6-mavzu. Matn shakllari va ularni tuzish prinsiplari. Badiiy va ilmiy asarlarning matniy o‘ziga xosliklari devon, tazkira, bayoz, tarixiy va turli fan sohalariga oid asarlar Reja


Download 37.57 Kb.
bet3/4
Sana29.01.2023
Hajmi37.57 Kb.
#1139810
1   2   3   4
Bog'liq
6-ma\'ruza

Ilmiy-ommaviy matn yagona, yangi topilgan asarni e’lon qilish uchun yoki ilmiy-tanqidiy, shuningdek, yig‘ma-qiyosiy matn asosida matnning soddalashtirilgan variantini tuzish uchun tayyorlanadi. Keng o‘quvchilar auditoriyasiga mo‘ljallangan ko‘ptomli akademik nashrlar uchun ham ilmiy-ommaviy matnlar tayyorlanadi. Masalan, “Xamsa” dostonlarining ommaviy nashrlari 1939 yildan boshlab tayyorlab kelinmoqda. Jumladan, 1939-1940 yillar mobaynida “Hayrat ul-abror”, “Farhod va SHirin”, “Layli va Majnun” hamda “Saddi Iskandariy” dostonlari ayrim-ayrim bosilib chiqdi. Bulardan birinchi doston sharh, izoh va lug‘atlar bilan, qolganlari esa doston she’rlarining nasriy bayoni bilan kitobxonga taqdim etildi. “Xamsa”dagi dostonlar 1948 yili(“Hayrat ul-abror”dan boshqasi) Navoiy “Tanlangan asarlari” seriyasida ikkinchi marta nashr etildi. Dostonlarning bu nashriga nasriy sharh berilmagan, lekin har birining oxiriga izoh va lug‘at ilova qilingan. 1957 yildan boshlab dostonlarning nasriy ifodali nashrlari qayta bosildi. Bu nashrlarning hammasi ommaviy nashrlar bo‘lgani uchun dostonlar syujetiga bevosita aloqasi bo‘lmagan boblar qisqartirilgan edi. S. Ayniy tayyorlagan muxtasar “Xamsa” 1940-1947 yillari ikki bor nashr etildi. Ushbu nashrlardan maqsad keng ommani tezroq Navoiy ijodi bilan tanishtirish edi. Haqiqatan ham, “Xamsa”ni keng kitobxonlarga etkazish omma o‘rtasida milliy-ma’naviy qadriyatlarimiz bilan tanishtirishda muhim o‘rin tutardi. SHuning uchun matnshunoslarimiz oldida matn turlarining xilma-xil shakllaridan foydalanish masalasi ko‘ndalang bo‘ldi. SHunday matn shakllaridan biri matnning nasriy bayon shaklini tuzish edi. Bu yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar samarali bo‘ldi.
Yig‘ma-qiyosiy matn – bu imkoniyat darajasida qo‘lga kiritilgan matnlarni o‘zaro qiyoslash natijasida tuzilgan muallif matnining nisbatan to‘liq variantidir.
Yig‘ma-qiyosiy matn asar nusxalari kam yoki ishonchli qadimiy qo‘lyozma nusxalar mavjud bo‘lmagan taqdirda amalga oshiriladi. Bunday matn muallif asari haqida to‘liq tasavvur uyg‘otish uchun tuziladi. Yig‘ma-qiyosiy matnni tuzishda mavjud qo‘lyozmalardan tayanch nusxa tanlash katta ahamiyatga ega. Tayanch nusxa sifatida imkon qadar to‘liq, boshqalariga qaraganda tashqi nuqsonlari kam, xatolari, noaniq joylari oz nusxa tanlanadi. SHuning uchun ham M. N. Osmanov “SHohnoma”ning 1966 yilgi nashrini tanqidiy matn emas, balki yig‘ma matn deb hisoblaydi. U o‘z fikrini ilmiy-tanqidiy matnni tuzishda qo‘lyozmalar bazasining kamligi, matn turli tahrirlar aralashuvidan tuzilganligi, asarning kompozitsion qurilishi to‘liq ifodalanmasligi, ya’ni ba’zi dostonlarning qo‘shilishi yoki ajratilishi kabi asosli kamchiliklarni ko‘rsatish bilan tasdiqlaydi8.
Faksimil nashr
Muallifning yagona dastxat qo‘lyozmasi bo‘lgan taqdirda, uning faksimil nashri ko‘plab yangi tadqiqotlar uchun bebaho manbaga aylanishi mumkin. Xususan, S. G‘anieva tomonidan tayyorlangan Alisher Navoiyning “Navodir un-nihoya” devoni faksimilisi shunday manbalardan biridir9.
Faksimil nashr qo‘lyozma yozuvi, imlosi, bezaklari, strukturasi kabi asar matni tarixini oydinlashtiruvchi jihatlarni aniqlash ishlarini osonlashtiradi.
Tazkira so‘zining ma’nosi – esga olish, tilga olish. Tazkira sharq mumtoz adabiyotida keng tarqalgan adabiy-tanqidiy janr. Tazkiralarda shoirlarning hayoti va ijodi haqidagi muxtasar ma’lumotlar zikr etilib, ularning asarlaridan namunalar, odatda bir necha bayt hajmida keltiriladi va ijodiga umumiy tarzda baho beriladi. Tazkiralarda ijodkorlar haqidagi ma’lumotlar berish bilangina cheklanib qolmasdan, she’riyat va uning nazariy masalalari bilan bog‘liq e’tiborga loyiq fikr-mulohazalar, ma’lum davr adabiy hayoti haqidagi muhim ma’lumotlar ham o‘rin oladi. Adabiyot tarixida shoirlargina emas, balki olimlar, avliyolar haqida ham tazkiralar yozilgan. Masalan, Alisher Navoiyning “Nasoyimul muhabbat”, Sidqiyning “Tazkirai Imom A’zam” tazkiralari kabi.

Download 37.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling