6-mavzu: O’rta Osiyo xalqlarining Mo’g’ul bosqinchilariga qarshi kurashi. Jaloliddin Manguberdi


Download 17.18 Kb.
Sana19.02.2023
Hajmi17.18 Kb.
#1213964
Bog'liq
Tarix 6-mavzu


6-mavzu: O’rta Osiyo xalqlarining Mo’g’ul bosqinchilariga qarshi kurashi. Jaloliddin Manguberdi.
Mavzu yuzasidan nazorat savollari va ularning javoblari.
Savollar:
1. Markazlashgan moʻgʻullar davlati qachon qaerda tashkil topdi?
2. XII asr oxiri -XIII asr boshlarida Xorazmshohlar davlatidagi siyosiy ahvol qanday boʻlgan?
3. Moʻgʻullarning Oʻrta Osiyoga istilosi necha yoʻnalishda boshlandi?
4. Moʻgʻullarga qarshi kurashda kimlar qahramonlik koʻrsatdi?
5. Chigʻatoy ulusi qachon tashkil etilgan?
6. Chigʻatoy ulusidagi boshqaruv tizimi qanday boʻlgan?
7. Mahmud Tarobiy qoʻzgʻalonining sabablarini aniqlang?
8. Moʻgʻullar davlatida pochta tizimi qanday tashkil eilgan?
Javoblar:

  1. Mo'g'ul urug' va qabilalari qudratli davlatga birlashuvi va jipslashuvi Temuchin nomi bilan bog'liq. 1206-yilda Onon daryosi bo'yida chaqirilgan mo'g'ul urug' va qabila boshliqlarining qurul toyida Temuchin ulug' xon deb e'lon qilinadi, unga Chingiz laqabi beriladi va Mo'g'ulla rdavlatiga asos solinadi

  2. .XIII asr boshida Xorazm juda keng maydonni egallagan buyuk davlatga aylangan edi. XII asrning ikkinchi yarmida Movarounnahr va Xurosoda siyosiy vaziyat yanada keskinlashdi. Xorazmning hukmronlik doirasi kengaytirilib, uning mustaqilligi yanada mustahkamlandi.

  3. Mo'g'ullarning O'rta Osiyoga yurishi to'rt bosqichda bo'lib o'tadi.

  4. Mo'g'ullarga qarshi kurashda Xo'jand shahri hokimi Temur Malik, buyuk alloma shayx Najmiddin Kubro, Jaloliddin Manguberdi kabilar qahramonlik ko'rsatishgan.

  5. 1224-yilda Chingizxon tomonidan Chig'atoy tasarrufiga berilgan Movarounnahr, Yettisuv va Sharqiy Turkistonda Chig'atoy ulusi tashkil topdi.

  6. Chig'atoyning ulusni boshqaradigan o'rdasi Elsuvi daryosi bo'yida edi. Viloyatlar va hunarmandchilik shaharlarini boshqarishda Chig'atoy o'ziga bo'ysunadigan xalqlarning yuqori tabaqa vakillari xizmatidan foydalanadi.

  7. 1238-yilda Buxoroning Torob qishlog'ida bosqinchilar va mahalliy mulkdorlar zulmiga qarshi qo'zg'olon boshlanadi. Qo'zg'olonga toroblik g'alviryasovchi hunarmand Mahmud boshchilik qiladi. Tarixda u Mahmud Torobiy nomi bilan shuhrat topadi.

  8. Mo'g'ullar davrida pochta xizmati yaxshi rivojlangan. Pochta xizmati uchun alohida maxsus yo'llar qurilgan.

Test kalitlari.

1

2

3

4

5

6

7

8

A

A

C

D

B

A

C

B

Download 17.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling