Mendelning duragaylash usuli. Irsiy belgilarning nasldan- naslga o‘tish jarayonini o‘rganishdagi Mendelning qilgan usuli undan oldingi olimlarning usulidan butunlay boshqacha bo‘lib, Mendelgacha bo‘lgan biologlar, avlodlardagi ota-onadan o‘tgan barcha belgilarni o‘rganishga harakat qilganlar. Lekin bunday ko‘p belgilar, ma’lum bir irsiy belgining nasldan-naslga o‘tish qonuniyatini o‘rganishda juda katta qiyinchilik tug‘dirar edi. Mendel esa ma’lum bir sondagi belgilarnigina o‘rganadi. Mendel qo‘llagan usulning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardir: 1) ota-ona organizmlar toza navli edi; 2) tahlil qilish uchun faqat 1, 2 yoki 3 ta bir-biridan keskin farq qiladigan (alternativ) belgilarni oldi va har bir belgini alohida-alohida kuzatdi; 3) har bir belgining sonini aniq hisobladi va natijani tahlil qilishda matematik usullarni qo‘lladi; 4) har bir o‘simlikni va undan olingan avlodlarni alohida-alohida bir necha bo‘g‘inlarda kuzatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |