6-мавзу. Ислом таълимоти


Download 29.74 Kb.
bet2/3
Sana12.03.2023
Hajmi29.74 Kb.
#1265526
1   2   3
Bog'liq
din tarixi 2-javob

2-машқ.
ФСМУ” методи ( Калом фалсафаси)



Ф

Фикрингизни баён этинг

KALOM (arab. — ravon nutq, jumla, ran, soʻz) — islom ilohiyot ilmi. 8-a. da arab xalifaligida paydo boʻlgan. Kalom islom diniy taʼlimotini asoslashga harakat qiladi. Kalom tarafdorlari muta-kallimlar deyiladi. Kalom ilohiyotchilari faylasuf boʻlmaganlar. Kalom IbnSino asos solgan sharq falsafasi bilan yaqinlasha boshladi. Natijada, Ibn Xaldun taʼbiri bilan aytganda, Kalom va falsafani bir biridan ajratish mushkul boʻlib qoldi.

С

Қарорнинг сабаби

Kalom umaviylar hukmronligi davrida rasmiy hokimiyat bilan xorijiylar, shialar, murjiʼiylar va b. diniy-siyosiy guruxlar orasida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy voqealar, bahslar jarayonida paydo boʻldi va taraqqiy qildi. Siyosiy kurash diniy shiorlar ostida olib borilganligi sababli Alloh adolati (adl), mavjud voqelik Alloh tarafidan yaratilganmi va uni oʻzgartirish mumkinmi (qadar), kimni imonli yoki gunohkor deb hisoblab, jazolash kerak (imon) va h. k. dolzarb masalalar edi. Kalomga xos uslub va mavzular majmui birinchi bor al-Jaʼd ibn Dirham (742-y. qatl etilgan) ijodida kuzatiladi. U uslubda doimo aql-idrokka tayanish talabini ilgari surdi va faqat inson aqli ojizlik qilgan hollardagina Qurʼon oyatlarini ramziy-majoziy maʼnoda talqin qilish (taʼvil) mumkin, deb hisobladi.

М

Мисол

 Jahm ibn Safvon (745-y. qatl etilgan), AbulHuzayl (841 yoki 849-y. v. e.) va Bishr ibn al-Muʼtamir (825-y. dan soʻng vafot etgan) uning gʻoyalarini rivojlantirdilar. Jahmning qarashlari muʼtaziliylarga yaqin boʻlgani bois, odatda, bu ikki taʼlimotni bir-biridan farklamaydilar. Kalom tarixida muʼtaziliylar maktabi taʼlimoti muhim oʻrin egallaydi. Ularning taʼlimoti al-Maʼmun (827—848) davrida «davlat taʼlimoti» darajasiga koʻtarilgan boʻlsa, al-Mutavakkil (847—861) davrida taʼqibga uchradi.


Download 29.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling