. Avtomat tezligi muqobil sharoitda 3600 ip/soatni tashkil etadi.
Piltasimon va monofilament iplarni bog‘lash uchun maxsus bog‘lash
mashinalaridan foydalaniladi. Eni 8 mm gacha bo‘lgan
piltasimon iplar maxsus
mashinalar yordamida bog‘lanadi. Bunday mashinalarni bog‘lash tezligi 60-450
tugun/min. gacha bo‘ladi. Bog‘lash jaryoni oldindan dasturlanadi.
Piltasimon iplar to‘quv dastgohi anjomlaridan o‘tkazilgach,
payvandlash
mashinasi yordamida to‘quv dastgohida ulanadi (6.3-rasm). Mashinadagi yuqori va
pastki roliklar bir-biriga nisbatan harakatlanib, cho‘tka yordamida tekislangan tanda
iplarini eski tanda iplariga yoki to‘qimaga payvandlaydi. Bu holat dastgohni qayta
taxtlash jarayonini tezlashtirishga
yordam berib, to‘xtashlar vaqtini kamaytiradi.