6-Mavzu: Momentlar qoidasiga asoslanib ishlaydigan oddiy mexanizmlar. Masala yechish Reja


Download 0.9 Mb.
Sana26.03.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1297477
Bog'liq
6-mavzu 1-kurs


6-Mavzu: Momentlar qoidasiga asoslanib ishlaydigan oddiy mexanizmlar. Masala yechish
Reja:
1. Juft kuchlar.
2. Bloklar va vintlar.
3. Chigʻiriq (lebyodka)lar va ponalar.
Tayanch so’zlar: momentlar, richag, chig’iriq.

Qadimgi davrlardan hozirgi kungacha inson oʻz mehnatini yengillashtirish


yoʻllarini qidiradi. Qurilishlarda ogʻir ustunlarni, ishlov berilgan marmar toshlarni koʻtarish uchun turli mexanik qurilmalardan foydalanib kelingan. Uch ming yil oldin Qadimgi Misrda
piramidalar qurilishida ogʻir tosh plitalarni richaglar yordamida bir joydan ikkinchi joyga siljitishgan va ancha balandga koʻtarishgan. Koʻp hollarda ogʻir yukni biror balandlikka koʻtarish oʻrniga uni shu balandlikka qiya tekislik ustida dumalatib yoki sudrab olib chiqishgan.
Samarqand va Buxoro shaharlaridagi minoralar, madrasalar, saroy va masjidlar qurilishida yuklarni bloklar, chigʻiriqlar yordamida koʻtarganlar.
Kundalik turmushda yog‘ochlarni kesadigan stanoklar, yuklarni ko‘chirishda koʻtarma kran, yer qazib-tekislovchi traktorlar ham oddiy mexanizmlar asosida ishlaydi.
Aylanish oʻqiga ega boʻlgan jism kuch momenti ta’sirida harakatga keladi. Bunda jismga ta’sir etayotgan kuch momenti juft kuch ta’siriga oʻxshash boʻladi.


Yo‘nalishi qarama-qarshi, kattaliklari teng, lekin bir o‘qda yotmaydigan kuchlar juft kuchlar deyiladi.


Turmush va texnikada koʻchar hamda koʻchmas bloklar sistemasidan foydalaniladi. Sistemada bloklar oʻzaro ulanib, har xil darajali polispastlar hosil qilinadi. a-rasmda bitta ko‘char blok, b-rasmda bitta ko‘chmas va bitta ko‘char blokli, d-rasmda ikkita ko‘char va bitta ko‘chmas blokli polispastlar tasvirlangan. Darajali polispastda osilgan yuk ogʻirligi bloklarga oʻralgan arqonlarda taqsimlanadi. Bloklarda ishqalanish boʻlmaganda polispastga qoʻyiladigan kuch:
F=
formula bilan topiladi. Bunda n – polispastdagi koʻchar bloklar soni.
Agar bloklarda ishqalanish mavjud boʻlsa, qoʻyiladigan kuchning bir qismi ishqalanish kuchlarini yengishga sarflanadi.
Ishqalanish boʻlganda polispastning FIKi:

formula orqali topiladi.


Nazorat savollar.
1. Chigʻiriq qaysi jihatlari bilan richagga oʻxshaydi?
2. Nima uchun tikroq zinadan chiqishga qaraganda qiyaroq zinadan
chiqish osonroq?
3. Nima uchun ogʻir yuk (masalan, ryukzak) orqalab olgan odam
oldinga biroz engashadi?
Uyga vazifa mavzuni o’qib urgnib kelish.
Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling