6-mavzu: Mikroevolutsiya


Populyasiyaning genetik muvozanati


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/11
Sana07.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1338325
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
7--ma\'ruza

Populyasiyaning genetik muvozanati. XX asr boshlarida daniyalik olim 
Iogansen populyasiyalarni genetik tomondan o‘rganishga asos soldi. U 1903 yili 
nashr qilingan «Populyasiyalar va toza liniyalardagi irsiylanish to‘g‘risida» 


degan asarida geterozigota genotipga ega organizmlardagi tanlash ta’sirini 
tajribada isbotladi. Hozirgi vaqtda aniqlanishicha, tabiatdagi barcha 
populyasiyalar xilma-xil mutatsiyalarga ega bo‘lib, genotip jihatdan 
geterogen hisoblanadi. Agar populyasiyaga tashqi muhitdan biror ta’sir 
bo‘lmasa, undagi genetik geterogenlik kelgusi bo‘g‘inlarda o‘zgarishsiz, 
ma’lum muvozanatda saqlanadi. Bu hodisani birinchi bo‘lib 1908 yili 
Xardi va Vaynberg aniqlaganlar. Buni tushuntirish uchun misollar 
keltiraylik. Bir populyasiyada AA va aa allellarga ega gomozigota 
formalar teng miqdorda va ular o‘zaro qiyinchiliksiz chatishadi, deb 
taxmin qilaylik. U holda bunday formalarning o‘zaro chatishishidan 
quyidagicha natija hosil bo‘ladi. Olingan raqamlardan ko‘rinib turibdiki, 
organizmlar populyasiyaning yangi bo‘g‘inida gomozigota AA 0,25; aa 
0,25%; geterozigota Aa esa 0,50% nisbatda uchraydi. Ko‘p hollarda 
populyasiyaning gomozigota formalarida biror genning dominant va 
retsessiv allellarining nisbati teng bo‘lmay, bir allel ko‘proq qirilsa ham, 
Yozda jadal urchiydi. Bunday holatda tabiiy populyasiyada AA 0,7% ni, aa 
0,3% ni tashkil qilishi mumkin. 
♂ ♀ 
0,
A 
0,5 

0,
5 A 
0,
25 AA 
0,2
Aa 
0,
a 
0,
25 Aa 
0,2
5 aa 
Bunday populyasiyada, mabodo, dominant va retsessiv allelga 
ega bo‘lgan organizmlar qiyinchiliksiz o‘zaro chatishadigan bo‘lsa, u holda 
kelgusi bo‘g‘inda quyidagicha natija hosil bo‘ladi: 
Raqamlardan ko‘rinib turibdiki, populyasiyaning yangi bo‘g‘inidagi 
100 ta zigotadan 42 tasi geterozigota Aa, faqat 9 tasi gomozigota aa 
allellarga ega bo‘ladi. 
♂ 
♀ 
0,
A 
0,3 

0,
A 
0,
49 AA 
0,2
1 Aa 
0,
a 
0,
21 Aa 
0,0
aa 
Agar geterozigota, gomozigota holatdagi allellarning umumiy sonini 
hisoblab, teng 2 ga bo‘linsa, u holda populyasiyadagi AA 0,7% ni tashkil 
etadi, aa allellari esa 0,3% ga teng bo‘ladi. Bu misolda ham populyasiyada 
dominant va retsessiv allellarni saqlovchi organizmlarning o‘zaro nisbati 
kelgusi 
bo‘g‘inlarda turg‘un holatda saqlanishi ko‘rinib turibdi. 
Populyasiyadagi mazkur genning birinchi alleli - A ning uchrash tezligini q
q



ikkinchi alleli (a) ni (1-(q) bilan ifodalasak, ularning o‘zaro chatishishi natijasida 
quyidagi formula hosil bo‘ladi. Allellarning yig‘indisi esa q
2
-q (1-q):q (1-q);(1-q)

Yoki 
q
2
; 2q(1-q):(1-q)

ga teng bo‘lib, u har xil genotipga ega organizmlar populyasiyada 
qanday nisbatda uchrashini ifodalandi:
♀ 
♂ 
qA 
(1-q)a 
qA 
q
2
AA 
q(1-q)Aa 
(1-
q)a 
q(
1-q)Aa 
(1-q)
2
aa 
Xardi-Vaynberg ilgari surgan mazkur formula hozirgi vaqtda Xardi
Vaynberg qonuni deb ataladi. Bu qonun tabiiy populyasiyalarda har xil genotipga 
ega organizmlarning bo‘g‘inlararo munosabatini belgilayvermaydi, chunki tabiiy 
sharoitda 
yashaydigan 
organizmlar 
orasida 
o‘zini-o‘zi changlatuvchi - 
urug‘lantiruvchi, jinssiz yo‘l bilan ko‘payuvchi organizmlar soni kam bo‘lgan 
kichik populyasiyalar ham uchraydi. Xardi - Vaynberg qonuni kariotipi diploid 
bo‘lgan, chetdan changlanuvchi va normal meyozga ega organizmlarda
birinchidan, populyasiya benihoyat katta, ikkinchidan, u shu turga mansub boshqa 
populyasiyalardan ajralgan holatda bo‘lganda, uchinchidan, populyasiyada yangi 
mutatsiya ro‘y bermaganda, to‘rtinchidan, populyasiyada tanlanish bosimi bartaraf 
etilganda o‘z kuchini saqlaydi. 
Xardi-Vaynberg qonuniga asoslanib, Chetverikov tabiatda tarqalgan 
populyasiyalarda mutatsiya holatini analiz qildi. Populyasiyalarda vujudga kelgan 
fenotip jihatdan ko‘zga ko‘rinadigan dominant mutatsiyalar bilan bir qatorda 
retsessiv mutatsiyalar ham ro‘y beradi. Ular fenotip tomondan namoYon 
bo‘lmaydi va populyasiyaning tashqi qiYofasini deyarli o‘zgartirmaydi. SHunga 
ko‘ra, tabiiy sharoitdagi populyasiyalar fenotip tomondan nisbatan o‘xshash 
bo‘lsada, lekin genotip tomondan doim geterogen bo‘ladi. Tabiatdagi 
populyasiyalarning geterogenligi juda ko‘p tekshirishlar natijasida aniqlangan. 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling