6-Mavzu: Siklga kiritish uchun mantiqiy ifoda tuzish Sharti avval tekshiriladigan takrorlanish jarayoni
Download 18 Kb.
|
6-Mavzu Siklga kiritish uchun mantiqiy ifoda tuzish
6-Mavzu: Siklga kiritish uchun mantiqiy ifoda tuzish Sharti avval tekshiriladigan takrorlanish jarayoni. Takrorlauvchi jarayonning bu ko`rinishi takrorlanish soni oldindan noma’lum bo`lgan hollarda, ya’ni takrorlanishdan chiqish ma’lum shartga bog`liq hollarda ishlatiladi. Takrorlanishning bu jarayonida takrorlanishdan chiqish sharti takrorlanish tanasini bajarishdan oldin tekshiriladi. Ushbu operatorning ko`rinishi quyidagichadir: WHILE <mantiqiy ifoda > DO < operatorlar > ; bu yerda, while – toki, do – bajarish ma’nosini anglatuvchi xizmatchi so`zlar, operatorlar takrorlanish tanasini belgilaydi. Takrorlanish tanasida bitta yoki bir necha opeatorlar guruhi bo`lishi mumkin. Bunda operatorlar guruhi, begin va end ga olib yoziladi. 1-misol. a haqiqiy son berilgan bo`lsin. Shunday eng kichik butun musbat k sonini topish talab qilinsinki, bu son 3 k > a shartni qanoatlantirsin. Yechish. Masalaning dasturini tuzish uchun 3k ifodaning qiymatini saqlaydigan qo`shimcha o`zgaruvchi kattalik kiritishimiz lozim. Agar uni S bilan belgilasak, u holda k=0 da S=1 dan boshlab, bitta qadam bilan o`zgarishda yuqoridagi formulani S=S*3 rekkurent formula bilan almashtiramiz. U holda takrorlanishdagi hisobdan chiqish sharti S > a bo`ladi. Algoritim dasturlarinini tuzamiz. Program wel; Var k: integer; S, a: real; Begin S:= 1; k:= 0; a:= 30; While S<= a do Begin S:= S*3; k:= k+1; Writeln(‘k=‘, k, ‘S=’, S); end; End. Natijada a = 30 son uchun eng kichik k son 4 ekan. 2 – misol. Quyidagi ifodaning qiymatini toping. . Yechish. Bunda h=0,1 x ning o`zgarish qadami, a va b lar esa uning boshlang`ich va oxirgi qiymatlari. Dasturni tuzamiz. Program prew (input, output); Uses printer; Var x, y, a, b, h: real; Begin writeln(‘kiritilsin – a, b, h’); read(a, b, h); x:= a; while x<= b do begin y:= (exp(3*ln(x))-4*x+1)/(sqr(x)+2*x+1); writeln(‘y=’, y); x:= x+h; end;End. Download 18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling