6-mavzu. Savod o‘rgatish davrida boshlang‘ich yozuvga o‘rgatish. Reja


Yozuvga o’rgatishda orfografik elementlar


Download 0.5 Mb.
bet8/9
Sana28.02.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1236650
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
6-ma\'ruza yozuvga o`rgatish

Yozuvga o’rgatishda orfografik elementlar. Orfografiya yunoncha so’z bo’lib, “to’g’ri yozuv” degan ma’noni bildiradi. Orfografiya (imlo) adabiy tilning yozma shakli bilan bog’liq bo’lib, to’g’ri yozish haqidagi qoidalar yig’indisidir. Orfografiyani bilmay turib, fikrni adabiy til me’yorlari asosida yozma ifodalab bo’lmaydi. O’quvchilarning imloviy savodxonligi haqida g’amxo’rlik qilish tilning aniqligi, fikrni to’g’ri ifodalash, kishilar bilan o’zaro xatosiz muomala qilish uchun g’amxo’rlik demakdir. Savod o’rgatish davrida bolalarda grafik malakani shakllantirish bilan birga imloga oid malaka ham shakllantiriladi.
Savod o’rgatish davrida o’quvchilar quyidagilarni amaliy tarzda o’rganadilar:

  1. talaffuzi va yozilishida farq qilmaydigan so’zlarda tovush bilan harfning

mosligini;

  1. so’zlarni alohida yozishni, ya’ni yozuv vositasida so’zni ma’no birligi

sifatida ajratishni;
v) so’zning satrga sig’may qolgan qismini keyingi qatorga bo’g’inlab ko’chirib yozishni (bunda bo’g’in hosil qilgan bir unli harfni qatorga ko’chirib yozib bo’lmasligini);
g) gap boshida, shuningdek, kishilar ismida, hayvonlarga qo’yilgan nomlarda
bosh harfning ishlatilishini.
Savod o’rgatish davrida o’quvchilarda o’z-o’zini tekshirishga oid malaka shakllantiriladi: ular yozganlarini namuna bilan solishtiradilar, yo’l qo’ygan xatolarini topadilar, ularni izohlashga o’rganadilar. Shu davrdanoq ko’chirib yozish, diktant va ijodiy yozuv (insho)lardan foydalaniladi.
Gap va so’zlarni yozishdan oldingi tayyorgarlik ishlari, muntazam o’tkazib boriladigan o’z-o’zini tekshirish mashqlari, o’qilgan matnning imlosini kuzatish o’quvchilarda yuqori savodxonlik garovi bo’lgan orfografik ziyraklikni asta-sekin shakllantira boradi, ularni yuqori sinflarda o’rganiladigan imlo qoidalarini puxta o’zlashtirishga tayyorlaydi.
Savol va topshiriqlar:
1.Savod o’rgatish jarayoni haqida to’liq ma’lumot bering.
2.Savod o’rgatish jarayonida tovushlarning to’g’ri va ravon talaffuzi ustida qanday ishlanadi?
3.Diktsiya ustida ishlash mashqlariga nimalar kiradi?
4.Yozuvning inson hayotidagi ahamiyatini ayting. Hozirgi yozuv shriftiga o’z munosabatingizni bildiring.
5.Yozuvga o’rgatishning tashkiliy, gigienik va ta’limiy shartlarini aytib bering. Ularni biror harfni yozish darsiga tadbiq eting.
6.Yozuv daftari ustida ishlashni tushuntiring.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling