6-Mavzu. Sanoat tarmoqlari korxonalarida ishlab chiqarish xarajatlari Reja
Download 231.65 Kb. Pdf ko'rish
|
6-Mavzu. Soha iqtisodiyoti va menejmenti
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zgaruvchan xarajatlar
Doimiy xarajatlar deb, hajmi ishlab chiqariladigan mahsulot hajmining
o‘zgarishiga qarab o‘zgarmaydigan xarajatlarga aytiladi. Doimiy xarajatlar korxona ishlab chiqarish dastgohlarining borligi, amal qilishi bilan bog‘liq xarajatlar bo‘lib, ular korxona hech narsa ishlab chiqarmasa ham amalga oshiriladi (korxona tomonidan to‘lanadi). Odatda, doimiy xarajatlarga qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha majburiyatlar to‘lovi, reja to‘lovlari, binolar va dastgohlar amortizatsiyasining bir qismi, sug‘urta to‘lovlar, korxona mutaxassislarini tayyorlash to‘lovlari, rahbar xodimlariga haq to‘lashlar kiradi. Ishlab chiqariladigan mahsulot hajmining o‘zgarishiga bog‘liq holda o‘zgaradigan xarajatlar miqdoriga o‘zgaruvchan xarajatlar deyiladi. Ularga xomashyo, materiallar, yoqilg‘i, energiya, transport xizmatlari, mehnat resurslarining ko‘pgina qismi uchun va shunga o‘xshash mehnat resurslari uchun xarajatlar kiradi. Shuni aytish kerakki ishlab chiqariladigan mahsulot hajmining bir birlikka o‘sishi (yoki kamayishi) bilan o‘zgarmas xarajatlar summasini o‘sishi (yoki kamayishi) doimiy bo‘lib qolmaydi. Mahsulot ishlab chiqarish hajmining oshib borishi jarayonida o‘zgaruvchan xarajatlar qandaydir vaqt mobaynida past sur’atlar bilan ortib boradi: shunday holat ishlab chiqariladigan mahsulot hajmining ma’lum miqdorigacha davom etadi. Shundan so‘ng o‘zgaruvchan xarajatlar har bir keyingi ishlab chiqariladigan mahsulot uchun yuqori sur’atlarda oshib boradi. O‘zgaruvchan xarajatlarning bunday harakati foydalilikning (qaytimning) kamayib borishi qonuni bilan belgilanadi. Mahsulot birligi uchun to‘g‘ri kelgan xarajatlarning o‘rtacha miqdori, odatda, mahsulot birligi uchun belgilangan baho bilan taqqoslashda ishlatiladi. Pirovard xarajatlar (MS) deb qo‘shimcha mahsulot birligini ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan ortiqcha (qo‘shimcha) xarajatlarga aytiladi. Pirovard xarajatlar umumiy xarajatlar yig‘indisi (summasi) o‘zgarishining (TS) ishlab chiqarilgan mahsulot hajmining (miqdori) o‘zgarishiga Q nisbati bilan topiladi: MS Pirovard xarajatlar (MS) korxonaning oxirgi mahsulot birligini ishlab chiqargan holda qiladigan xarajatlarini ko‘rsatadi va shu bilan bir vaqtda shu oxirgi birlik mahsulotga ishlab chiqarish hajmini kamaytirganda oladigan «tejamini» ham ifodalaydi. O‘rtacha xarajatlar bunday ma’lumotlarni bermaydi. Pirovard xarajatlar mahsulot hajmining bir birlikka ko‘payishi yoki kamayishi bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni o‘zgarishini ko‘rsatadi. Pirovard xarajatlarni pirovard tushum (mahsulot sotishdan kelgan pul mablag‘lari) bilan taqqoslash, mahsulot hajmining bir birlikka ortishi yoki kamayishi bilan bog‘liq tushum o‘zgarishini ko‘rsatadi va korxonaga ishlab chiqarish hajmining u yoki bu tomonga o‘zgarishi foydaliligini yuzaga chiqarishga imkon beradi. Download 231.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling