6-Mavzu: Iste’mol va jamg’arish funktsiyalari (2 soat) Iste’mol va jamg’arish, ularning grafiklari va funktsiyalari
Download 67.89 Kb.
|
6.Iste’mol va jamg‘arish funktsiyalari — копия
- Bu sahifa navigatsiya:
- Daromad, iste’mol va jamg’arish ko’rsatkichlari
6-Mavzu: Iste’mol va jamg’arish funktsiyalari (2 soat) 1. Iste’mol va jamg’arish, ularning grafiklari va funktsiyalari. 2. Iste’molga o’rtacha hamda chegaralangan moyillik. 3. Jamg’arishga o’rtacha hamda chegaralangan moyillik 1. Iste’mol va jamg’arish, ularning grafiklari va funktsiyalari. Uy xo’jaliklarining iste’mol xarajatlari (bundan buyon iste’mol deb yuritiladi), yalpi talab, yoki YaIMning yakuniy iste’molga ko’ra tarkibida eng katta ulushga ega bo’lgan komponentdir. 2004 yilda O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo’mitasining ma’lumotlariga ko’ra respublikamizda bu ulush 51,7 %ni tashkil etgan. Shuningdek, rivojlangan mamlakatlarda iste’mol xarajatlari shaxsiy tasarrufdagi daromadning 90 foizdan ortiq qismini tashkil etadi. Shu tufayli ham iste’mol xarajatlariga ta’sir etuvchi omillarni, uning o’zgarish qonuniyatlarini o’rganish muhim ahamiyatga ega. Uy xo’jaliklari tasarrufidagi daromadning iste’mol qilinmasdan qolgan qismi ularning jamg’armalarini tashkil etadi. Klassik maktab vakillari jamg’arish hajmi foz stavkasining funktsiyasi de qarashsa J.M. Keyns uy xo’jaliklarining iste’mol xarajatlari va jamg’arishlari hajmini belgilovchi asosiy omil ularning ishlab chiqarishda ishtirok etishdan olingan daromadlari deb hisoblaydi. Yanada aniqlik kiritsak iste’mol va jamg’arish hajmini belgilovchi asosiy omil uy xo’jaliklarining ishlab topgan daromadlari, olgan transfert to’lovlari va to’lagan soliqlari bilan belgilanadigan tasarrufidagi daromadi (DI – disposable income, yoki Yd ) ko’rsatkichidir. Makroiqtisodiy nazariyada iste’mol va jamg’armalar, milliy daromad yoki shaxsiy daromadlarning funktsiyasi sifatida ham tadqiq qilinadi. Ma’lumki, uy xo’jaligi tasarrufidagi daromad iste’mol va jamg’arish uchun ishlatiladi. Ya’ni, qancha ko’p iste’mol qilinsa, shuncha kam jamg’ariladi va aksincha. Iste’mol va jamg’arish o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik har xil daromadga ega bo’lgan shaxslarda bir xil emas: kam daromadga ega bo’lganlar, odatda, uning ko’proq qismini iste’mol qilib, kamroq qismini jamg’aradi, lekin daromadlari oshib borishi bilan bu nisbat jamg’arish foydasiga o’sadi. Bu bog’liqlikni gipotetik ma’lumotlar asosida ko’rib chiqamiz (4-jadval). Tasarrufidagi daromad hajmi 370 shartli birlikka (sh.k.) teng bo’lganda uy xo’jaliklari iste’moli 375 sh.b.ka teng, ya’ni tasarrufidagi daromaddan 5 sh.b.ka ko’p bo’ladi. Ya’ni uy xo’jaliklari 5 sh.b.ka teng miqdorda qarz 4-jadval Daromad, iste’mol va jamg’arish ko’rsatkichlari
hisobiga yoki o’tgan yillarda to’plangan jamg’armalar hisobiga iste’mol xarajatlari qiladilar. S Yd =C 420 S 390 375 a Yd 370 390 430 Download 67.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling