6-mavzu: Mikroevolutsiya
Populyasiya to‘lqini-boshlang‘ich evolutsiya omili sifatida
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
7--ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Qisqa hayot kechiruvchi organizmlar sonining davriy o‘zgarishi
Populyasiya to‘lqini-boshlang‘ich evolutsiya omili sifatida.Tabiatda
bo‘g‘indan-bo‘g‘inga o‘tgan sari individlar soni o‘zgarmay, turg‘un xolatda saqlanadigan birorta ham tur, populyasiya yo‘q. Ko‘pchilik tur va populyasiyalarda organizmlar soni ko‘p yoki kam me’yorda o‘zgarib turadi. Chunonchi, mart qo‘ng‘izi, chivin, sichqonlar soni turli yillarda bir necha million nisbatda ko‘payishi yoki kamayishi kuzatilgan. Tur yoki populyasiyaga mansub organizmlar soni har xil sabablarga ko‘ra o‘zgaradi. Ba’zan abiotik omillarning noqulayligi (chunonchi, hasharotlar, amfibiyalar, reptiliyalar uchun sovuq sharoit), o‘txo‘r hayvonlar esa yirtqichlarning ta’siri tufayli son jihatdan turli yillarda turlicha bo‘ladi. Tur yoki populyasiyada bo‘g‘indan- bo‘g‘inga o‘tgan sari organizmlar sonining o‘zgarib turishi «hayot to‘lqini» yoki «populyasiya to‘lqini» deb ataladi. Tur yoki populyasiyaga mansub organizmlarning son jihatdan o‘zgarib turishining aniq sabablari turli-tumandir. Ular muhitning biotik va abiotik omillariga taaluqlidir. Muhit sharoitining doim o‘zgarib turishi voyaga etgan organizmlarning soni o‘zgarishiga olib keladi. Tabiatda organizmlarning qirilish sabablariga to‘xtalib, birinchi navbatda ularning tasodifiy nobud bo‘lishini qayd etish kerak. Organizmlarning tanlanib nobud bo‘lishi yoki yashab qolishi esa evolutsiyaning asosiy omili — tabiiy tanlanishi natijasidir. Tabiatda populyasiya to‘lqinlarining ko‘p xillari uchraydi. A. V. YAblokov va A. G. YUsufov fikriga ko‘ra, ularni tubandagi xillarga bo‘lish mumkin. 1. Qisqa hayot kechiruvchi organizmlar sonining davriy o‘zgarishi ko‘pgina hasharotlar, bir yillik o‘simliklar, zamburug‘lar va mikroorganizmlarga xos. Bu hodisa ayniqsa mikroorganizmlarda yaqqol namoyon bo‘ladi. Shamollash bilan bog‘liq kasalliklar bahor va kuz oylarida ko‘p tarqaladi. Odatda, ular yuqori nafas yo‘llarida infeksiya qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlar hayot to‘lqinining natijasi hisoblanadi. O‘simlik va hayvonlar sonining faslga qarab o‘zgarishi populyasiyadagi turli yosh, jinsdagi gruppalarga har xil ta’sir etadi. Faslning o‘zgarishi natijasida ko‘pincha yosh organizmlar ko‘plab nobud bo‘ladi ya’ni populyasiya uchun g‘anim organizmlar uchun yirtqich organizmlar iskanjasining susayishiga yoki yirtqich hayvonlar populatsiyasi uchun oziq resurslarining ko‘payishiga bog‘liq. Odatda, organizmlarning son jihatdan o‘zgarishi biogeotsenozdagi 1-2 ta turga emas, balki ko‘p turlarga xos bo‘lib, ular biogeotsenozning tamomila o‘zgarishiga olib keladi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling