6-mavzu. Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishi. O‘zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishi. Reja


Pul islohotining o‘tkazilishi. Bozor infratuzilmasining shakllanishi


Download 353.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana26.01.2023
Hajmi353.09 Kb.
#1125328
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
6-ma\'ruza

Pul islohotining o‘tkazilishi. Bozor infratuzilmasining shakllanishi, 
qishloq xo‘jaligidagi islohotlar, uning vazifalari va yo‘nalishlari. 
O‘zbekiston Respublikasi bu davrda o‘z valyutasiga ega emasligi, muomalada 
esa 1961–1992-yillarda chiqarilgan rublning bo‘lganligi, ayrim oziq-ovqat va 
sanoat mahsulotlariga o‘zining tannarxiga qaraganda arzon narx belgilanganligi 
uchun ularni respublikadan tashqariga olib chiqib ketish avj ola boshladi va 
mamlakatimizda aholini asosiy iste’mol mahsulotlari bilan ta’minlashda 
qiyinchiliklar yuzaga keldi. 
Milliy valyuta. O‘zbekistonda milliy valyutani muomalaga kiritish uchun 
ma’lum vaqt, tajriba kerak edi. SHu bois, O‘zbekiston mustaqillikning dastlabki 
payti – 1991–1993-yillarda sobiq Ittifoqdan meros qolgan rubl zonasida bo‘lib 
turdi. Biroq sovetlardan keyingi makonda yalpi ichki mahsulot ishlab 
chiqarishning keskin pasayishi natijasida rublning qadri ham shunga mos ravishda 
tushib bordi. 1993-yil may oyi boshlarida 800–900 rublning qadri 1 AQSH dollari 
darajasiga tushib ketgan edi.
O‘zbekiston muomalaga yangi milliy valuta kiritish ishiga jiddiy kirishdi. 
1993-yil 1-noyabrda O‘zbekistonda so‘m-kupon muomalaga kiritildi, uning kursi 
oldin muomalada bo‘lib kelgan rublga tenglashtirilgan edi. O‘zbekiston rahbariyati 
so‘m-kuponlar asosida zarur tajriba orttirdi, haqiqiy milliy valyutani joriy qilish 
tadbirlarini ko‘rdi. 


Pul islohotining O‘zbekiston Prezidentining 1994-yil 16-iyunda e’lon qilingan 
«O‘zbekiston 
Respublikasining 
milliy 
valyutasini 
muomalaga 
kiritish 
to‘g‘risida»gi Farmoniga muvofiq, 1994-yil 1-iyuldan boshlab O‘zbekiston 
Respublikasining milliy valyutasi – so‘m muomalaga kiritildi. 
Bozor infratuzilmasi Iqtisodiy islohotlarning muhim yo‘nalishlaridan biri 
bozor infratuzilmasini yaratishdan iborat bo‘ldi. SHu boisdan respublikamizda 
bozor munosabatlarini shakllantirish va rivojlantirishga xizmat qiluvchi 
infratuzilmaning asosiy bo‘g‘inlari – turli muassasalar, tashkilotlar va korxonalar 
majmuasi yaratildi. Avvalombor, ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi transport

Download 353.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling