6-mavzu: O’rta osiyoni arablar tomonidan bosib olinishi ularga qarshi kurash va ularning oqibatlari
Download 169.98 Kb. Pdf ko'rish
|
3--Mavzu
3-MAVZU: O’RTA OSIYONI ARABLAR TOMONIDAN BOSIB OLINISHI ULARGA QARSHI KURASH VA ULARNING OQIBATLARI. Reja: 1) Arablar tomonidan O’rta Osiyo hududidagi davlatlarni bosib olinishi va arablar hukmronligining o’rnatilishi. 2) O’lkada islom dinini hamda arab xalifaligi boshqaruv tizimining joriy etilishi. 3) Muqanna qo`zg’oloni va uni tarixiy adabiyotlarda yoritilishi. 4) Rofe ibn lays qo`zg’oloni va uning tarixiy ahamiyati. Arab xalifaligining talonchilik siyosati erli xalqning barcha haq- xuquqlaridan maxrum etilishi, madaniyatning oyoq osti qilinishi, zulm, arab tili va yozuvi, xalifalik qonun qoidalarining zo`rlik bilan joriy etilishi natijasida mahalliy xalq orasida norozilik tobora kuchayib, qo`zg’olonlar ko`tarilishiga sabab bo`ladi. Xalifa Umar ibn Abdulaziz (717-719) eron, xuroson va movorounnaxrdagi murakkab siyosiy vaziyatni xisobga olib, bo`ysundirilgan xalqlar bilan murosazlik siyosatini amalga oshirishga majbur bo`ladi. U yangi erlarni bundan buyon zabt qilishni to`xtatish hamda moliyaviy isloh o`tkazish to`g’risida farmon beradi. Bunga binoan, musulmon arablar bilan bir qatorda islomni yangi qabul qilgan ajamliklardan hiroj va jiz’ya soliqlarini olish bekor qilinadi. Ammo xuroson noiblari farmonni xalifaliknning moliya siyosatiga zid degan bahona bilan uni bajarishdan bosh tortdilar. Ular hatto aholi hali yuzaki musulmon, jiz’yadan ozod qilish uchun xatnaga e`tibor qilish uchun xatnaga e`tibor berish lozim degan beandishalikkacha bordilar. Biroq movorounnaxr zodagonlarining ko`pchiligi o`zini haqiqIy musulmon deb xisoblab, soliq to`lamay qo`yadi. So`ngra xalifalik ma`murlari bir yo`la hammadan jiz`ya olish haqida buyruq beradi. Natijada mrvaraunnahrda yoppasiga islomdan chiqi shva eski dinlarga qaytish boshlandi. Buning oqibatida mahalliy zodagonlar bilan xalifalik vakillari o`rtasida ziddiyat keskinlashib, butun mamalakat bo`ylab arablarga qarshi xalq qo`zg’olonlari ko`tarildi. Birinchi bo`lib, 720 yilda so`g’d aholisi qo`zg’aldi. Qo`zg’olonga Samarqand ishxidi Gurak va Panjikent xokimi Divashtich boshchilik qildilar. So`g’dliklarga yordam berish uchun Ettisuvdan turkash hoqoni shahzoda Kursul boshliq turk lashkarini (Ettisuv) Samarqandga yubordi. So`g’dda bosh ko`tarmagan hokim isyon ko`tarilmagan joy qolmaydi. Qo`zg’olonchilarning birlashgan kuchlari arablariga qattiq zarba beradi. Faqat ayrim shahar va qal`alar qurshovida qolgan arab harbiy qismlarigina katta o`lpon va e`tiborli vakillarini qo`zg’olonchilar ixtiyoriga berish evaziga omon qoladilar. Tabariyning yozishicha, qo`zg’olonni bostirish uchun Xuroson noibi Said ibn Abdulaziz so`g’dga qarshi 3-marta yurish qiladi. Hatto u darg’om kanalining bosh to`g’oni varqsarni egallab, Samarqand va uning tevarak atrofining suvsiz qoldirish bilan qo`zg’olonchilarni taslim bo`lishiga majbur etiish uchun harakat qiladi. Biroq buning uddasidan chiqa olmaydi. So`g’dliklar to`g’on boshini mardonovar himoya qiladilar. qo`zg’olonni bostirish yo`lidagi chora tadbirlar natija bermaydi. 721 yili Said Xaroshiy Xurosonga noib etib tayinlanadiyu u Iroqda xalq qo`zg’olonini bostrishda shafqatsizlik bilan qaytarish topshirilgan edi. Said Xaroshiyni qo`zg’olonichilar bilan olib borgan muzokaralari natijasida So`g’d zodagonlarining bir qismi arablar tomoniga o`tadi. Kuchlar bo`linib Karzang boshliq qo`zg’olonchilarning bir qismi Farg’onaga chekinishga majbur bo`ladilar. Xo`jandda bo`lib o`tgan jangda qo`zg’olonchilar engiladi. Sulh tuzilgach omon qolgan 400 savdogardan tashqari barcha qo`zg’olonchilar xiyonatkorona qirib tashlanadi. Divashtich boshliq qo`zg’olonchilarning ikkinchi guruxi ham yuqori Zarafshonda Obgar qal`asida qamalga olinadi. Omon qoldirish sharti bilan qo`lga olingan Divashtich Arbinjonga olib borilib qatl etiladi, Uning boshi Iroq xokimiga yuborilib, tanasi otashparastlarning xilxonasi devoriga qoqib qo`yiladi. Xo`jandda ham Divashtichni fojeali mag’lubiyatlaridan keyin Said Xaroshiy Movaraunnahr shahar va qishloqlarida jazo choralarini kuchaytirdi. 723 yilda arablarga qarshi Farg’ona hokimi askar tortadi. Unga shoshliklar, nahshabliklar, turklar yordam beradilar. Ittifoqchilar dushmanga qattiq zarba berib, Xo`janddan to Samarqandga qadar ta`qib qilib boradilar. Xalifalikning soliq siyosatiga qarshi 725 yili Xuttalonda, 728 yili So`g’dda qo`zg’olon avjiga chiqadi. Arablar tomonidan Xuroson va Movaraunnaxr zabt etilgach Muqanna isyonidan oldin bir qancha qo`zg’olon isyonlar bo`lib o`tdi. Yuqorida qayd etganimizdek arablar musulmon bo`lganlardan juz`ya olmaslikka qaror qilgan edilar va shariat qonuni ham shuni taqozo etardi. Ammo islomni qabul qiluvchilar tobora ko`payib borib, xalifalik xazinasiga juz`yadan keladigan daromad kamayib bordi. Arablar ham diniy qoidalarni buzib, erli aholidan jiz`ya olishni boshlab yubordilar. Bu voqea Xurosonda Asad binni Abdullo amirlik qilayotgan, Buxoro va Samarqandda uning Xoniy ismli vakili hiroj hamda soliq to`lovchilik vazifasini bajarayotgan hijriy 110 (milodiy 729) yilda ro`y berdi. Xoniy Buxoro va Samarqandda islomni qabul qilganlardangina juz`ya undirish bilan cheklanmay, boshqa oliq-soliqlarni ham yig’ishda mahalliy aholiga zug’um o`tkazdi. Shu sababli xalq bosh ko`tardi. Musulmonlashgan aholi islomdan yuz o`girdi, Buxoro, Samarqand, va Farg’onada arablarga qarshi janglar boshlandi. Qo`zg’olonchilar g’alaba qilib arablarni Poykandgacha surib bordilar. Ammo bu erda rablarni qo`llash uchun yangi kuchlar qilib, isyonchilar mAg’lubiyatga uchradilar. Hijriy 119 (milodiy 737) yili Xuttalon (Qo`lob, Baljuvon, Vaxsh) aholisi isyon ko`tarib xiroj to`plovchi kishilarni o`ldirdilar. O`sha vaqtdagi Xuroson amiri Asad binni Abdullo xalqni jazolomoqchi bo`lib katta lashkar bilan Xuttalonga bordi-yu, ammo janglarda engiladi. Shunday qilib, VIII asrning birinchi yarmida Movaraunnaxrda xalifalikka qarshi ko`tarilgan xalq qo`zg’olonlari arab istilochilariga qarshi kurashning birinchi bosqichi edi. Qo`zg’olonchilarning ijtimoiy tarkibi, ularning oldiga qo`ygan maqsad va talablari ham turlicha edi. Qo`zg’olonda mamlakatning mazlum mehnatkash aholisi, xatto mahalliy xokimlar ham faol ishtirok etdilar. Ozodlik kurashining bu bosqichida turli tabaqa vakillari o`z e`tiqodi va dinini saqlab qolishdek muqaddas va yagona maqsad birlashtirgan edi. Ummaviylarning qo`pol siyosatidan mazlum tabaqa va mulkdor aholi ham norozi bo`lib qolgan edi. Shu sabali xalifalikda ummaviylar xukmronligini ag’darib tashlash uchun keskin xarakat boshlanib ketgan edi. Ummaviylarga qarshi norozilik, ayniqsa, VIII-asrning 40-yillarida xalifa Marvon II(744-750) hukmronlik qilgan davrda nihoyatda kuchayadi. Bunga hiroj solig’i miqdorining oshirilib yuborilganligi hamda aholining muttasil hasharlarga majburan jalb etilishi sabab bo`ldi. Ummaviylarga qarshi bu harakatga o`sha davrda abbosiylarning nufuzli vakillaridan Imom Ibrohim ibn Muhammad boshchilik qilgan. Iroq va eron viloyatlariga ko`plab targ’ibotchilar yuboriladi. Bu borada ayniqsa, sharqiy o`lkalarga alohida e`tibor beriladi. Ummaviylarga qarshi kurashda ular ayniqsa Xuroson va Movorounnaxrning zodrgon dehqon tabaqa vakillarini jalb etishga xarakat qiladilar. Ummaviylar hukmronligi ag’darilib, xokimyat abbosiylar qo`liga o`tgudek bo`lsa, mahalliy zodagonlarni xalifalik ma`muriyatiga da`vat etishga, xalqqa xiroj va boshqa soliqlar xajmini hamda uzluksiz amalga oshirilayotgan xashar ishlarini kamaytirishga va`da qildilar. 746-yilda abbosiylar targ’ibotiga raxbarlik qilish uchun Abumuslim Xurosonga yuboriladi. Abumuslimning tarjimai xoli to`g’risida bir-biriga qarshi ma`lumotlar bor. Jumladan Tabariyning yozishicha Abumuslim Kufaning Savad qishlog’i yaqinida Xutarniyn degan joyda dunyoga kelgan. Yoshligida bir davlatmanl kishining qo`lida gumashta bo`lib ishlagan, so`ngra sarrojlik (egar-jabduq yasovchi usta) qilgan. Dinovariy esa, Abumuslim yigitlik chog’ida Isfaxon atrofidagi bir qishloqda qul bo`lgan, degan ma`lumotni beradi. Abumuslimning nasab va qiyofasi xususida Mirxond o`zining «Ravzatus- safo» asarida quyidagilarni batafsil yozib qoldirgan. «Abumuslimning nasabi Gudarz(qadimgi eronning mashxur paxlavonlaridan biri)ga borib taqaladi. Gudarz Siyovushga motam tutib, qora libos kiyib yurar va jangdan boshqa payt kulmasdi». Abumuslim xam o`z isyoni paytida qora kiyim kiyib yurdi va jang marakasidan boshqa payt kulmasdi. Uning ismi Ibroxim bo`lib, laqabi Aboishoq, otasining ismi Muslim edi. Imom Ibrohim unga nom iva laqabini o`zgartirishni taklif etdi. Chunki imom Ibroxim uni o`ziga xamnom bo`lishni istamasdi. Shuning uchun u nomini Abduraxmon, laqabini esa Abumuslim deb o`zgartirdi. Abumuslim o`rta bo`yli bo`lib, bug’doy rang, kelishgan, shirinsuxan, keng peshona odam edi. U arab va fors tilida so`zlashar edi, gaplari jozibali va ta`sirli edi. Birov bilan xazl-xuzul qilmas, peshonasi doim burushgan, yuzi vajoxatli edi. Bundan ko`rinib turibdiki Abumuslim o`z davrining etuk kishilaridan biri bo`lgan. Ummaviylarga qarshi tashviqotni Abumuslim Xuroson aholisining yuqori tabaqasiga murojaatdan boshlaydi. Marv shahridan uch farsah g’arbda Xarkon kanali sohiliga joylashgan «Safizanj» qishlog’ini Abumuslim o`ziga qarorgoh qilib oladi. Tim qora rang Abbosiylar xarakatining timsoli sifatida qabul etiladi. Shu boisdan Abumuslim va uning safdoshlari qora libos kiyib, qora bayroq ostida ummaviylarga qarshi qo`zg’olon kuchlarini birlashtirishga kirishadilar. Abumuslim xuroson aholisiga murojaat qilar ekan, uni Qur`oni Karim suralari va Rasulilloh sunnatiga amal qilishga hamda Muxammad payg’ambarning bevosita avlodiga bo`y sunishga chaqiradi. Dastlab arab zodagonlari, so`ngra maxalliy dehqonlar Abumuslimni qo`llab-quvvatlaydilar. Umaviylarga qarshi tashviqotning sadosi tez orada Xuroson, Movorounnaxr va Toxarison viloyatlari bo`ylab keng tarqaladi. Go`yo mamlakat aholisining barcha katta-kichigi arablarga qarshi qo`zg’algandek bo`ladi. Aholi otlik piyoda yoki eshakda, qurolli va qurolsiz Abumuslim qarorgohi tomon yo`l olib, uning atrofida to`plana boshlaydi. Tabariyning yozishicha Marv shaxri atrofida joylashgan Saqodim qishlog’ida 900 nafar piyoda va 40 nafar otliq, Xurmuzfar qishlog’idan esa 1300 nafar piyoda va 16 nafar otliq askar kelgan edi. To`planganlarning aksariyati piyoda ekani qo`zg’olonchilar ommasi asosan mazlum mehnatkashlardan bo`lganini ko`rsatar edi. Albatta bunga sabab ikki yoklama talon-taroj,vahshiyona zo`rlik tufayli mamlakatning xarobazorga aylangani edi. Bu davrda xalk qashshoq va ishsiz bo`lib, xunarmandchilik turg’unlikka yuz tutgandi. Umar ibn Abdulazizdan tashkari barcha xalifalar zulm va bedodlikni xaddan oshirib yuborgandilar. ularning zulmi arab bulmagan xalklarnigina emas, balki kuplab xonadonlarning yostigini kuritdi. Ayrim rivoyatlarga qaraganda Xajjoj o`z qo`li bilan yuz yigirma ming kishini o`ldirgan. Bu davrda kullar axolii o`rtasida eng quyi tabaqa hisoblanib, ular bilan bir safda turish boshka tabaqa vakillariga or xisoblanardi. Shuning uchun Abumuslim qullarni Shavall qishlog’iga joylashtiradi va ularga Dovud ibn Korrozni boshliq qilib tayinlaydi. Shunday qilib qo`zg’olonni xarakatga keltirgan asosiy kuch ijtimoiy jixatdan bir nechta turkumdan tashkil topgandi. 1) Xurosondagi mulkdor va ummaviylarga qarshi arab zodagonlari 2) Movaraunnahr va Xurosondagi mahalliy dehqonlar 3) Xalifalik sharqidagi mazlum aholi 4) Shahar xunarmandlari va qishloq kadivarlari hamda qullardan iborat edi Bu ijtimoiy tabaqalar guruxlarining o`z oldilariga qo`ygan maqsadlari ham, qo`zg’olondan kutgan natijalari ham turlicha edi. Arab zodgon guruxlari ummaviylarni ag’darib hokimiyatni abbosiylar xonadoniga olib berish bilan xalifalikda o`z siyosiy mavqe`larini kuchaytirishni ko`zda tutadilar. Mahalliy zodagonlar esa, bu harakatdan foydalanib, mamlakatda siyosiy jihatdan arablar bilan teng xuquqga ega bo`lish, iloji topilsa o`z vatanlarini xalifalikdan butunlay ajratib olib, uni o`zlari mustaqil idora qilmoqchi edilar. Abu Muslimning o`zi ham shubhasiz xudi shu kuchning vakili edi. Uning asl maqsadi Ummaviylarni engib Abbosiylarni hokimiyat tepasiga olib kelish emas, balki Xuroson va Movarounnaxr viloyatlaridan arab istilochilarini xaydab yuborish edi. Ammo Abu Muslim o`z niyatini dastlabki bosqichdayoq amalga oshira olmasdi, chunki hamma yoqda arablar ildiz otib ketgan edi. Shu sababli ham dastlab abbbosiylar tarafida turib, ummaviylarga qarshi kurashdi. Shu yo`l arablarning kuchi ikkiga bo`lib yuborildi. Abu Muslim qarorgoxi atrofida Xirot, Bushang, Marvirud, Talikon, Marv, Niso, Obivard, Nishopur, Tus, Seraxs, Balh, Chag’oniyon, Toxariston, Xuttalon, Kesh va Naxshobdan yuz ming nafar lashkar yig’ilgan edi. Etarli lashkariy kuch to`plangach,744 yilning saratonida 19 yoshli Abu Muslim ummaviylarga qarshi aholini ochiq kurashga da`vat etadi. Bu davrda Xurosonda Nasr ibn Sayyor noiblik qilardi. U Abu Muslim bilan to`qnashishga jureat qila olmaydi. 748 yilning boshida Nasr ibn Sayyor Xurosonning poytaxti Marv shahrini qo`zg’olonchilarga jangsiz bo`shatib beradi va o`zi Nishopurga chekinadi. Biroq uning orqasidan ta`qib qilib borgan qo`zg’olonchilardan qaqshatgich zarbaga uchraydi. Bu jang Ummaviylar xukmronligi taqdirini uzil kesil hal qiladi. Garchi xalifa Marvon o`z ixtiyoridagi barcha xarbiy kuchlarni qo`zg’olonchilarga safarbar qilib, xatto abbosiylar xarakatining rahnamosi Imom Ibrohim ibn Muhammadni qatl ettirsada, ammo ummaviylar hokimiyatini saqlab qololmaydi. 749 yilda Abumuslim boshliq qo`zg’olonchilar xalifalikning markaziy viloyatlariga tomon yo`l oladilar Qisqa muddat ichida Iroq va Jazoirda ummaviylar qo`shininga bir necha bor qattiq zarba berib uni tor-mor keltiradilar. So`ngra xalifalikning poytaxti Damashq shahriga yurish qiladilar. Poytaxat qo`lga kiritilib, xalifa Marvon II taxtdan ag’dariladi. Uning o`rniga abbosiylar xonadonidan bo`lgan Abdulabbos Saffoh (749-754) xalifalik taxtiga ko`tariladi. Joylarda Ummaviylar xonadonining vakillari va yaqinlari qirib tashlanadi. Shunday qilib Arab xalifaligida davlat Abbosiylar qo`liga o`tadi. Bu yangi sulolaning hokimiyat tepasiga chiqishida, shubxasiz, o`z davrining yirik arbobi va sarkardasi Abumuslimning xizmatlari buyuk edi. U Xuroson va Movaraunnaxr aholisini birlashtirib, uning noroziligidan ummaviylarga raqib arab zodagonlari hamda mahalliy mulkdor tabaqaning manfaatlari yo`lida foydalanishga muvaffaq bo`ldi. Biroq shuni ta`kidlash kerakki, abbosiylarning xalifalik taxtiga chiqishi bilan mehnatkash aholining axvolida xech qanday engillik sodir bo`lmadi. Abumuslim vositasida abbosiylar tomonidan xalq ommasiga berilgan va`dalardan birortasi ham amalga oshmadi. Chunki mahalliy zodagonlar ham xalqning chinakam ozodlik tilaklariga yot begona bo`lib, ular xalq xarakatini chuqurlashib ketishiga qarshi bo`lgan hokim tabaqa vakillari edi. Ular xalqning noroziligidan foydalanib o`z maqsadlariga erishib olgan edilar. endilikda ular xalqqa bergan va`dalarini unutib, davlatni boshqarish kabi o`ta ma`suliyatli ma`muriy vazifalar tashvishi bilan band edilar. Chunki abbosiylar davlatni boshqarishda hali etarli tajribaga ega emas edilar. Shu boisdan mamlakatni idora etishda Xuroson, Movaraunnaxr va Xorazmni mulkdor zodagon tabaqa vakillariga suyanadilar. Ular bilan aloqani mustahkamlaydilar. Abumuslim va Xolid ibn Barmak singari mahalliy siyosiy va xarbiy arboblarni xalifalikning oliy davlat lavozimlariga tayinlaydilar. Bu bilan abbosiylar, bir tomondan, Xuroson va Movaraunnaxr zodagon dehqonlarning abbosiylar xonadoniga ko`rsatgan ulkan xizmatlari evaziga o`z muruvvatlarini namoyon etishni, ikkinchi tomondan esa ularning davlat boshqaruvidagi an`anaviy tajribalaridan foydalanib mamlakatda o`z siyosiy mavqe`larini mustaxkamlab olishni ko`zda tutgan edilar. Biroq xalifalik poytaxti Bag’dod shahrida davlat va xarbiy kuchlarning eng yuqori lavozimlariga tayinlangan Abumuslimning eron va Movaraunnahr xududlarida shuhrati va obro`si nihoyatda baland edi. Abbosiylar xatto bundan cho`chir edilar. Ular uchun Abumuslim raqib siymo bo`lib tuyular edi. Oqibatda Abumuslim poytaxtdan uzoqlashtirilib, Xuroson va Movaraunnaxrga noib qilib yuboriladi, o`z vaqtida u deyarli mustaqil siyosat yurita boshlaydi. Uni obod etish va unda barqaror tinchlikni saqlab turish yo`lida bir qator ishlarni bajaradi. Yangi sug’orish tarmoqlarini chiqaradi, qal`alar bino qiladi. Karvon yo`llarini tartibga keltiradi. Biroq abbosiylar va uning noibi Abumuslim xukmronlik qilganda Movaraunnahr, Xorazm, Xuroson va boshqa viloyatlarning aholisi avvalgidan besh battar azob uqubatga duchor qilinadi. Bu davrda ayniqsa mehnatkash ommaning axvoli yanada og’irlashadi. Xalqni bezor qilgan hashar ishlari yanada kengayadi, soliqlarning miqdori oshib boradi. Jiz`ya to`lamagan kishilarning bo`yniga «Qarzdor» deb yozilgan taxtachalarni osib, ularni xo`rlash va xaqoratlash tobora avj oladi. Bu davrda ham xalq ikkiyoqlama eksplutatsiya qilinadi: 1) Arab zodagonlari 2) Mahalliy xukmdorlar edi Bunday og’ir ahvol xalq noroziligini kuchaytirib, axoli o`rtasida abbosiylarga qarshi qo`zg’olon ko`tarish kayfiyatini keltirib chiqardi. Natijada 750 yilda Buxoro shaxrida Sharik ibn Shayxulmaxri boshchiligida qo`zg’olon ko`tariladi. Qo`zg’olonchilar abbosiylarni xalifalik taxtidan xaydab ularning o`rniga Muhammadning kuyovi Ali ibn Abutolib avlodidan xalifa ko`tarish shiori bilan chiqadilar. Bu xarakatni bostirishda Abumuslim barcha chora va tadbirlarni ko`radi. U Ziyod binna Solih boshchiligida 10 ming kishilik qo`shin yuboradi. Abumuslim xarchand urinsada ammo qo`zg’olonni bostira olmaydi. Qo`zg’olon avj olib ketadi. Nihoyat 750 yilda Buxoroning mahalliy xukmdori buxorxudot Qutayba ibn Tug’shoda yordami bilan qo`zg’olon bostiriladi. Movaraunnaxrdagi ichki ziddiyatlardan foydalanib Xitoy imperatori qo`shinlari O`rta Osiyoga bostirib kiradi. Abumuslim tomonidan yuborilgan xarbiy kuch 751 yilda Talas vodiysida Xitoy qo`shinlariga zarba berib, ularni mamlakatdan quvib chiqaradi. Garchi Abumuslim xalifalikni mustahkamlash yo`lida tashqi dushmanlarni va mamlakatdagi qo`zg’olonlarni bostirib yangi xonadon xalifalarga sidqi dildan xizmat qilgan bo`lsada ammo abbosiylar unga ishonmas edilar. Ularning nazarida Abumuslim xalifalik taxtining da`vogaridek bo`lib tuyular edi. Shu boisdan ular Abumuslimni yo`qotish payiga tushadilar. Nihoyat 755 yilda xalifa Abuja`far Davonaqiy(754-755) Abumuslimni Bag’dodga taklif qiladi. Qurolsiz va saroyga yolg’iz tashrif buyurgan Abumuslim xalifa tomonidan xiyonatkorona o`ldiriladi. Abumuslimning o`ldirilishi xalifalik sharqida ayniqsa Xuroson va Movaraunnaxrda abbosiylarga qarshi xalq xarakatlarining avj olib ketishiga baxona bo`ladi. Abumuslimning o`chini olish shiori ostida dastlabki qo`zg’olon 755 yildayoq Nishopurda Sumbad boshchiligida ko`tariladi. U Xuroson va Tabaristonga yoyilib 70 kun davom etadi. Qo`zg’olon qattiqqo`llik bilan bostirilib, Sumbad qatl etiladi, ammo bu bilan xalq xarakatlari barxam topmaydi, balki yanada avj oladi. VIII-asrning 70-80 yillarida Movaraunnahrda juda katta xalq qo`zg’olonlari ko`tarildi. Qo`zg’olonchilarning jangovor guruxi oq kiyinganligi uchun tarixda u «oq kiyimlilar» qo`zg’oloni nomi bilan shuhrat topadi. Bu xarakatning raxbari Muqanna (niqobdor) deb atalgan marvlik Xoshim ibn Hakim nomli xunarmand bo`lgan. U Marv shahri yaqinidagi Koza qishlog’ida tug’ilgan. Muqannaning qaysi yili tug’ilganini xech bir muarrix yozib qoldirmagan. Uning nomi Xoshim binni Hakim bo`lib, otasi Hakim Xuroson askarlarining boshliqlaridan edi. Ayrim lug’atlarda hamda unchalik mashhur bo`lmagan rivoyatlarda Muqannaning nomi «Ato» deb ham ta`kidlangan. Muqanna yoshlik va yigitlik chog’larida to`qilgan matolarni yuvib, pardozlash ishi bilan shug’ullanardi. Xuroson va Movaraunnaxrda o`sha vaqtlarda ko`pchilik to`quvchilik xunari bilan shug’ullanib kun kechirganlar. Arab mualliflarining aksariyati uning bir ko`zi ko`r, boshi kal va basharasi xunuk bo`lganligidan boshi va yuziga ko`k parda tutib yurgan, degan ma`lumotni yozib qoldirganlar. Bundan tashqari ayrim tadqiqotchilar «kozagarlik» so`zi ma`nosini noto`g’ri izoxlab Muqannani jomashuy- ya`ni kir yuvuvchi deb ataganlar. Kozagarlik uyda kiyilib ifloslangan liboslarni yuvib tozalash «jomashuylik»-dan jiddiy farq qiladi. O`z vaqtida kozagarlar yangi to`qilgan bo`zlarni o`ziga xos usulda yuvib savalab oqartiradilar va yaltiratadilar. Natijada xira va qo`pol to`qilgan bo`zlar fabrikada ishlab chiqilgan surp, beqasam yoki atlaslar singari silliq va shaffof bo`ladi. Bu kasb O`rta Osiyoda to`quvchilik xunari rivojlangan hamma davrlarda ishlatilgan. Kozagarlar ma`lum haq evaziga yangi to`qilgan bo`zlarni qayta ishlab beradilar. Buni xozirgi tojik adabiy tilida «jomashuy» emas, «shushtagariy» deb ataydilar. Bu erda shuni alohida ta`kidlab o`tishimiz kerakki, qadimgi zamonlarda «joma»-tikilgan maxsus liboslar nomi bo`lmay, balki tikiladigan barcha matolar «joma»-deb atalardi. Muqanna savodli aqlli va tadbirkor bo`lgan. Xuroson noiblaridan Abumuslim davrida (750-755) kichik lashkarboshi va Abduljabbor Azdiy davrida (757-759) esa vazirlik darajasiga ko`tariladi. U Mazdak g’oyalariga asoslangan ijtimoiy tenglik va erkin xayotga da`vat etuvchi ta`limotni targ’ib etib, payg’ambarlik da`vosini qilgani uchun xalifa Abuja`far Davonaqiy tomonidan Bog’dodda zindonga tashlangan. Bir necha yil zindonda yotgach, undan qutulib yana Marvga kelgan. Atrofiga o`z tarafdorlarini to`plab ajnabiylar xukmronligi va zulmiga qarshi qo`zg’alishga da`vat qilib Movaraunnaxr viloyatlariga targ’ibotchilarni yuborgan. Uning targ’iboti Naxshob va Kesh shaharlarida ayniqsa yaxshi samara beradi. Muqanna ularga bevosita raxbarlik qilish maqsadida So`g’dga tomon boradi. Uni Marvdan So`g’dga o`tkazmaslik uchun xalifalik ma`murlari ta`qibni kuchaytiradilar. Amudaryo sohilini suvoriylardan iborat katta xarbiy kuch kechayu kunduz muttasil qo`riqlab turadi. Biroq Muqanna o`z yaqinlari bilan omon eson Amudaryoning o`ng qirg’og’iga o`tib Naxshab va undan Kesh shahriga etib boradi. Kesh yaqinida tog’ tepasida bino qilingan «Som» qal`asini o`z qarorgoxiga aylantirdi. Ko`pgina qishloqlarning kadivarlari, shahar hunarmandlari va ayrim dehqonlar unga ergashadi. Tez orda butun Qashqadaryo vodiysi muqanna tarafdorlari qo`liga o`tadi. Shunday qilib «oq kiyimliklar» harakati kengayib katta xalq qo`zg’oloniga aylanadi. U, ayniqsa, Movarounnahrning markazi So`g’dda avj olib, eloq (Ohangaron) vodiysi va Shoshga ham o`z ta`sirini o`tkazadi. Qo`zg’olonda ilk o`rta asr jamiyatining turli tabaqalari qatnashadi. Ularning oldiga qo`ygan vazifalari ham turlicha bo`lgan. Mehnatkash aholi og’ir zulm va iqtisodiy tengsizlikka qarshi kurashsa, mahalliy zodagon dehqonlar mamlakatdan arablarni quvib, hokimiyatni o`z qo`liga olishni maqsad qilib qo`ygan edi. Shuningdek ular mustaqil davlat tuzmoqchi edilar. Bu shubhasiz, qo`zg’olonchilarni yagona maqsad yo`lida birlashtirgan edi. Oq kiyimliklar qo`zg’oloniga zarba berish uchun xalifa Abu Ja`far 775 yilda Jabroil ibn Yahyo boshliq katta harbiy kuchni Movarounnahrga yuboradi. Ammo Jabroil qo`zg’olonchilardan engiladi. U katta talofatlar berib, zo`rg’a Samarqanddagi arab qo`shinlariga kelib qo`shiladi. O`n ming qo`shin bilan Jabroilga yordamga yuborilgan Uqaba ibn Salim Kesh va Samarqand oralig’ida, G’aricha boshliq 14 minglik qo`shin Termiz yaqinida Sarhama va Kayyoki G’uziy boshliq qo`zg’olonchilar tomonidan tor-mlor keltiriladi. Natijada Naxshab va Chag’oniyon vodiylari qo`zg’olonchilar qo`liga o`tadi. Qo`zg’olon 776 yildan boshlab Buxoro vohasida kuchayib ketadi. Narshax qal`asi qo`zg’olonchilarning qo`rg’oniga aylanadi. Oq kiyimliklar bilan arablardan Buxoro amiri Xusayn ibn Maoz va Samarqand noibi Jabroilning birlashgan qo`shinlari o`rtasida 4 oy jang bo`ladi. Qo`zg’olonga Buxorolik Hakim ibn Ahmad, Ko`shki-fazl degan joydan Hishriy hamda Bog’iy nomli va G’ijduvondan Girdak ismli pahlavonlar boshchilik qiladi. Arablar bilan bo`lgan jangda oq kiyimlilar qo`li baland keladi. Ammo son jihatdan ko`p bo`lgan arab qo`shinlari Narshax qal`asi devori ostidan uzunasiga 50 gazlik chuqur qazib, uni qulatgach, qal`aga bostirib kiradilar. Qal`a ichida davom etgan shiddatli janglarda, qo`zg’olonchilar engiladi. Narshax qo`g’onini arablar ishg’ol etadilar. Qo`zg’olon boshliqlaridan Hakim ibn Ahmad va Hishriylar o`ldiriladi. Narshaxdagi qo`zg’olon bostirilgach, arablar asosiy kuchni oq kiyimlilar qo`zg’olonining markazi bo`lgan Samaraqand va Keshga tashlaydilar. 777 yilda oq kiyimlilarga uzil-kesil zarba berish uchun harbiy kuch to`plash maqsadida xalifa Mahdiy Nishopurga keladi. Xuroson noibi Maoz ibn Muslim va Hirot amiri Said Xaroshiy boshliq katta qo`shin Samarqandga yuboriladi. Qo`zg’olonchilar Sirdaryo vohasida yashovchi turkiy qabilalarni yordamga chaqiradilar. O`zaro bo`lib o`tgan jangda arablar qo`shini mag’lubiyatga uchraydi. Natijada Maoz Xuroson noibligidan iste`fo beradi. Uning o`rniga Said Xaroshiy noib etib tayinlanadi va unga qo`zg’olonni bostirib Muqannani qo`lga tushirish topshiriladi. Oq kiyimlilar va turkiy qabilalar Samarqandda arablarga qarshi 2 yil jang qiladilar. Nihoyat qo`zg’olonchilar engilib, Samarqand taslim bo`ladi. Narshax va Samarqandda oq kiyimliklar engilgach, mahalliy zodagon dehqonlar sotqinlik qilib, arablarga yordam bera boshlaydilar. Ular Said Xaroshiy qo`shinlari bilan Muqannaga qarshi Keshga tomon yurishda qatnashadilar. Kurashning oxirgi bosqichida Kesh vodiysida tog’lar orasida janglar qizib ketadi. Muqanna Som qal`asidagi qarorgohi qamalga olinadi. Uzoq davom etgan qamaldan so`ng kurashdan tinkasi qurigan Muqannachilar taslim bo`ladilar. Muqannaning ukasi Qabzam 3 ming, Som qal`asi mudofaasiga qo`mondonlik qilgan Sarhama 3300 nafar qo`shin bilan Said Xaroshiyga taslim bo`ladilar. Ammo istilochilarga taslim bo`lishni istamagan Muqanna o`zini yonib turgan olovga tashlab halok bo`ladi. Shunday qilib, 10 yildan oshiqroq davom etgan va o`sha davrda jahonning eng yirik davlati hisoblangan arab xalifaligini larzaga keltirgan Movarounnahr xalqining ozodlitk harakati shu tariqa tugaydi. Oq kiyimlilar qo`zg’olonining engilishiga asosiy sabab shuki, qo`zg’olonchilar uyushqoqlik bilan harakat qila olmadilar, qolaversa, xalifalik hukmronligiga qarshi mamlakat mustaqilligi uchun olib borilgan xalq kurashida o`z manfaatlari uchun foydalanishga uringan va xalq harakatining ommalashib ketishidan cho`chigan mahalliy zodagon dehqonlar birin-ketin qo`zg’olondan yuz o`girib, sotqinlik yo`liga o`tib ketganlar. Buning ustiga, urushlar uzoqqa cho`zilib, qishloq aholisi ekin-tikinlardan ajralib qoldi, darmoni quridi. Shu sababli ular tarqalib keta boshlagan. Arablar bunday vaziyatdan ustalik bilan foydalanib, har qaysi viloyatda alohida-alohida ravishda qo`zg’olonni bo`g’ib, uni bostirishga muyassar bo`lganlar. Ammo bu bilan arab istilochilariga qarshi harakat uzil-kesil to`xtab qolmadi, bilki muttasil davom etdi. Oq kiyimlilar qo`zg’olonidan 20 yil o`tar-o`tmas, 806 yilda Rofe ibn Lays boshchiligida xalifalikka qarshi yana qo`zg’olon ko`tariladi. Qo`zg’olon Samarqandda boshlanib, Farg’ona, Naxshab, Buxoro va Xorazm viloyatlariga tarqaladi. Harakat avj olib, mazkur viloyatlar xaklifalik qo`lidan ketadi. qo`zg’olonni bostirish uchun xalifalik tomonidan ko`rilgan chora-tadbirlar natija bermaydi. Xuroson noibi Ma`mun (806-819) mahalliy zodagon dehqonlardan Somonxudotning nabiralari Nux, Ahmad va Yahyolardan iltimos qilib, ulardan yordam so`raydi. Ular Rofe ibn Laysni qo`lga olib uni xalifaga taslim bo`lishga rozi qiladilar va shu bilan harakat bostiriladi. Bu bilan Somonxudotning avlodlari- somoniylar o`z xalqiga qarshi borib arab xalifaligiga xizmat qilganlar va uning minnatdorchiligiga sazovor bo`lganlar. Xullas, madaniyatda ancha tuban bo`lgan arablar VIII asr boshlarida Movarounnahrni istilo qildilar. Bosib olingan erlarda islom dinini zo`rlik bilan yoydilar, mahalliy aholining ijtimoiy va iqtisodiy hayoti arab xalifaligining tartib qoidalariga bo`ysundirildi. Istilochilar mahalliy madaniyatni oyoq osti qilib, xalq boyliklarini taladilar. Ajnabiylar jabr-zulmiga qarshi ko`tarilgan xalq qo`zg’olonlari beshafqat bostirildi. Ammo erli xalqlarning istilochilarga va ular bilan inoqlashib ketgan mahalliy mulkdorlarga qarshi kurashlari behuda ketmadi. Asta-sekin xalifalikning hukmronligi zaiflasha bordi. Bu hol Movarounnahr aholisining mustaqillikka erishuvini osonlashtirdi va tezlashtirdi. Download 169.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling