6-mavzu: MeNeJerni rahbarlik uslubi va boshqarishdagi o`rni. Reja


Download 441.55 Kb.
Sana09.12.2020
Hajmi441.55 Kb.
#162583
Bog'liq
6-MAVZU

6-MAVZU: MeNeJeRNI RAHBARLIK USLUBI VA BOShQARIShDAGI O`RNI.

Reja:

6.1. Menejer va rahbarlik uslubi tushunchasi

6.2. Rahbarlik uslubiga qarab rahbarning turlarga ajratilishi

6.3. Rahbar fazilatlari to`g`risida Gippokrat fikrlari

6.4. Rahbarga qo`yiladigan talablar. Rahbar madaniyati.

6.1.Menejer va rahbarlik uslubi tushunchasi

  • Menejer – bu maxsus tayyorgarlik ko`rgan , boshqarishning sir-asrorlari, qonun-qoidalarini puxta egallagan malakali mutaxassisdir. Menejer bu yollanma boshqaruvchi bo`lib , alohida ijtimoiy qatlamga mansub bo`ladi.
  • Kompaniya firma. Korxona, bank, moliya muassasalarining ijroiya hokimiyatiga ega bo`lgan boshqaruvchi, direktor, rahbar , mudir, ma`muriy boshqaruvchilar menejerlar deb yuritiladi.
  • Menejerlar boshqaruv pog`onasiga binoan uch toifaga bo`linadi:
  • yuqori pog`ona menejerlari
  • o`rta pog`ona menejerlari
  • quyi pog`ona menejerlari.

Yuqori pog`ona menejerlarifirma istiqbolini belgilash, uning kelajagi uchun ahamiyatli chora-tadbirlarni ishlab chiqish bilan shug`ullanadi. Bir so`z bilan aytganda firma rejasini ishlab chiqadi va uni amalga oshiradi.

  • Yuqori pog`ona menejerlari – firma istiqbolini belgilash, uning kelajagi uchun ahamiyatli chora-tadbirlarni ishlab chiqish bilan shug`ullanadi. Bir so`z bilan aytganda firma rejasini ishlab chiqadi va uni amalga oshiradi.
  • O`rta pog`ona menejerlari – firma faoliyatining ayrim tomonlarini, ishlab chiqarish. Tovarlarni sotish, narx sotish, narx belgilash. Moliya faoliyati yangi tovarlarni o`zlashtirish, texnologiyani qo`llash, mehnatni tashkil etish kabilarni boshqarish bilan shug`ullanadi.
  • Quyi pog`onali menejerlar – quyi bo`g`inda, masalan, tsex, bo`lim, brigada doirasida ishni tashkil etish , kunlik , xaftalik, oylik ish topshiriqlarining bajarilishini boshqarib boradi.
  • Boshqaruv uslubi – bu boshqaruv jarayonida yuzaga chiqadigan muammolarni hal qilish usullari, yo`llari majmuidir.
  • Ish uslubi- bu boshqaruv funktsiyalarini samarali bajarish maqsadida biror-bir organing yoki rahbarning bo`ysinuvchilarga aniq va nisbatan barqaror ta`sir ko`rsatish usuli va yo`llari majmuidir.
  • mamlakat boshqaruv organlarining ish uslubi;
  • vazirlik qo`mita, hokimlarning ish uslubi;
  • sud prokuraturaning ish uslubi;
  • korxona . tsxlarning ish uslubi;
  • ayrim rahbarlarning ish uslubi va hk. Boshqaruvning turli pog`ona va bosqichlarida turgan boshqaruv organlari va rahbarlarining ish uslublari har xildir. Shu nuqtai nazardan ish uslubi g`oyat ko`p qirrali tushunchadir.

Rahbarning ish uslubi – bu boshqaruv jarayonida u yoki bu masalani hal qilishda uning o`ziga xos yondoshishidir. Rahbar qaror qabul qilganda, uning bajarilishini tashkil etganda va qo`l ostidagi kishilar ishini nazorat qilganda o`z vazifalariga muvofiq ish ko`radi. Biroq , har bir rahbar bunda o`ziga xos ravishda, boshqaruv jarayonida o`zi uchun mos bo`lgan , o`z rahbarlik uslubini belgilaydigan usullar bilan harakat qiladi. Mutlaqo bir xil ikki kishi bo`lmaganidek, rehbarlikda usullar bilan harakat qiladi. Mutlaqo bir xil ikki kishi bo`lmaganidek, rahbarlikda ham mutlaqo bir xil uslubi yo`q. Rahbarlik uslubi rahbarlarning o`z qo`l ostidagilari bilan aloqasida , ularning o`zaro munosabatlarida tarkib topadi.

Rahbarning ish uslubi – bu boshqaruv jarayonida u yoki bu masalani hal qilishda uning o`ziga xos yondoshishidir. Rahbar qaror qabul qilganda, uning bajarilishini tashkil etganda va qo`l ostidagi kishilar ishini nazorat qilganda o`z vazifalariga muvofiq ish ko`radi. Biroq , har bir rahbar bunda o`ziga xos ravishda, boshqaruv jarayonida o`zi uchun mos bo`lgan , o`z rahbarlik uslubini belgilaydigan usullar bilan harakat qiladi. Mutlaqo bir xil ikki kishi bo`lmaganidek, rehbarlikda usullar bilan harakat qiladi. Mutlaqo bir xil ikki kishi bo`lmaganidek, rahbarlikda ham mutlaqo bir xil uslubi yo`q. Rahbarlik uslubi rahbarlarning o`z qo`l ostidagilari bilan aloqasida , ularning o`zaro munosabatlarida tarkib topadi.

Uslub boshqaruv organining intelektual salohiyati , sifatlari, uning individual xususiyatlari bilan belgilanadi.

6.2. Rahbarlik uslubiga qarab rahbarning turlarga ajratilishi.

Rahbarlik uslubi belgisi va bo`ysunuvchilarga nisbatan munosabatiga qarab, barcha rahbarlarni quyidagi uch turga ajratish mumkin:

  • Avtokratik rahbar
  • Liberal rahbar
  • Demokratik rahbar

Avtokratik rahbar

Bunday turdagi rahbar:

  • buyruq chiqish, qaror qabul qilish, xodimlarga jazo berish yoki rag`batlantiririshda jamoa fikrini hisobga olmaydi.
  • o`zini jamoadan uzoqda tutadi, jamoa a`zolarni bevosita muloqotda bo`lishini chegaralab quyadi.
  • o`zining noo`rin harakatlarining tanqid qilinishiga chiday olmaydi.
  • muttasil buyruq berishga hammani o`z istaklariga so`zsiz bo`ysundirishga intiladi.
  • ko`p gapirishni yoqtirmaydi, lekin bo`ysinuvchilari bilan muomalada bo`lganda uning rahbarlik g`ururi balandligi, o`zini katta tutishi sezilib turadi;
  • o`ziga bo`ysinuvchilari oldida qovoqg`i solingan kayfiyatda bo`ladi.
  • Xullas avtokratik rahbar, o`ziga bino qo`ygan, dimog`dor, o`z qobilyati va imkoniyatlariga ortiqcha ishonadigan , hukmini o`tkazishda intiladigan kishilarda etishib chiqadi. Bunday rahbar nazoratdan chetda qolsa o`sha erda dog`allik , takabburlik taziyq o`tkazish, majbur qilish kabi o`ta salbiy holatlar avj uradi.

    Biroq avtokratik boshqaruv usuli har jihatdan yomon deb bo`lmaydi. Ba`zi bir hollarda bo`ysinuvchilarning madaniy darajasi, ahloqi pastligi sababli avtokratik uslubi tanlab olish ham ish berib qilishi mumkin.

Liberal rahbar

Bunday turdagi rahbar:

  • irodasiz tashabbussiz bo`ladi;
  • o`z zimmasiga ma`suliyat olishni yoqtirmaydi;
  • ishni o`z holiga tashlab quyadi;
  • idoraga nisbatan qat`iy bo`lishdan hayiqadi;
  • o`zini haddan tashqari ehtiyot qiladi;
  • biron xodim bilan ham aloqani buzishni istamaydi;
  • talabchan emas, sust nazorat qiladi.

Demokratik rahbar

Bunday turdagi rahbar:

  • boshqarish funktsiyalarini jamoa fikri bilan hisoblanib amalga oshiradi;
  • ishlab chiqarishni boshqarishga xodimlarni jalb qiladi, ularning bildirgan fikriga quloq soladi, ular bilan maslahatlashadi, ijobiy natijalarini inobatga oladi;
  • barcha bilan barobar va samimiy munosabatda bo`ladi., ustunligini bildirmaydi;
  • buyruq berish yo`li bilan emas, balki ishontirish uslubida ish tutadi;
  • bo`ysunuvchilarning shaxsiy tashabbusini ijodiy faoliyatini rivojlantiradi va jamoadao`rtoqlik va ishchan muhitni yaratadi.

6.3. Rahbar fazilatlari to`g`risida Gippokrat fikrlari.

Fazilat – bu ijobiy xislat, yaxshi sifat yoki xususiyatdir. Kishilarda fazilatlarning turlicha bo`lishi hamda har xil xulq-atvorlar insonning badanida aylanib yuradigan suyuq moddalarga ko`p jihatdan bog`liq ekanligi tajribada kuzatilgan.

Qadimgi tibbiyotning yirik namoyondasi Gippokratning inson badanida qon asosiy o`rinni ishg`ol etsa, bunday odam harakatchan , engil bo`ladi, taassurotlarining almashtirishishiga tez ko`nikib keta qoladi, o`z atrofida sodir bo`layotgan voqealarga darhol va ishtiyoq bilan aralashadi, degan fikr bejiz emas. Mana shu xil kishilarni Gippokrat sangvinlar (xushchachaq kishilar) deb atagan. Bu lotincha “sangvinis” ya`ni “qon” degan so`zdan kelib chiqqan.

Sangviniklar tuyg`u (jo`shqin) xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ular:

Sangviniklar tuyg`u (jo`shqin) xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ular:

  • yangi kishilar bilan tez xil topishadigan;
  • bir ish turidan ikkinchi ish turiga tezda ko`nikadigan;
  • bir turda bajariladigan ishlarni yoqtirmaydigan;
  • yangi sharoitga osonlik bilan o`rganadigan;
  • xushchaqchaq;
  • harakatlari shiddatli;
  • nutqi tez;
  • kelajakka ishonch bilan qaraydigan;
  • so`zini aniq va ma`noli qilib, imo-ishoralar bilan gapiradigan kishilardir.

Sangviniklar ish jarayonida kechgan ko`ngilsiz hodisalarni tez unutadilar. Ular o`z kuchi hamda qobilyatlariga ortiqcha baho berish xususiyatiga ega bo`ladilar.

Sangviniklar ish jarayonida kechgan ko`ngilsiz hodisalarni tez unutadilar. Ular o`z kuchi hamda qobilyatlariga ortiqcha baho berish xususiyatiga ega bo`ladilar.

Rahbarlar sangviniklarning ishini salbiy baholashdan ko`ra ularga nisbatan qattiqqo`l va talabchan bo`lsalar , ijobiy natijaga erishishlari mumkin.

Sangviniklar yuqori lavozimga intiladigan kishilar bo`ladi.

Agar kishida shilliq hukmron o`rin tutsa , unday kishilar og`ir, tepsa tebranmas, kayfiyatlari va intilishlari ancha barqaror , voqealar va hayot tassurotlariga loqayd qaraydigan bo`ladilar. Bunday xil kishilar Flegmatiklar deb atalgan. Qadimgi shilliqni “flegma” deyishgan.

Flegmatiklar:

  • ta`sirchanligi sust bo`ladi.
  • bir turdagi ishdan ikkinchi turdagi ishga sekinlik bilan ko`chadilar.
  • faolliklari kam;
  • yangi sharoitga qiyinchilik bilan moslashadilar;
  • harakatlari va nuqtalari sust
  • ko`nggilsiz hodisa yuz berganda osoyishtaliklarini buzmaydilar
  • sabr-toqatli, chidamli bo`lib , so`zlaganda xotirjam, o`zga shaxslar bilan hayajonlanmay gaplashadilar.

Xoleriklar – ko`tarinki ruhda ishlay oladigan qarshiliklarni enga oladigan kishilar bo`lib , ularning ishlash zavqi kayfiyatining buzilishi bilanoq tez o`zgarishi mumkin. Ular serjahl o`zini yaxshi ko`radigan , tez gapiradigan odamlar bo`lib boshqalardan gapining ohangi o`zgaruvchanligi bilan ajralib turadi. Xoleriklaning vazminlik darajasi xuddi sangviniklarnikidek bo`ladi. Rahbar va boshqa kishilarga nisbatan o`zini to`g`ri tutadi.

Xoleriklar – ko`tarinki ruhda ishlay oladigan qarshiliklarni enga oladigan kishilar bo`lib , ularning ishlash zavqi kayfiyatining buzilishi bilanoq tez o`zgarishi mumkin. Ular serjahl o`zini yaxshi ko`radigan , tez gapiradigan odamlar bo`lib boshqalardan gapining ohangi o`zgaruvchanligi bilan ajralib turadi. Xoleriklaning vazminlik darajasi xuddi sangviniklarnikidek bo`ladi. Rahbar va boshqa kishilarga nisbatan o`zini to`g`ri tutadi.

Melanxoliklar:

  • o`ta ta`sirlanuvchi xususiyatga ega
  • tez to`liqadigan va o`ziga ishonmaydigan
  • tashvishsiz lekin juda sezuvchan
  • nihoyatda arazchan
  • juda oz kuladigan
  • faolligi sust tortinchoq kamg`ayrat
  • arzimagan sabablarga ko`zidan yosh oqib ketaveradigan
  • yangi xodimlar bilan qiyinchiliklar bilan til topishadigan kishilardir.
  • Melanxoliklar qulay sharoitda oldiga quyilgan masalalarni muvaffaqiyatli bajaradi. Agar ishda sharoit, ya`ni vaziyat o`zgarsa, qiyinchilik tug`ilsa, ular o`zlarini olib turishadi.

6.4.Rahbarlarga qo`yiladigan talablar.Rahbar madaniyati.

Rahbar bir qator talablarga javob berishi kerak. “Rahbarlik qilish” degan so`zga izohli lug`atlarda boshqarish , maslahat berish, kuzatish, yo`naltirish, ko`rsatma berish degan turli ma`lumotlar berilgan. Bunda ko`rinib turibdiki, hozirgi davrda menejer (rahbar)lar qondirishi zarur bo`lgan talablar juda ko`pdir.

Rahbarga qo`yiladigan talablar

Ma`naviy etuklik:

  • -siyosiy etuklik;
  • -ahloqiy etuklik
  • -yuqori saviya va ong
  • -ma`rifatchilik
  • -madaniyatlilk
  • -xodimlarni vatanparvarlik ruhida tabiyalashga qoldirlik, topshirilgan ish uchun shaxsiy javobgarlikni his qilish, halollik vijdonlik;
  • -shaxsiy manfaatlarni jamoa manfaatlariga bo`ysundirishga qodirlik;
  • -kishilarga nisbatan mehribon va e`tiborli bo`lish; tashabbus va ilg`orlikni qo`llab-quvvatlash qobilyati, printsippiallik, tanqidga chidamli bo`lish, o`z-o`zini tanqid qila bilish.

Intizom va mehnatga bo`lgan munosabat:

Intizom va mehnatga bo`lgan munosabat:

  • mehnatsevarlik;
  • jamoa o`rtasida intizomni yo`lga qo`ya bilish;
  • atrofdagilarga mehnatsevarlikni tarbiyalay bilish
  • Bir noshud rahbarning beg`amligi yuzlab, minglab kishilar taqdirining bexal qirralariga ta`sir etishi mumkin. Boqibeg`am bu toifa rahbarlarning ish uslubi bilan murosa qilib bo`lmaydi.

Bilim darajasi:

  • iqtisodiyotni bilish;
  • texnika va texnologiyani bilish;
  • boshqarish ilmini, funktsiya va strukturasini bilish, istiqbolni bilishga qodirligi va hk.
  • Rahbar aniq, chuqur va keng biliga ega bo`lishi , uni doimo to`ldirib va yangilab borish kerak. Aks holda u obro` qozona olmaydi, xodimlarning ishonchiga sazovor bo`la olmaydi.

Tashkilotchilik qobilyati:

  • xodimlarni tanlay bilish va ulardan samarali foydalanishni ta`minlay olish;
  • qo`l ostidagilarni mehnatga o`rgatish va tarbiyalashni bilish, jipslashgan jamoani vujudga keltira olish , maqsad sari intiluvchanlik.
  • kutilmagan vaziyatlarda boshqarish qobilyatini yo`qotmaslik.
  • Yomon korxona yoki tashkilot yo`q, lekin yomon rahbarlar bor. Bu ibora shuni bildiradiki, yomon ishlab turgan korxonaga jamoani yaxshi boshqaradigan, tashkilotchilik qobilyati yuqori, mehnatsevar, talabchan, bilimdon rahbar qo`yilsa, u korxonani tezda yaxshi korxona safiga qo`shadi.

    Agar ishlab turgan korxonaga tasodifan tashkilotchilik qobilyati past rahbar kelib qolsa, u korxona asta-sekin tanazzulga yuz tutadi.

Boshqarish samaradorligini ta`minlay olish

  • boshqarishni kollegial tarzda tashkil qila olish qobilyati
  • ish haqida qisqa va aniq gapirish qobilyati
  • ishga oid xat, buyruq, farmoyishlar yoza bilish turli manbalardan ish uchun zarur axborotlarni olish qobilyati
  • rahbarlarni va qo`l ostidagilarni tinglay bilish qobilyati
  • asoslangan qarorlarni mustaqil va tez qabul qila bilish qobilyati
  • rejalarni bajarishdan xodimlarning moddiy va ma`naviy manfaatdorligini ta`minlash qobilyati
  • boshqaruv organi qarorlarini bajarish ustidan nazoratni ta`minlay bilish
  • boshqarish strukturasini takomillashtirib borish qobilyati va hk.

Qisqa xulosalar

Qisqa xulosalar

 

  • Menejer bu maxsus tayyorgarlik ko`rgan, boshqarishning sir-asrorlari, qonun qoidalarini puxta egallagan malakali mutaxassisdir.
  • Har bir menejer o`ziga xos boshqaruv uslubiga ega. Uslub – bu ishlash, boshqarishdagi o`ziga xos yo`l, usul ma`nosini anglatadi.
  • Rahbarning ish uslubi bu boshqaruv jarayonida u yoki bu masalani hal qilishda uning o`ziga xos yondoshishidir. Rahbar qaror qabul qilgan , uning bajarilishini tashkil etgan va qo`l ostidagi kishilar ishini nazorat qilgan o`z vazifalariga muvofiq ish ko`radi.
  • Biroq , har bir rahbar bunda o`ziga xos ravishda , boshqaruv jarayonida o`zi uchun mos bo`lgan , o`z rahbarlik uslubini belgilaydigan usullar bilan harakat qiladi.
  • Rahbarlik uslubi rahbarlarinng o`z qo`l ostidagilar bilan aloqasida , ularning o`zaro munosabatlarida tarkib topadi.
  •  

    Nazorat savollari.

  • 1.Menejer kim?
  • 2.Rahbarlik uslubi deganda nimani tushunasiz?
  • 3.Rahbarlik uslubi boshqarish usullarida nima bilan farq qiladi?
  • 4.Rahbarlik uslubining qaysi bir turini tanlagan bo`lar edingiz va nima uchun?
  • 5.Rahbarlar qanday talablarga javob berishi kerak?
  • 6.Rahbarda qanday ijobiy xislatlar mujassamlashgan bo`lishi kerak?
  • 7.Qaysi xislatlar rahbarlarni el nazaridan qolishiga olib keladi?
  • Tayanch iboralar. 

  • Menejer. Zamonaviy menejer. Yuqori menejer. O`rta menejer. Quyi menejer. Boshqaruv uslubi. Ish uslubi. Rahbar ish uslubi. Fazilat. Sangvinik. Flegmatik. Xolerik. Melanxolik. Rahbar xislatlari.

Download 441.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling