6.2. Xom ashyo materiallari.
Talab qilingan kimyoviy tarkibli bir jinsli xom ashyo aralashmasini hosil qilish uchun uning tarkibiga kiradigan materiallarni tayyorlash kerak. Bunday aralashmani tayyorlash uchun uning tarkibiga kiradigan materiallarning (ohaktosh, gil va to‘g‘rilovchi qo‘shilmalar) ning hammasi mayda qilib to‘yiladi va yaxshilab aralashtiriladi. Aralashma tarkibiga kiradigan materialar maydalab tuyilsa, xom ashyo aralashmasi tarkibidagi oksidlar kuydirilayotganda o‘zaro yaxshiroq ta’sirlashadi. Xom ashyo iloji boricha maydalab tuyilsa, u kuydirilayotganda klinkerda ta’sir etishmay qolgan moddalar deyarli butunlay bo‘lmaydi. Bu vaqtda hamma oksidlar minerallar holida bog‘langan bo‘ladi.
Garchi texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar jihatdan quruq usul afzalroq bo‘lsa ham, xozirgi vaqtda qator mamlakatlarda, shuningdek Rossiyada va AKSHda ho‘l usul keng tarqalgai. Quruq usul YAponiya, Germaniyada va Italiyada keng tarqalgan. Xozirgi kunda mamlakatimizda ham «quruq» usulni ko‘proq qo‘llash tendensiyasi salmoqli o‘rin olmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |