6-Mavzu. Raqamli iqtisodiyotda xizmat ko‘rsatish sohasi Reja


Download 101.1 Kb.
bet4/4
Sana09.02.2023
Hajmi101.1 Kb.
#1180018
1   2   3   4
Bog'liq
6-Mavzu6

JR east Group kompaniyasining eng katta foyda keltiradigan faoliyat turlaridan biridir. 2001 yilda bozorga chiqarilgan Suica elektron to‘lov kartalari hozirgi paytdagi soni 75 milliondan ortiqdir. Bu tizim elektron pullardan ham foydalanish imkoniyatini ham yaratgan. Hozirgi paytda transport kompaniyalar o‘z faoliyatlarini yuklar tashish yo‘nalishiga ham qaratmoqdalar. Masalan, Germaniya milliy temir yo‘l yuk tashuvchisi Deutsche Bahn DB Navigator deb nomlangan serviz taklif qilgan. Bu servis barcha poezdlarning qaerda ekanligini aniqlashga imkon beradi. Yaponiyada esa temir yo‘l oishni boshqarishga imkon beradigan robot yaratgan. Bu robot ekranda marshrutni korsatib bera oladi, yordam so‘ragan passajirlarga esa maslahat bera oladi. Dunyodagi eng innovatsion metropoliten Seul metropoliteni bo‘lib, unda „Metropoliten – elektron supermarket“ deb nomlangan loyiha ishga tushirilgan. Kerali mahsulotlarni tanlash va QR-kod orqali zakaz qilish uchun kerakli bo‘lgan elektron vitrinalar poezdlarga tushush platformalarida joylashtirilgan. Barcha tanlangan va zakaz qilingan mahsulotlar siz uyga kelganingizda yetkazib beriladi.
Kelajak transport tizimining ko‘rinishi, biznigcha, quyidagicha bo‘lishi kutilmoqda: Avvalo, bu rivojlanish tendentsiyalarida dunyo va mamlakatlar miqyosida bir butun integrallashgan transport tizimi paydo bo‘ladi. Bunday tizimda turli xildagi transport vositalari yordamida yuk va passajirlar tashish yagona transport tizimiga birlashib, iste’molchilrning talablarini maksimal darajada qondiradi. Mobil ilovalar ko‘rinishidagi elektron servislar mavjudligi, barcha transport vositalari uchun elektron biletlar sotib olish mumkinligi vaqt sarfining minimal darajaga keltirilishi, bir transportdan boshqasiga tezkorlik bilan o‘tish imkoniyatlari tufayli transport xizmatlarining sifati yuksak darajaga yetadi. Yagona va uzluksiz transport tizimi nafaqat transport, balki informatsion hamda savdo biznesi elementlarini qamrab olgan holda butunlay yangi biznes modelni yaratadi. Natijada transport tizimi katta transport supermarketi tariqasida faoliyat ko‘rsata boshlaydi. Bunday transport xizmatlarining rivojlanishi temir yo‘l vokzali, abtobus stantsiyasi, aerovokzal orasida farqlarni yo‘qotgan holda yagona texnologik va servisli aqlli transport tizimini hosil qiladi. Bunda turli xildagi transport kompaniyalari tashuv hajmini oshirish va yo‘lovchilarning qoniqishlari darajasini oshirish maqsadida birgalikda harakat qilishlari talab etiladi. Lekin bunday jarayonni tashkil qilishning asosiy sharti transport tizimini barcha tarkibiy qismlarini raqamlashtirishdir desak mubolag‘a qilmagan bo‘lar edik. Raqamli texnologik yechimlar elektron to‘lov tizimlarini, mobil servislarni, ilovalarni, big data asosidagi personifikatsiya qilingan xizmatlarni, sun’iy intellektni va mashinaviy ta’limni o‘ziga qamrab olgan xolda yo‘lovchilar bilan aloqalarning samaradorligini oshirish va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga olib keladi.
Download 101.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling