Matn va rasmlar yordamida slaydlar yaratish
Slaydlarni yozuv va rasmlar bilan yaratish quyidagicha amalga oshiriladi:
Matn kiritish
Matn kiritish uchun, matn yoziladigan joyni ya’ni ”TEXT BOX” ni yaratish kerak. Text
boxni Insert (Vstavka) menyusidan tanlaymiz va xohishga ko`ra gorizontal yoki vertical text boxni
tanlaymiz
2
.
Sichqoncha yordamida matn qayerda turishi kerak bo`lsa, Text boxni usha yerga chizamiz.
Ekranda Text box to`g`ri to`rtburchak shaklida paydo bo`lishi kerak. So`ng matnni kiritamiz. Matn
kiritayotganingizda uning hajmiga qarab Text box avtomatik tarzda o`zi kattalashadi. Afar matnni
boshqa yerdan ko`chirib olib kelimoqchi bo`lsangiz, unda birinchi text boxni yaratib undan so`ng
matni o`rnatish kerak.
Slaydlarga rasm joylashtirishning 2 xil usuli mavjud : Insert (Vstavka) menyusi orqali va
ko`chirib olib kelish usuli. Insert (Vstavka) menyusi orqali rasm va grafiklar joylash PowerPointda
eng qulay yo`l hisoblanadi. Agar sizda JPEG yoki GIF va boshqa formatdagi rasmlar bo`lsa, Insert
(Vstavka) menyusidan Picture tugmasini tanlang va rasmni joylashtiring
3
.
Rasm ekranda o`lchov o`zgartirgichlari bilan hosil bo`ladi. Burchakdagi o`zgartirishlari
bilano`lchamni o`zgartirish mumkin. Rasmini ustiga sichqonchani bosib joylashuv o`rnini
o`zgartirish mumkin. Rasm ustida ishlash amallari rasmni slaydga kiritga zahotingiz avtomatik
tarzda o`zi namoyon bo`ladi. Bir qancha variantlar orqali rasmini qayta ishlashingiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |