6. Mavzu: Pedagogik takt va pedagogik etika. Reja


tarbiyalashning individual-tipologik dasturi”


Download 363.68 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/11
Sana19.06.2023
Hajmi363.68 Kb.
#1604362
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
6. Mavzu Pedagogik takt va pedagogik etika. Reja

tarbiyalashning individual-tipologik dasturi”ni tuzishingiz mumkin. Ushbu 
dastur – kasbiy fazilat sifatida o„qituvchida dilkashlik va xushmuomalalikni 
rivojlantirish dasturi (o„quvchilar bilan muloqotga kirishish darajasi past 
bo„lganida) bo„la oladi hamda o„quvchilar bilan muloqotda salbiy ko„rinishlarni 
bartaraf etish (siqiqlik, tortinchoqlik, keskinlik va hokazo), kasbiy-kommunikativ 
ko„nikma va malakalarni qisqa muddatda shakllantirishga zamin yaratadi. 
Kommunikativ jihatdan o„z-o„zini tarbiyalash tizimi individual, berilgan 
tavsiyalar inobatga olingan holda ishlab chiqilgan bo„lishi kerak. Tabiiyki
muloqotga oid ko„p narsalarni har qanday o„qituvchi o„zining shunchaki sog„lom 
tafakkuri va tajribasi bilan ishlab chiqishi mumkin. Masalan, boshqalar bilan 
muloqotda tabiiy noqulaylikni his qiladigan odamlar, bunday muloqotdan keyin 
o„z tajribasini ongli ravishda orttirishi, psixologik to„siqlarni ma‟lum bir maqsadni 
ko„zlab bartaraf etishi lozim. Buning uchun yosh o„qituvchi turli seminarlarda, 
yig„ilishlarda, o„qituvchilar davrasida ko„proq chiqish qilishga intilishi, 
hamkasblari va kishilar bilan muloqot qilishning har bir imkoniyatidan 
foydalanishi kerak. Masalan, birorta muammo haqida bir nechta hamkasblaringiz 
bilan gaplashish vazifasini qo„ying. YOshi ulug„, tajribali o„qituvchilarga 
o„zingizni qiziqtirgan muammoli savollar bilan murojaat qiling, do„kon 
sotuvchisining xaridorlar bilan muomalasidagi hatti - harakatini sharhlab bering va 
hokazo. Ko„chada yo„lovchining savoliga javob berganingizda, u bundan qoniqish 
hosil qilganini tushunishga harakat qiling. Har safar darsga tayyorgarlik ko„rib, 
yangi materialni tushutirishda nafaqat pedagogik vositalar va metodlarni qanday 
qo„llashni, balki sinf jamoasi bilan qanday muloqotga kirishish haqidagi fikr 
xayolingizni band qilsin. O„quvchilar bilan maktabdan tashqari ta‟lim va tarbiya 
jarayonida muloqot qilish haqida o„ylang. Sizga ajoyib taassurot qoldirgan, yaxshi 
kayfiyat bag„ishlagan muloqotdagi vaziyatlarni aslo unutmang. O„quvchilar bilan 
muloqotdagi ba‟zi muvaffaqiyatsizliklarni tahlil qilishga urining. Xatolaringizni 


tan oling va ko„ra biling, sizga qoniqish bag„ishlashi uchun navbatdagi 
muloqotlarni qanday tashkil qilishni o„ylang.
Sizga muloqotda noloyiq inson ekanligingizni aytishsa, aslo ruhiy 
tushkunlikka tushmang. Xulqingiz, hatti-harakatlaringiz, hayot va ish tajribangiz 
bilan shaxsiy xususiyatlaringiz buning aksi ekanligiga, muloqotda dilkashlik va 
xushmuomalalilik fazilatlari sizda mavjudligiga o„zingizni ishontirishga harakat 
qiling. Tajribalar asosida o„z kasbiy holatingiz ustida tinimsiz ishlash, muloqotda 
dilkashlikni 
kasbiy 
jihatdan 
ahamiyatli 
xususiyatlarini 
rivojlantirish, 
kommunikativ qobiliyatlarni takomillashtirish, pedagogik kasbiy ko„nikma va 
malakalarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Agarda ta‟lim va 
tarbiyadan ko„zlangan maqsad shaxsning shaxsga ijobiy ta‟siri ekan, demak, aynan 
o„quvchilar bilan o„zaro hamkorlik sharoitida o„qituvchi ularning ma‟naviy 
dunyosiga kirib borishi kerak 
Quyidagi ko„rsatkichlar asosida o„zingiz yoki kasbdoshlaringizning darsini 
tahlil qiling, keyin esa o„zingizni yoki kasbdoshingizni sinf jamoasi bilan 
muloqotiga yakuniy tavsif bering: 
1. Sinfga kirish (tetik, ishonchli, shaxdam, ishonchsiz, bo„sh). 
2. Muloqotning boshlang„ich bosqichida o„zini erkin his etish, umumiy 
kayfiyat (tetik, barkamol, betaraf, siqiq, ishonchsiz). 
3. Kommunikativ kayfiyatga tavsif (muloqotga har taraflama mukammal 
tayyorgarlikni ta‟riflash, yoki ifodalanadigan kommunikativ kayfiyatning yo„qligi). 
4. Kommunikativ tashabbusni shaxdam namoyon qilinishi, faoliyatga yaxshi 
kayfiyat bilan kirishish, bu kayfiyatni sinfga «yuqtira olish», darsning ko„tarinki 
ruh va neytral boshlanishi; yoki ruhan toliqqanlik, muloqotni tashkil qilishda 
tashabbusning yo„qligi. 
5. Darsda zarur (umumiy, butun dars davomida, bosqichma bosqich, ba‟zi 
vaziyatlarda) bo„lgan o„qituvchiga xos ruhiy kayfiyatni yarata bilish. 
6. Dars jarayonida va o„quvchilar bilan muloqot davomida o„z ruhiy 
hissiyotini boshqara olish (barqaror ruhiy holat, dars davomida yuzaga keladigan 
vaziyatlarga muvofiq tarzda o„zini boshqara olish qobiliyati, kayfiyatning 
buzilishi, o„z ijodiy kayfiyatini boshqarishda beqarorlik). 
7. Dars jarayonida tashkil qilingan muloqot xarakteri (uyg„un, sermahsul, 
engil, rasmiy; yoki majburiy, zo„rma-zo„raki muloqot). 
8. Ta‟lim-tarbiyaviy vazifalarni hal etish, o„quvchilar bilan o„zaro 
munosabatlarni tashkil qilish uchun muloqotni boshqarish samaradorligi (tezkorlik, 
nazokatlilik, muloqotda o„z shaxsiy uslubi samaradorligini his qilish, o„zaro 
muloqot va ta‟sir o„tkazish metodlari birligini tashkil qila olish malakasi; yoki 
muloqotdan ta‟lim-tarbiyaviy ta‟sir quroli sifatida etarlicha foydalana olmaganlik). 
9. Nutq (yorqin va jarangdor; obrazli va intonatsiyali; chuqur hissiyotga 
berilish bilan; oddiy va betaraf; bosiq va vazmin gapirish; yoki ifodaliligi kam, 
ta‟sirchanlikning yo„qligi; betaraf; yo„riqnomaviy-idoraviy). 
10. Mimika (ifodali, tetik va dadil, yorqin ko„rinishga ega bo„lish, tashqi 
ko„rinishning pedagogik maqsadga muvofiqligi, his tuyg„ularga boy, bosiq va 
vazmin ko„rinishni yuzda aks etishi). 
g„ularga boy, bosiq va vazmin bo„lish, betaraf, beo„xshov harakatlardan saqlanish). 


Ushbu tahlilga yakun yasab, o„zingiz uchun foydali bo„lgan xulosalar 
chiqaring, o„zingizda mavjud bo„lgan kamchiliklarni aniqlab, ularni bartaraf 
etishga harakat qiling. Pedagogik faoliyatingizda ijodiy muloqot madaniyati va 
texnologiyasini shakllantirish bo„yicha maxsus tizim bilan ishlang, ma‟lum bir 
maqsadga yo„naltirilgan trening, dilkashlik va xushmuomalalikni shakllantiruvchi 
o„zingiz uchun maxsus mashqlar tizimini yarating. 

Download 363.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling