Somatik hujayralar genetik usuli yordamida har xil organizmlarga mansub bo‘lgan somatik hujayralarni chatishtirilib, ulardagi xromosomalarning genetik haritalari tuziladi. Buning uchun ma’lum bir tur somatik hujayralarni organizmdan ajratilgan holda ko‘paytirilib, bir xil genotipga ega bo‘lgan hujayralar to‘plami (klonlar) olinadi. SHunday bir xil genotipli hujayralarga mutagen ta’sir ettirib irsiyati o‘zgarganlarini ajratiladi va ularni bioximik usullarda tekshiriladi. Irsiyati o‘zgargan hujayralarni to‘liq o‘rganib bo‘lingach ularni o‘rganilishi kerak bo‘lgan hujayra bilan chatishtirilib yangi belgini yuzaga chiqargan genning xromosomadagi o‘rni aniqlaniladi. Odam va sichqon somatik hujayralarini birga o‘stirilib, ularning bir-biriga qo‘shilishidan duragay hujayralar olingan. SHu duragay hujayralarni o‘stirishni davom ettirilganda, ulardagi odam xromosomalari sekin asta yo‘qola borib, faqat to‘kkizinchi xromosomagina qolgan. SHunday hujayraga virus tushirilganda hujayrada virusga qarshi odam interferoni hosil bo‘lgan. Bu bilan odamning to‘qqizinchi xromosomasida interferon sintezini boshqaruvchi gen joylashganligi aniqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |