6-Mavzu: Mustaqillik yillarida jismoniy tarbiya va sportning rivoji
Download 295.72 Kb. Pdf ko'rish
|
6-Maruza
1 Jismoniy tarbiya va sportning huquqiy asoslari fanidan ma`ruzani tayyorladi: Katta o`qituvchi A.YU.Bo`riboyev. 6-Mavzu: Mustaqillik yillarida jismoniy tarbiya va sportning rivoji . REJA: 1.O„zbekistonda jismoniy madaniyat va sport 2. Xalq milliy o„yinlarining tiklanishi. 3.Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi o„zgarishlar . Tayanch iboralar: Mustaqillik, jismoniy tarbiyaga e’tibor, sportning rivojlanishi, jismoniy tarbiyaning huquqiy asoslari. 1991 yil 31 avgust kuni g„oyat buyuk, olamshumul tarixiy voqea yuz berdi. Shu ko„n Respublika Oliy Kengashi minbaridan O„zbekiston davlati mustaqilligi tantanali ravishda e‟lon qilindi. Yillar osha bu sana xalqimiz uchun eng qutlug„ va eng unitilmas ko„n bo„lib qolishi muqarrar! Har qanday mustaqil davlat va u„nda hayot kechiruvchi har bir xalq, millat tabbiy boyliklari, ya‟ni еr osti va еr ustida zaharlari, tog„lari va o„rmonlari daryo- yu dengizlari ulkan shaharlari, go„zal inshoatlari bilan g„ururlashishga xalqdir. Biroq tarixiy tajribalar shunday dalolat beradiki, jamiyatning haqiqiy boyligi, bu-inson, inson avlodidir. Jamiyat el-yurtiga, vataniga sadoqatli, iymon e‟tiqodi butun, mard va jasur ma‟naviyati yuksak insonlar bilan xaqli ravishda faxrlinadi. Bu ulug„vor, betakror boylik esa har qaysi davlatning salohiyati manbaidir. Ana shunday noyob fazilatga ega bo„lgan avlodni madaniyatlab voyaga еtkazayotgan xalq kelajakka ochiq ko„z, katta ishonch bilan qarash mumkin. Shukuronalar bo„lsinki, xalqimiz tarixning mashoqqatli sinovlari osha o„zining ana shu olijanob xususiyatlarga zavol yеtkazmay. Saqlab keldi. Ajdodlarimiz o„z nasl-nasabalarini umumbajarish to„yg„ular, o„lmas sharq falsafali, milliy qadriyatlarimiz bilan madaniyat qilib keldilar. Ota-bobolarimiz asrlar davomida avlodlarni voyaga еtkazdilar. Ha, bunday fazilatlar asl zahmatkash halqimizga munosibdirki, biz bu bilan har qancha g„ururlansak arziydi. Binobarin, oldimizda mustaqil buyuk davlat ko„rishdek murakkab va sharafli vazifa turgan bir paytda bu ma‟naviy qadriyatlarning ahamiyati ming karra ortadi. Nega deganda har qanday ulug„ maqsadlarga еtishi, yangi jamiyat, farovan turmush qurish, go„zal hayot barpo etish, avvalo shu jamiyat a‟zolari bo„lgan komil odamlarga, barkamol yosh avlodga bog„liqdir. Shu bois halqimiz farzandlarimizning iqbolini uylab, qattiq bel bog„lab mehnat qiliayotgan ma‟suliyatni bir davrda mazkur tushunchalar yanada teran ma‟no kasb etadi. O„zbekiston Respublika Oliy Kengashi 1992 yil 14 yanvarda “Jismoniy madaniyat va sport to„g„risida” muhim qonun qabul qildi. Ushbu hujjat bilan 2 sohamiz birinchi marta o„z faoliyatining mustaqil huquqiy asoslariga ega bo„ldi. Qonun jismoniy madaniyat hamda sport faoliyatida jamoat munosabatlarini to„g„ri tarkibga solishini va O„zbekistonda jismoniy madaniyat, sog„lomlashtirish va sport ishining yuksaltirishning huquqiy kafolatini yuzaga keltirdi. Qonunda jismoniy madaniyat va sport sohasidagi qonunchilik amaliyotini jahon tajribasiga va Respublikamizning o„ziga xos xususiyatlariga muvofiq qildi. O„zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog„lom avlod uchun” (1993 yil) Farmoni ushbu Qonunning amalga barkamollika erishishga, tabiatni muhofaza qilishga, jismoniy va ma‟naviy madaniyatlarning uzviy bog„liqligini ta‟minlashga qaratilgan. Yurtboshimizning jismoniy madaniyat va sportining yanada rivojlantirishda “Sog„lom avlod uchun” orden va shu nomdagi jamg„armani ta‟sis etish, jismoniy madaniyat va sport bo„yicha maxsus unvonlarni joriy qilishi to„g„risidagi farmonlarga imzo chekishi jismoniy madaniyatni rivojlantirishda muhim o„rin tutmoqda. Shuningdek, O„zbekiston Respublikasining Vazirlar maxkamasining 1995 yil 15 apreldagi “Sog„lom avlod uchun” jurnalini tashkil etish to„g„risida qarorni ham bu sohada quyilgan salmoqli qadam deyish mumkin. Qonunni hayotga tatbiq etishda O„zbekiston xalq ta‟limi vazirligi katta ishlarni amalga oshirishni rejalashtirishdi. Chunonchi, birinchi navbatda bolalarni har tomonlama jismoniy baquvvat, epchil, chaqqon, kuchli, botir qilib hamda ularni ilmli, bilimdon, zukko, madaniyatli, ma‟naviyati boy qilib tarbiyalashni ko„zda tutgan sog„lom avlod dasturini ishlab chiqishni amalga oshirdi. Umumta‟lim maktablari I-XI sinflari uchun Davlat standarti asosida jismoniy madaniyat dasturini ishlab chiqilishi fikrimiz isbotidir. Keyingi paytlarda har bir maktabda sport zali qurilishi, Yunusobod daxasida tennis kortining qurilishi, Farg„onada, Andijonda, Namanganda, Samarqandda, Qarshida, Termizdagi tennis kortlari va stadionlarning qurilishi bunga misol bo‟ladi. O„zbekiston Respublikasi azaldan polvonlar makoni. Shu bois kurash musobaqalari hamisha qizg„in bo„lib o„tgan. Lekin sobiq tuzum davrida milliy kurashimizga e‟tibor susayib ketgandi. Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so„ng jismoniy madaniyat va sportni rivojlantirishga alohida e‟tibor berila boshladi. “Sog„lom avlod” o„sib-ulg„ayishida ularni har tomonlama kuchli, epchil, chaqqon, chidamli, botir qilib tarbiyalashda milliy kurashning roli kattadir. Chunki milliy kurashni yaxshi o„rgangan sportchiga sportning va kurashning boshqa turlarini egallash oson kechadi. 1991 yili SSSR xalqlari spartakiadasida oxirgi sportchilarimiz yaxshi qatnashib umum jamoa hisobida 10-o„rinni egallashdi. Yunon-Rum kurashi bo„yicha Abdullaev G„ayrat 2-o„rinni, 1992 –mamlakat birinchiligida 2-o„rinni, YeGran-pri musobaqasida 1-o„rinni qo„lga kiritdi. 1991 yili bokschilarimiz mamlakat birinchiligida ajoyib g„alabalarni qo„lga kiritishdilar. Ig„or Bo„nni-oltin, A.Grigoryan va O.Moskiyev-kumush va E.Karimov-bronza medaliga sazovor bo‟ldilar. 1991 yili Meksikada o„tkazilgan oxirgi spartakiadada A.Grigoryan chempion bo„ldi, O.Moskayev 2-o„rin, X.Tursunov, N.Sumyonov, N.Ataev, 3 M.Kitabovlar – 3o„rinni oldilar. Jamoamiz esa umumjamoa hisobidan to‟rtinchi o„rinni egalladi. 1992 yil 9-11 avgust Shaxrisabzdagi “Xisor” o„yingohida milliy kurash bo„yicha sohibqiron A.Temur xotirasiga bag„ishlangan 1-xalqaro musobaqa bo„lib o„tdi. Ushbu turnerga Qozog„iston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg„iston, O„zbekiston va boshqa davlatlar jamoalari vakillari kelishidi. Jami 300 nafar manaman degan polvonlar Shahrisabzni, buyuk sarkarda, ulug„ sohibqiron ruhini shod etishga bel bog„lab maydonga tushdilar. 1992 yil 21 yanvarda O„zbekiston Respublikasining Milliy olimpiya qo„mitasi rasmiy ravishda ta‟sis qilinadi va shu yili 9 martda xalqaro olimpiya qo„mitasi tarkibiga kiritilib, haqiqiy a‟zo bo„ldi. Bu O„zbekiston sportchilarning olimpiada va jahon birinchiliklari mustaqil terma jamoa sifatida ishtirok etishlariga imkoniyatlar yaratib berdi. Download 295.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling