6-mavzu: Mikroevolutsiya
Populyasiyadagi organizmlar sonining epizodik o‘zgarishi
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
7--ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Yangi arealda tabiiy dushmanlar bo‘lmasligi tufayli turlarga mansub individlar sonining o‘ta ko‘payishiga XIX
- 4. Tabiiy «halokatlar» bilan bog‘liq holda organizmlar sonining epizodik o‘zgarishi
2. Populyasiyadagi organizmlar sonining epizodik o‘zgarishi har
xil omillarga bog‘liq. Ular, birinchi navbatda, tur yoki populyatsiyadagi organizmlar uchun qulay bo‘lgan oziq zanjiriga, ya’ni populyasiya uchun g‘anim organizmlar uchun yirtqich organizmlar iskanjasining susayishiga yoki yirtqich hayvonlar populyasiyasi uchun oziq resurslarining ko‘payishiga bog‘liq. Odatda, organizmlarning son jihatdan o‘zgarishi biogeotsenozdagi 1-2 ta turga emas, balki ko‘p turlarga xos bo‘lib, ular biogeotsenozning tomomila o‘zgarishiga olib keladi. 3. Yangi arealda tabiiy dushmanlar bo‘lmasligi tufayli turlarga mansub individlar sonining o‘ta ko‘payishiga XIX-XX asrlarda Avstraliya, YAngi Zelandiyada quYonlarning, SHimoliy Amerikada shahar chumchuqlari, Palearktikada Kanada elodeyasi, Yevroosiyoda Markaziy Amerika ondatrasining son jihatdan ortib ketishi hodisasini misol qilib keltirish mumkin. XVI-XVIII asrlarda dengiz orqali aloqalar natijasida kalamushlar - Rattus norvegicis butun dunYoga tarqalib juda ko‘payib ketganligini aytib o‘tish ham o‘rinlidir. Odam yashaydigan joylarda chiqindilar ko‘pligi tufayli oddiy pashsha - Missa domestica ning soni ham ortib ketadi. 4. Tabiiy «halokatlar» bilan bog‘liq holda organizmlar sonining epizodik o‘zgarishi ko‘pincha tabiiy geotsenozlar, butun landshaftlarning buzilishi yoki qurg‘oqchilik, qattiq sovuq bo‘lishiga bog‘liq. Masalan, yoz nihoyatda quruq kelishi tufayli katta-katta territoriyada o‘zgarishlar ro‘y beradi (o‘tloq o‘simliklari botqoq joylarda tarqaladi. Torf qatlamlari kuyib ketadi). Bunday sharoitda harakatchan individlar - yirik sut emizuvchilar, hasharotlar, qushlar hamda tuproqning chuqur qatlamlarida yashaydigan individlar o‘troq yoki kam harakat qiladigan formalarga qaraganda kam talofat ko‘radi. Aksincha, mollyuskalar, reptiliya, amfibiyalar va o‘simliklar bunday sharoitda ko‘plab nobud bo‘ladi. Populyasiyaga mansub organizmlar sonining o‘zgarish masshtabi har xil. Million marta o‘zgarish maksimalga yaqin bo‘ladi. Bu hodisa Ural tog‘lari ortidagi biogeotsenozda tarqalgan may qo‘ng‘izlarida 5 yil mobaynida kuzatilgan. Agar biror populyasiya individlari soni bo‘g‘indan-bo‘g‘inga kamayadigan bo‘lsa, noma’lum vaqtdan so‘ng ular juda oz miqdorda qoladi. Organizmlarning ba’zilari mazkur sharoitda foydali belgilarga ega bo‘lganligi uchun boshqalari tasodifiy hodisalar natijasida saqlanib qoladi. Masalan, o‘rmonda tasodifan yuz bergan Yong‘in uning kichik qismiga Yoyilmadi va u erda po‘stloqxo‘rlar populyasiyasining qoldiqlari saqlanib qoldi, deylik. Bu hol po‘stloqxo‘rlarning yashash uchun kurashda g‘olib kelishi natijasi emas, albatta, balki tasodifiy bir hol. O‘z boshidan halokatni kechirgan populyasiyada organizmlarning ko‘plab qirilishi tufayli, qolgan formalarda genlarning qayta tiklanishi populyasiyaning dastlabki holatiga nisbatan boshqacha bo‘ladi. Mabodo, populyasiyada organizmlar soni kamaygandan so‘ng yana hayot to‘lqini sodir bo‘lsa, u holda oz sonda qolgan organizmlar genotipi endilikda avj olib rivojlangan butun populyasiyaning genetik strukturasini belgilab beradi. Natijada kam sonda uchraydigan ayrim mutatsiyalar populyasiyada yo‘qolishi, boshqa mutatsiyalar konsentratsiyasi esa ortishi mumkin. Umuman olganda, bunday sharoitda populyasiyadagi har xil genetik mutatsiyalarning tasodifiy o‘zgarishi ro‘y beradi, organizmlarning son jihatdan tasodifiy, qisqa muddatli o‘zgarishi ma’lum sharoitda evolutsiyaning boshlang‘ich hodisasiga aylanishiga hamda polulyasiyaning genotipik tarkibi bir necha bo‘g‘in mobaynida o‘zgarishiga olib keladi. Nazariy hisoblardan ma’lum bo‘lishicha, populyasiya to‘lqinining ta’siri ayniqsa kichik populyasiyalarda yaqqol namoyon bo‘ladi. Populyasiya to‘lqinlari tufayli kam ko‘lamli, ya’ni individlari 500 tagacha bo‘lgan populyasiyalarda siyrak uchraydigan mutatsiyalar konsentratsiyasi ortib, go‘yo ular tabiiy tanlanish ta’siriga duchor etilib, oddiy mutatsiyalar bartaraf qilinadi. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, populyasiya to‘lqini ham huddi mutatsiyalarga o‘xshash statik va yo‘nalishsiz holatda bo‘ladi. Shunga qaramay, populyasiya to‘lqin evolutsiya uchun katta ahamiyatga ega. Buni birinchi marta Chetverikov uqtirib o‘tgan edi. Uning qayd qilishicha, populyasiyadagi individlar sonini o‘zgarishi tabiiy tanlanish tezligiga ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan bir vaqtda populyasiya to‘lqini uning genotipik strukturasi ham o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Chunki populyasiyadagi individlar soni kamaygan sari, uning genofondidagi ikki alleldan birining yo‘qolish jarayoni shuncha tez amalga oshadi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling