6-Mavzu: Iste’mol, jamgarma, investitsiya


Download 53.92 Kb.
Sana21.06.2023
Hajmi53.92 Kb.
#1640837
Bog'liq
истеъмол ва жамгарма амалий


6-Mavzu: Iste’mol, jamgarma, investitsiya
Asosiy tayanch tushunchalar
1. Iste’mol funksiyasi
2. Jamg‘arma funksiyasi
3. Iste’molga o‘rtacha moyillik
4. Jamg‘arishga o‘rtacha moyillik
5. Avtonom yalpi xarajatlar
6. Iste’molga me’yoriy moyillik
7. Jamg‘arishga me’yoriy moyillik
8. Avtonom iste’mol xarajatlari
9. Avtonom yoki rejalashtirilgan investitsiyalar
10. YAlpi investitsiyalar
YUqoridagi asosiy tushunchalarga quyidagi javoblardan to‘g‘risini tanlang:
a) Iste’mol xarajatlari bilan alohida shaxs ixtiyoridagi daromad o‘rtasidagi bog‘lanishni ifodalaydi;
b) alohida shaxs ixtiyoridagi qo‘shimcha olingan daromadning jamg‘armaga sarflangan ulushi. Uni jamg‘arishdagi o‘zgarishi (ΔS) ning daromaddagi o‘zgarishi (Δdi)ga nisbati tarzida hisoblanadi;
v) yillik potensial daromadning har qanday darajasida ham ishlab chiqaruvchilar amalga oshirishni ko‘zlagan investitsiyalar. Jamg‘arma hajmi bilan (boshqa sharoitlar teng bo‘lgan holda) alohida shaxs ixtiyoridagi daromad o‘rtasidagi bog‘lanishni ko‘rsatadi;
g) iste’mol sarflarining hajmi va dinamikasi alohida shaxs ixtiyoridagi daromad hajmiga bog‘liq bo‘lmagan, zaruriyat tufayli sarflanadigan qismi;
d) yil davomida alohida shaxs ixtiyoridagi daromadning iste’molga sarflangan qismi. Iste’molning daromadga nisbati tarzida hisoblanadi;
e) sof investitsiya bilan modernizatsiya (yoki eskirgan asosiy kapitalning o‘rnini to‘ldirish) uchun yo‘naltirilgan investitsiyalar; yo) mamlakat miqyosida ma’lum vaqt – yil mobaynida hajmi va dinamikasi yaratilgan milliy daromadga bog‘liq bo‘lmagan, zaruriyatdan qilinadigan xarajatlar;
j) yil davomida shaxs ixtiyoridagi daromadning jamg‘armaga yo‘naltirilgan qismi. Jamg‘armaning daromadga nisbati tarzida hisoblanadi;
z) alohida shaxs ixtiyoridagi qo‘shimcha olingan daromadning iste’molga sarflangan ulushi. Iste’moldagi o‘zgarish (ΔS) ning, daromaddagi o‘zgarishga (Δdi) nisbati tarzida hisoblanadi;
Quyidagi fikrlarni T/N aniqlang
1. Iqtisodiyotga investitsiya kiritib, olingan daromad darajasini aniqlash uchun multiplikator koeffitsienti ko‘rsatkichidan foydalanish mumkin. U daromad o‘sishi bilan investitsiya o‘sishi o‘rtasidagi bog‘lanishni ifodalaydi.
2. Sof investitsiya, bu asosiy kapitalga amortizatsiya hisoblanib, u modernizatsiyasi uchun sarflanadi.
3. Jamg‘arish va investitsiyalarning hajmi va dinamikasiga ta’sir qiluvchi omillar bir xil bo‘lib, har ikkisiga ham bir xil ta’sir qiladi.
4. Keynsning fikricha, jamg‘arma bilan investitsiyaning real taklifi muvozanatiga sof bozor mexanizmi yordamida erishish mumkin emas. Jamg‘armaning investitsiyaga nisbatan ko‘pligi yalpi talabning kamayishiga, o‘z navbatida ishlab chiqarish hajmi va bandlikning qisqarishiga olib keladi.
5. Invesstitsiyalarning naqadar muhim rol o‘ynashini hisobga olib, O‘zbekistonda mustaqilligimizning dastlabki yillaridan boshlab iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb qilishga alohida e’tibor qaratildi.
6. Qimmatli qog‘ozlar bozori va bank tizimi moliyaviy resurslarni investitsiyalarga aylantirishning muhim vositasi hisoblanadi.
7. Investitsion sarflar iste’mol sarflariga nisbatan beqaror, chunki unga foiz stavkasi dinamikasi va tadbirkorlar-ning kayfiyati katta ta’sir qiladi.
8. Iste’mol funksiyasi aniq bo‘lsada, doimo jamg‘arish funksiyasini aniqlab, grafik chizib bo‘lmaydi.
9. Iste’molga me’yoriy moyillik bilan jamg‘arishga me’yoriy moyillikning yig‘indisi doimo ham birga teng bo‘lavermaydi.
10. Investitsiyalarni jalb qilib, uning samaradorligini oshirish uchun ko‘rilgan chora-tadbirlar mamlakatda iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydi.
Uyga vazifa Uyga vazifani quyidagi savollarga taqdimot, referat yoki mustaqil ish shaklida talabalar oldindan o‘qituvchi elektron pochtasiga jo‘natish kerak (taqdimot, referat yoki mustaqil ish yozish tartibi MTAEMda institut WEB-saytida joylashgan)
Savollar: 1. Investitsiyalarning o‘zgaruvchanligi va investitson muhitda xavf-xatarni hisobga olishning ahamiyatini ko‘rsating? 2. O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tishda investitsion faollikni ta’minlash vazifalari qanday? 3. O‘zbekistonda iste’mol fondlarining shakllanishi va taqsimlanish xususiyatlari qanday? 4. O‘zbekistonda davlatning investitsion siyosati va uning yo‘nalishlari qanday?
Download 53.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling