6-Mavzu. Muskul to’qimasi. Nerv to’qimasi. Reja


Download 53.31 Kb.
Pdf ko'rish
Sana19.06.2023
Hajmi53.31 Kb.
#1612532
Bog'liq
6-taqdimot



6-Mavzu. Muskul to’qimasi. Nerv 
to’qimasi. 
Reja: 
1.Muskul (mushak)larning xillari. 
2.Muskul to’qimasining regeneratsiyasi. 
3. Nerv to’qimasining morfologik tuzilishi. 



Mushak to‘qimasi odam va hayvon organizmining 
harakatga kelishini ta’minlaydi. Mushaklarning tuzilishi 
ulaming bajarayotgan funksiyasiga moslashgan, ya’ni 
ulaming shakli cho‘ziq, uchlari tayanch tuzilmalarga 
tutashgandir. 

Tuzilishi va bajarayotgan funksiyasiga ko‘ra silliq, 
ko‘ndalang-targMl (skelet), yurak mushagi va ba’zi 
a’zolarda uchrovchi maxsus mushak to‘qimasi farq 
qilinadi. Maxsus mushak to‘qimasi kelib chiqishi, tuzilishi 
va vazifasiga ko‘ra turlichadir. Ko‘ndalang-targMl yurak 
mushagi hamda maxsus mushak to‘qima —
mioepitelial hujayralar (ter, sut va soMak bezlarida 
uchrovchi hujayralar), ko‘zning siliar va qorachig‘ 
mushaklari xususiy gistologiyaning tegishli boblarida 
keltirilgan. 



Silliq mushak to‘qimasi hujayra tuzilishiga ega. Silliq mushak 
ko‘pgina ichki organlar— me’da-ichakyoMi, tanosil organlari, 
tomirlar devorining shakllanishida qatnashadi. Silliq mushak 
tuzilishi hamda funksiyasi bo‘yicha ko‘ndalang-targ‘il 
mushakdan qancha farq qiladi. Silliq mushaklar vegetativ 
nerv sistemasi tomonidan innervatsiya qilinadi va shu 
sababli kishi ixtiyoriga bo‘ysunmaydi. Yuqorida qayd 
qilinganidek, silliq mushak to‘qimasi hujayra tuzilishiga ega 
bo‘iib, cho‘ziq, duksimon va tarmoqlangan boMadi. 
Hujayraning oMchamlari turlicha boMadi, ya’ni uzunligi 50— 
250 mkm, yadro sathining maksimal diametri 5—20 mkm. 
To‘qimada bir-biriga yondoshib yotgan hujayralar qatlamlar 
hosil qiladi (90- rasm). 

Ular bir-biriga nisbatan shunday joylashadiki, bir hujayraning 
markaziy qismiga boshqa hujayraning o4kir uch qismi 
yopishadi. Silliq mushak hujayralari sirtdan sarkolemma bilan 
qoplangan, unda qalinligi taxminan 7,5 nm ga teng plazmatik 
membrana va tashqi bazal membrana farq qilinadi. 



Yonma-yon yotgan hujayralarning plazmatik membranalari ba’zi 
joylarda juda yaqinlashib tutashish nuqtalarini hosil qiladi. Membra 
nalaming bunday yaqinlashish joylari silliq mushak hujayralarining 

biridan ikkinchisiga qo‘zg‘alish o‘tishiga xizmat qiladi, degan 
taxminlar bor. Hujayra sitoplazm asida yadro, umumiy organellalar 
va miofibrillalar joylashadi. 

Yadro va organellalarhujayraningtrofik apparatini tashkil etadi. Silliq 
mushak hujayrasining yadrosi uning markazida joylashib, cho‘ziq oval 
yoki tayoqchasimon shaklga ega (90, 91-rasmlar). Yadroning shakli 
qissarish paytida o‘zgaradi. Unda ko‘p hollarda ikkita yoki undan 
ko‘proq yadrocha bo‘ladi. Yadro yonida sust rizojlangan 
plastinkasnmon kompleks joylashadi. Shu yerda hujayra markazi ham 
yotadi. M ushak hujayrasida endoplazmatik to‘r sust rivojlangan. M 
itoxondriyalar kichik, shakli cho‘ziq, oz miqdorda bo‘lib, 
sitoplazmada tarqoq joylashadi. Ammo yadro yonida ularning soni 
ko‘proq bo‘lishi mumkin. 



Mitoxondriyalarning kristallari ko‘ndalang-targ‘il mushaklardagiga 
nisbatan kam. 

Miofibrillalar mushak hujayrasining qisqaruvchi apparatini tashkil 
etishi sababli ular eng muhim ahamiyatga ega. Miofib rillalar skelet 
mushagiga xos boMgan ko‘ndaIang-targ‘illikka ega emas va oddiy 
mikroskopda bir jinsli ipchalar shaklida kocrinadi. Elsktron 
mikroskop bilan silliq mushak hujayralari o‘rganilganda hujayraning 
butun uzunligi bo‘yicha yotuvchi uzluksiz miofibrillalar aniqlangan 
emas. Hujayra sitoplazmasida bo‘ylama joylashgan submikroskopik 
protofibrillalar mavjud bo‘hb, ular tutamlar hosil qilmaydi. 
Protofibrillalar yoki mikrofilamentlarning ikki turi farqlanadi: aktin va 
miozin. Miozin protofibrillalar diametri 17 nm ga teng boMib, 
yo‘g‘on protofibrillalardir. Aktin mikrofilamentlar nozik bo‘lib 
qalinligi 7 nm ga teng. Ikkala filamentlar ham mushak bo‘shashgak 
holatda burchak hosil qilib yoki hujayra bo‘yi bo‘yicha joylashgan 
bo‘lib mushak qisqarganda o‘z joylashishini o ‘zgartiradi. Silliq 
mushak hujayralarida ko‘ndalang-targ‘illik kuzatilmaydi, chunki 
filamentlar o‘zaro tartibli joylashmagan. Ular sarkomerlar hosil 
qilmaydi, plastin kalar ham topilmagan. Silliq mushak hujayra- larida 
ham tropomiozin, troponin va a-akti- nin oqsillari topilgan. 



Aktin oqsillarining sitolemmaga bir-lashgan qismida yoki 
aktin protofibrillaning o ‘rta qismida zich tanachalar 
uchraydi, Zich tanachalar oddiy mikroskopda to‘q dog* 
shakliga ega. Zich tanachalar ko‘nda-lang-targMl mushak 
tolasining Z plastin-kasida uchrovchi aktinin tutgani uchun, 
bu tanachalami Z plastinkaning analogi deb taxmin qilish 
mumkin, lekin ular betartib joylashtan. Mushak qisqarish 
jarayonida xuddi ko4ndalang-targ‘il mushakdagi singari aktin 
va miozinning o ‘zaro sirpanishi yuzaga keladi. Tortilish kuchi 
zich tanachalar orqali sarkolemmaga (sitolem- maga) o ‘tadi, 
natijada, silliq mushak hujayra qisqaradi. 

Silliq mushak hujayra sitoplazmasida kalsiy ionini saqlovchi 
mayda pufakchalarboM ib, ular ko‘ndalang-targ‘il 
mushakdagi sarkoplazmatik retikulumni eslatadi. Lekin 
sarkoplazmatik retikulumning o ‘zi silliq mushakda kuchsiz 
rivojlangan. Bu pufakchalarga hujayra plazmatik 
membranasining botishidan hosil boMgan tuzilmalar tegib 
yetadi. Bu tuzilmalar ko‘ndalang-targ‘il mushakning T- 
sistemasini eslatadi. Ular impuls tarqalishida va kalsiy 
ionining sitoplazmaga chiqishida muhim o‘rin tutadi. 



Har bir mushak hujayra yuqorida qayd etilganidek, bazal membrana 
bilan qoplangan. Mushak hujayralarining bir-biriga tegib yotgan 
qismlarida tirqishli tutashish — neksuslar uchrab ular silliq mushak 
hujayralarining m a’lum guruhlari barobar qisqarishini ta’minlaydi. 
Bazal membranaga biriktiruvchi to‘qima tolalari kirib to‘r hosil qiladi. 
Mushak hujayralarining truppalari yoki muayyan qavatlari biriktiruvchi 
to'qim a qatlamlari bilan o‘raladi. Ana shu biriktiruvchi to‘qima 
sarkolemma bilan birga silliq mushak to‘qimasi- ning tayanch 
apparatini hosil qiladi. 

Silliq mushak to‘qimasi yaxshi taraqqiy etgan qon tomirlar sistemasiga 
ega. Qon tomirlar to‘qima ichida kapillyarlargacha tar- moqlanib, 
mushak hujayralari tutamlari orasidagi biriktiruvchi tocqima 
qatlamlarida kapillyarlar to'rini hosil qiladi. 

Silliq mushak to'qim asining taraqqiyoti va regeneratsiyasi. Silliq 
mushak to‘qimasi mezenximadan rivojlanadi. Hosil boMayotgan 
mushak hujayralari dastlab o'simtalarga ega boMib, uning yordamida 
o‘zaro bogManadi va shu tufayli mezenxima tuzilishini eslatadi. Ularda 
miofibrillalar paydo boMishi differensiallanish boshlanganligining belgisi 
boMib xizmat qiladi. 



Keyinchalik silliq mushak hujayralari o‘simtalarini yo4qotib, 
duksimon shaklni oladi va bir-biriga zich yopishib yotadi. Ularda 
fibrillalaming soni ortib, hujayraning uzun yo‘nalishi bo‘ylab tartibli 
ravishda joylasha boradi.Silliq mushak anchaeina vaxshi ifodalanean 
reeeneratsiva qobi-liyatiga ega. Mushak hujairalarining mitoz yo‘li 
bilan bo‘linish qobiliyatiga ega ekanligi haqida ma’lumotlar bor. 

Silliq mushak hujayralarining gipertrofiyasi va ko‘payishini qon 

tomirlarning o4sishi va tiklanishi jarayonlarida ko‘rish mumkin. 
Tajribada yirik arteriya bog4lab qo4yilgan hollarda qon aylanish kam 
joylardagi mayda tomirlarning kengayishi kuzatiladi. Bunda ularning 
devorida yangidan hosil bo‘Igan mushakning qalin qatlamlari paydo 
bo’ladi. Silliq mushak hujayralarining gipertrofiyasi va giperplaziyasi 
bachadonda homiladorlik davrida yuz beradi. Ko4ndalang-targ4il 
mushak to4qimasi skelet mushaklarini, ovqat hazm qilish traktining 
ba’zi a’zolari (til, tanglay, qizilo‘ngach bir qismi) mushaklarini, ko4z 
mushaklarini, mimik va nafas olish mushaklarini hosil qiladi. Yurak 
mushagi ko‘ndalang-targil mushak to4qimasining maxsus turi bo4lib, 
u haqda quyida maxsus fikrlar bayoni bor. 


Ko’ndalang-targ’il mushak tolalarining tuzilishi. Ko’ndalang-
targ4il mushak to‘qimasi tolalardan iborat bo4lib, ularning 
uzunligi bir necha santimetrgacha (12,5 sm), diametri 100 mkm 
gacha yetishi mumkin. Shu sababli ko4ndalang-targ4il mushak 
tolalari simplastik tuzjlmalar deb ataladi. Ular uzun silindrik 
tuzilmalar bo4lib, sirtdan yaxshi ifodalangan parda - 
sarkolemma bilan qoplangan. Mushak tolalarining yadrolari oval 
shaklli, xromatini kam, pereferiyada, 
sarkolemmaostidajoylashadi (92- rasm, a). Mushak tolalari 
mitoxond- riyalarga boy bo4lib, ular miofibrillalar orasida tizilib 
yotadi. Shuni qayd qilish lozimki, mushakning harakat aktivligi 
ancha yuqori bo4Isa (qisqarish tezligi qancha katta bo4Isa), 
mushak tolasida sarkosomalar (mitoxondriyalar) shunchalik 
ko4p bo4ladi. Mushak tolalari sarkosomalaming kristallari 
kuchli rivojlangan bo4lib, sarkosomalaming uzun o4qiga 
nisbatan perpendikulyar yo4na!gan. Donador-endo- plazmatik 
to4r sust rivojlangan, yadro atrofida joylashadi. Sust rivoj- 
langan plastinkasimon kompleks ham shu yerda yotadi. 



K o‘ndalang-targ‘il mushakda silliq kanalchalar sistemasi mavjud bo4lib, uning 
mushak tolalarining maxsus strukturasi deb hisoblash mumkin. Kanalchalar 
sistemasi tolaning uzun o ‘qi bo‘ylab miofibril lalar oralig‘ida joylashdi va Z 
chiziq qarshisida yoki A va I disklar chegarasida kengaymalar hosil qilib 
tugaydi. Bu sistema sarkoplaz-matik retikulum (to‘r) deb nomlanadi.. Bundan 
tashqari, A va / disklar chegarasida (sut emizuvchilarda) sarkolemmaning 
plazmatik membra- nasi tola ichiga botib kirib Fsistema naychalarini hosil 
qiladi. Bu naychalar tolaning uzun o‘qiga ko‘ndalang yo‘nalgan (tubulus 
transversal is). Tsistema kanalchalari A va I disk chegarasida atrofidagi 
simmetrik joylashgan sarkoplazmatik to‘r naycha kengaymalari bilan triadalar 
hosil qiladi. Sarkoplazmatik to‘r qisqarishining yuzaga chiqishida ishtirok etadi. 

Miofibrillalar tolaning qisqarishini ta’minlovchi tuzilmalardir. Bu ipsimon 
tuzilmalarning qalinligi 2 mikron keladi. Ko4ndalang-targ‘il mushakning 
miofibrillalari silliq mushakdan farq qilib, ko‘ndalangiga taram-taram boMib 
bo‘yaladi. Bu ularning nozik tuzilish xususiyatlariga bogMiq. Miofibrillalarda A 
va I disklar farq qilinadi. A disklar har xil bocyoqlar bilan yaxshi bo‘yaladi. 
Idisklar esa uncha yaxshi bo‘yalmaydi. Anizotrop-A disklar ikki xil nur 
sindirish (anizotropiya) xususiyatiga ega


Nerv to'qimasi yuqori darajada ixtisoslashgan to‘qima bo4lib, 
to4qimalar va organizmning barcha a’zolarini o 4zaro aloqada 
bo4lishini hamda organizmni tashqi muhit bilan bogTanishini 
ta’minlaydi. Nerv to'qimasining asosiy vazifasi ta’sirotni qabul 
qilish, saqlash va qayta ishlash, organizmning turli 
sistemalarining faoliyatini uyg4unlashtirish, koordinatsiyalash 
kabilardan iborat. To4qimaning bu vazifasi tirik organizmlaming 
tarixiy taraqqiyoti jarayonida vujudga kelgan. Nerv to‘qimasi 
markaziy va periferik nerv sistemasini hosil qilib, bir-biridan 
bajaradigan vazifasiga qarab keskin farq qiluvchi ikki xil 
hujayralardan tashkil topgan. Birinchi turi neytronlar yoki 
neyrotsitlar (neuronum osytus) boMib, nerv hujayra iborasi 
xuddi shu hujayraga tegishlidir. Neyronlar nerv impulsini hosil 
qiladi va uning tarqalishini ta’minlaydi. Nerv to‘qimasining 
ikkinchi xil hujayralari — neyrogliya yoki gliotsitlar (neuroglia) 
kelib chiqishi bo‘yicha neyronlar bilan bogMiq boMsa ham, bir 
qator yordamchi vazifalami bajaradi



Nerv to‘qimasining taraqqiyoti. Nerv to‘qimasi tashqi embrional varaq —
ektodermadan rivojlanadi. Embrionning dorzal devorida ektodermadan 
nerv plastinkasi shakllanadi. So‘ngra u egilib, nerv tarnovchasini hosil qiladi. 
Nerv tarnovchasining chetlari buralib, bir-biriga yaqinlashadi va so‘ngra 
birikib, nerv nayini hosil qiladi. Shu vaqtning o‘zida ektoderma chetlari ham 
o‘zaro birikib, nerv nayidan ajraladi. 

Nerv nayining teri ektodermasidan ajralishi davomida nerv tarnovchasining 
ko‘tarilgan chetidagi hujayralar to‘dasi ajraladi va ular nerv nayining ikki yon 
tomonida ganglioz plastinka yoki nerv qirrasini hosil qiladi. Nerv nayidan 
keyinchalik bosh va orqa miya hamda nerv sistemasining periferik qismlari 
rivojlanadi, ganglioz plastinkadan esa sezuvchi nerv tugunlari va vegetativ 
nerv sistemasi shakllanadi. Taraqqiyotning ilk bosqichlarida nerv 
naychasining devori bir qavat silindrsimon hujayralardan iborat boMadi. Bu 
hujayralar tez mitotik boMinishi natijasida nerv nayi yo‘g‘onlashadi va ko‘p 
qavatli (soxta ko‘p qavatli) boMib qoladi. Bu davrda nerv nayi bir hujayra 
turidan — medulloblastlardan (medulla — miya, blastos — kurtak) 
iborat boMib, keyinchalik ikki turga differensiallashadi: 1) neyroblastlar —
dumaloq shakldagi birlamchi nerv hujayralari boMib, ulardan neyronlar 
rivojlanadi; 2) spongioblastlar (glioblastlar) birlamchi neyroglial hujayralar 
boMib, ulardan har xil neyrogliya hujayralari rivojlanadi. 



Hujayralar ko‘payishi va nerv naycha devorida surilishi natijasida nerv nayida quyidagi 
uch qavat tafovut qilinadi: 1) ichki — ependima qavati; 2) o ‘rta — yopqich (mantiya) 
qavati; 3) tashqi — qirg'oq vuali (parda) qavati. 

Ichki ependima qavatida juda ko‘p mitoz boMinish ro‘y beradi va rivojlanishning ilk 
bosqichlarida bu qavat glioblastlar va neyro-blastlami hosil qilsa, socngra faqat 
neyrogliya uchun manba boMib qoladi. Asta-sekin ichki ependima hujayralari prizmatik 
shaklni olib, bosh miya qorinchalari va orqa miya kanalining ependima hujayra-lariga 
aylanadi. 0 ‘rta qavat neyroblastlar va ulardan shakllanuvchi neyronlar hamda birlamchi 
neyroglial asosni hosil qiluvchi hujayra-lardan iborat. Shu qavat hisobiga orqa miyaning 
kulrang moddasi hosil boMadi. Tashqi qavat — qirg‘oq vuali (pardasi) neyroblast 
hujayralarini tutmaydi, bu qavatga ependima hamda o‘rta qavat hujayralarining 
o‘simtalari o‘tib, orqa miya o4kazuvchi yoMlarining shakllanishida ishtirok etadi. 

Neyronlar va neyroglial hujayralarning ixtisoslanishi nerv sistema- sining turli 
qismlarida barobar boMmaydi. Yumaloq shaklga ega bo‘lgan o‘simtasiz neyroblastlar 
differensiallashib, 

cho‘ziq noksimon shaklni oladi va ularning o‘tkirlashgan uchidan tugmachasimon 
bo4rtna shaklida nerv o4simtasi o4sib chiqadi. Bundan kelgusida neyrit rivoj la- nadi. 
Keyinroqesahujayraning kaltao‘siqlari — dendritlar hosil bo‘ladi. 

Neyroblastlar differensirovkasining ilk belgisi ularning sitoplaz masida ingichka 
neyrofilamentlar va mikronaychalardan tarkib topgan neyrofibrillalar hosil bo4lishidir. 
Yadro va sitoplazmaning submikro- skopik tuzilishi ham o‘zgaradi: neyroblast 
sitoplazmasida erkin ribo- somalarning miqdori kamayadi, endoplazmatik to4r 
kanalchalari va Golji kompleksi paydo boiadi va takomillashdi. Yadroda turli elektron 
zichlikdagi donalar va iplar hosil boiadi. Natijada, neyro- blastlar yetuk neyronlarga 
aylanadi. 



Neyroblastlardan hosil bo’luvchi neyronlarbo’linish 
qobiliyatiga ega emas. Shu tufayli ularda fiziologik 
regeneratsiya jarayoni hujayra sitoplazmasidagi 
organellalar va oqsillarshshg uzluksiz almashinuvi 
bilangina chegaralanadi. 

Glioblastlar esa yuqori darajada bo’linish qobiliyatiga 
ega, bu xususiyatlari ular yetuk gliotsitlarga aylanganda 
ham ancha-muncha saqlanib qoladi. Glioblastlardan 
faqat makrogliya hujayralari (epen-dimotsitlar, 
astrotsitlar va oligodendrotsitlar) takomiliashadi. 

Mikrogliya hujayralari (yoki glial makrofaglar) esa 
barcha makro faglar singari, homila davrida dastawal 
mezenximadan, tug’ilgan dan so’ng esa qon 
monotsitlaridan hosil bo’ladi. 


Etiboringiz uchun rahmat 

Download 53.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling