6-mavzu. Talabni qondirishni tadqiq etish va prognoz qilish


Bozor kon’yunkturasi holati va kelgusida rivojlanish ko‘rsatkichlari hamda


Download 49.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana17.12.2022
Hajmi49.63 Kb.
#1025765
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6 mavzu Marketing

 
3. Bozor kon’yunkturasi holati va kelgusida rivojlanish ko‘rsatkichlari hamda 
baholash uslublari 
Kon’yunktura tahlili o‘z ichiga ishlab chiqarish va iste’molning hajmi, tarkibi, bir 
tovarning boshqasining o‘rnini egalay olish imkoniyati, tovar zahiralari, narxning 
o‘zgarishi, reklama xizmati, bozor ishtirokchilarining o‘rganishni oladi. Bozor 
konyu’nkturasini muntazam ravishda o‘rganib borish savdo faoliyatini muvaffaqiyatli 
yakuniga imkon beradi. Har davrda bozor kon’yunkturasi qaysi tovar chiqarishni 
ko‘paytirish, qaysi tovarga talabning kamayishi haqida aniq ma’lumotlar beradi. Bu 
ma’lumotlar ishlab chiqarish uchun ham savdo firmasi uchun ham zarurdir. Bozor 
kon’yunkturasi bozorda muvozanatni mavjudligi yoki bo‘zilganligi bilan xarakterlanadi. SHunga ko‘ra 
bozor kon’yunkturasi ijobiy va salbiy, qulay va noqulay bo‘lishi mumkin. 
Bozor kon’yunkturasi ayrim tovar ishlab chiqaruvchilar miqyosiga va sotib oluvchilarning 
xarid qobiliyatiga bog‘liqdir, narx- navoga, modaning o‘zgarishiga qarab har xil bo‘ladi. 
Bozorning kelajakdagi holatini ishlab chiqarishning texnikaviy ahvoli, unga sarflangan 
qo‘shimcha resurslar, ularning qaytarib berish muddatlari, tovar zahiralari dinamikasi, eksport va 
import, shuningdek narx - navodagi o‘zgarishlar yo‘nalishiga qarab aniqlash mumkin. Bu bilan 
tovar taklifi o‘rganiladi. 


Investitsiya summasi va tuzilishiga, mehnat predmetiga bo‘lgan talab va korxona, 
tashkilotlar pul sarfining yo‘nalishiga qarab, shuningdek aholi xarid qobiliyatining, uning tovarlar 
bilan ta’minlanishini darajasini hisobga olib talab o‘rganiladi.
Uzoq muddatli o‘sish imkoniyalarini aniqlash va kon’yunktura tahlili bir -biri bilan bog‘liq 
va u bir-birini to‘ldira boradi.
Sifatli tahlil qilish uchun to‘plangan ma’lumotlarni 3 ta guruhga bo‘linadi: 
-o‘tgan davr kon’yunktura ma’lumotlari; 
-tadqiq qilinayotgan davr kon’yunktura ma’lumotlari; 
-kelgusidagi kon’yunkturaga ta’sir etuvchi ma’lumotlar.
Kon’yunkturani tahlil qilish shakli bo‘lib, kon’yunktura sharhi bo‘lib hisoblanadi.
Kon’yunkturani tahlil qilish savollariga o‘tishdan avval kon’yunkturani ko‘rsatkichlar 
tizimini ko‘rib chiqish darkor. 
Ko‘rsatkichlar shartli ravishda makro va mikro ko‘rsatkichlarga bo‘linadi. 
Makroqo‘rsatkichlarga - umumxo‘jalik kon’yunkturasini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar: yalpi milliy 
mahsulot, yalpi milliy daromad, ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari, tovar aylanma ko‘rsatkichlari, pul 
muomalasi ko‘rsatkichlari, iste’mol ko‘rsatkichlar kiradi. Mikroqo‘rsatkichlarga esa alohida 
tovarlar bozorini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar kiradi: ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari, mahsulot 
sotilishi va iste’moli, narx dinamikasi va h.k. 
Umumxo‘jalik kon’yunkturaning tahlilini izlanishni maqsadiga ko‘ra ikkita yo‘l olib borish 
mumkin:
1.
Agar ma’lum bir vaqtning ichida kon’yunkturaning rivojlanish tendensiyalari va 
sur’atlarini bilib olish masalasi qo‘yilgan bo‘lsa, u holda kon’yunktura tahlili shu vaqtning ichida 
uning dinamikasini o‘rganish yo‘li bilan olib boriladi
2.
Agar eng oxirgi sanaga kon’yunktura holatini aniqlash masalasi qo‘yilgan bo‘lsa, u holda 
iqtisodiy siklning fazasini va faza ichidagi misol tariqasidagi joyini aniqlash yo‘li bilan olib 
boriladi. SHuni e’tiborga olish kerakki, kon’yunktura tahlili va uzoq tendensiyalarning 
rivojlanishini aniqlash o‘zora bog‘liq va bir - birini to‘ldiradi. 
Kon’yunktura tahlili jamiyatning xo‘jalik xyotining qiyinligini hisobga olmagan holda u 
yoki bu qarashlarni tasdiklaydigan o‘zboshimchalik bilan tanlangan omillar va statistiktik 
ma’lumotlarga endoshib emas,balki bir-biriga qarama-qarshi hodisalarning yig‘indisiga endashish 
kerak.Kon’yunktura tahlilining shakli bu kon’yunktura sharhi va ma’lumotnomasidir. 
Mahsulotni ishlab chiqarishni belgilanganligiga qarab,mahsulotni absolyut birligi 
ulchovlarida ishlab chiqarib, ishlab chiqarish davrini davomiyligi,iste’molchilar doirasi tezroq 
yoki sekinroq kon’yunkturani o‘zgarishini aks ettiradi. 
Ba’zi tarmoqlar,masalan kora metallurgiya,xavo va suv transporti,kurilish belgilangan 
iste’molchilar uchun oldindan buyurtma qilish tizimi bo‘yicha ishlaydilar.Boshqalar esa, ya’ni 
avtomobil , radioelektron va shu kabilar qisqa muddat ichida ishlab chiqariladi va bozorda 
noma’lum iste’molchilarga sotiladi. Uzoq muddatli tovarlarni ishlab chiqarishni qisqarishi yoki 
o‘z ishi natijasida ishlab chiqarish kon’yunkturasini yaxshilash yoki yomonlash aniq ko‘rsatkichi 
bo‘lib hisoblanmaydi. CHunki katta buyurtma portfelining kattaligi yoki shunday tarmoqlarda 
uning yo‘qligi mahsulot ishlab chiqarish dinamikasining iqtisodiy siklning dinamikasidan rad 
etadi. 

Download 49.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling