6-mavzu: Mikroevolutsiya


Kombinatsion o‘zgaruvchanlik


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/11
Sana07.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1338325
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
7--ma\'ruza

Kombinatsion o‘zgaruvchanlik. Aksariyat o‘simliklar va hayvonlar erkak 
va urg‘ochi organizmlarning jinsiy qo‘shilishi natijasida ko‘payadi. Hatto o‘zini-
o‘zi changlatuvchi o‘simliklar ham vaqt-vaqti bilan chetdan changlanadi. 
CHetdan 
chatishish 
tabiatda 
hukmronlik 
qiladi. 

yangi 
genetik 
kombinatsiyalarni vujudga keltiradi. CHetdan chatishish duragaylarning 
ikkinchi va keyingi bo‘g‘inlarida xilma-xillikni yuzaga keltiradi. Kombinatsion 
o‘zgaruvchanlikda 
ota-ona 
genlar 
o‘rtasida 
yangi 
munosabatlar 
(kombinatsiyalar) ro‘y beradi va shu asosda yangi belgi-hususiyatlar, yangi 
individlar paydo bo‘lib, ular tabiiy tanlanish uchun qo‘shimcha o‘zgaruvchanlik 
manbai bo‘lib xizmat qiladi. Chatishish mutatsiya jaraYoni tezligining 
ortishiga sabab bo‘ladi. Masalan, drozofilaning bir turiga mansub har xil 
liniyalar chatishtirilganda mutatsiya miqdori anchagina ortganligi tajribada 
isbotlangan. Binobarin, kombinatsion va mutatsion o‘zgaruvchanlikni 
tabiatdagi alohida-alohida jaraYon deb qaramaslik kerak. Aksincha, ular 
o‘zaro juda yaqindir. 
Mutatsiyalarning namoyon bo‘lishida genotip va tashqi muhitning 
munosabati. 
Har bir organizmning genotipi shu organizmga taalluqli belgi-xossalarning 
rivojlanishini ta’minlovchi bioximiyaviy reaksiyalar uchun zarur moddalarning 
sintezlanishi izchilligini va vaqtini belgilaydi. Hujayra, organizm muhitning 
o‘zgargan 
omillariga 
moslanish 
xususiyatiga 
ega. 
Lekin 
genotip 
imkoniyatlarining ro‘Yobga chiqish darajasi o‘zgaruvchan bo‘lib, muhitniig 
konkret sharoitiga moslanishdan iborat. Mazkur genotipning muhitning 
almashinib turgan sharoitidan turlicha ta’sirlanishi va tegishli fenotiplar berish 


qobiliyati reaksiya normasi deb ataladi. Chunonchi, g‘o‘za o‘simligining 
har bir navi agrotexnika sharoitiga qarab turlicha hosil beradi. G‘o‘zaning 
o‘xshash genotipga ega bo‘lgan navidan ba’zi erlarda 15-17 s dan 
hosil olingani holda, boshqa erlarda hosil 50-60 s ga etadi. SHunga ko‘ra, 
tashqi muhit omillari ta’sirini o‘rganish, avvalo, genotip imkoniyatlari 
to‘liq ro‘Yobga chiqadigan sharoitni aniqlashga qaratilmog‘i kerak. Aks 
holda genotipning reaksiya normasi to‘g‘risida to‘liq tasavvur hosil qilib 
bo‘lmaydi. Har xil organizmlarda mutant gen o‘z ta’sirini turlicha 
namoYon etadi. Bu hodisa, bir tomondan, genotipga, ikkinchi tomondan, 
tashqi muhit sharoitiga bog‘liq bo‘ladi. Ekspressivlik bilan penetrantlik 
genotipda genlarning o‘zaro ta’siri hamda ularning tashqi muhit ta’siriga 
turlicha javob reaksiyalari bilan izohlanadi. Ekspressivlik va penetrantlik 
hodisasiga 
sabab 
populyasiyada 
muayyan 
belgining 
rivojlanishini 
ta’minlovchi asosiy gen emas, balki ular ta’sirini kuchaytiradigan Yoki 
susaytiradigan gen — modifikatorlarning geterogenligidir. Lekin qayd 
qilingan har ikki hodisa ham yashash sharoitiga bog‘liq.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling