6-Mavzu: Tuproq genezisi, klassifikatsiyasi va tuproqning geografik tarqalish qonuniyatlari reja


Download 51.28 Kb.
bet7/11
Sana17.10.2023
Hajmi51.28 Kb.
#1705529
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
6-lektsiya

Tuproqlar klassifikasiyasi (tasnifi).
Yer yuzasi tuproq qoplami, ózining murakkab tuzilishi va xilma –xilligi bilan xarakterlanadi. Tuproqlarni órganishda va rasional foydalanishda, ularni tóg’ri aniqlash ya’ni klassifikasiya qilish muhim ahamiyatga ega.
Tuproqlarni óxshash belgilari, kelib chiqishi va unumdorligi kabi xususiyatlariga kóra muayyan gruppalarga birlashtirishga tuproq klassifikasiyasi (tasnifi) deyiladi.
Tuproqlarni ilmiy jihatdan klassifikasiyalash ularning genetik - ishlab chiqarish xossalariga asoslangan bólib, bu klassifikasiya quyidagilarni: tuproq paydo bólishining barcha shart-sharoitlari va jarayonlarini, tuproqlarning territoriyalar bóyicha tarqalishini va tuproqlarning ishlab chiqarish jihatidan ahamiyatga ega bólgan biologik, fizikaviy va kimyoviy xossalarining umumiy xarakteristikasini aks ettirishi kerak. Tuproqlarni klassifikasiyalash muammolari tuproqshunoslikdagi eng aktual va munozarali masalalardan biri hisoblanadi. Fanning rivojlanishi va yangi ilmiy dalillarning tóplanishi natijasida ilgari tuzilgan, bunday qaraganda ilmiy asoslangan klassifikasiya sxemasiga ayrim qóshimchalar kiritish yoki ularni qayta ishlab chiqish zarur bóladi. Bu muammolar qishloq va órmon xójaligi talablari asosida ham yuzaga keladi. Ilmiy klassifikasiya fanning hozirgi holatini aks ettiradi. Ilm-fan ning rivojlanishi bilan tuproqlar klassifikasiyasi ham murakkablashib boradi.
V.V.Dokuchayevning tavsiya etgan klassifikasiyasida, asosiy birlik sifatida tuproqlarning genetik tiplari olinadi. 1890 yilda V.V.Dokuchayev tomonidan ishlab chiqilgan tuproqlar klassifikasiyasi geografik-genetik prinsipda tuzilgan bólib, bunda tuproqlar 3 ta sinfga bólinadi va har bir sinf, óz navbatida tuproqlarning qator genetik tiplarini óz ichiga oladi. Bunda:
A – normal yoki zonal tuproqlar sinfi, bunda yettita tuproq tiplari ajratiladi;
V – ótuvchi tuproqlar sinfida uchta tuproq tiplari.
S – anormal tuproqlar sinfida uchta tuproq tiplari ajratiladi.
V.V.Dokuchayevning tuproqlar klassifikasiyasi, uning shogirdi N.M.Sibirsev tomonidan rivojlantirildi. N.M.Sibirsev barcha tuproqlarni zonal, intrazonal va azonal kabi tuproq sinflariga bólinishini tavsiya etadi. Bu klassifikasiyadagi tuproq sinflari ham tiplarga, tipchalarga va gruppalarga ajratiladi.
V.V.Dokuchayev va N.M.Sibirsevning genetik klassifikasiyasi hozirga qadarli óz mohiyatini yóqotmagan va jahonning barcha mamlakatlarida qabul qilingan hamda shu asosda qator yangi klassifikasiyalar ishlab chiqilgan.
Tuproqldarni klassifikasiyalash muammolari mashhur tuproqshunoslar P.S.Kossovich (1910), K.D.Glinka (1925), S.S.Neustruyev (1925), K.K.Gedroys (1927) va keyinchalik Ye.N.Ivanova va N.N.Rozov, I.P.Gerasimov, A.A.Zavalishina va boshqalar tomonidan tadqiq qilindi va yangi klassifikasiyasini ishlab chiqishda S.A.Shuvalov, N V.Kimberg, B.V.Gorbunov va A.Z.Genusovlarning xizmatlari katta bóldi.
Respublikamizda qishloq xójaligining yanada rivojlanishi, tuproq xaqidagi fan oldida yangi vazifalarni jumladan, vatanimizning yer fondlarini órganish, har bir xójalik uchun mukammal tuproq kartalari tuzish hamda yagona umumdavlat yer kadastrini tuzish vazifalarini qóyadi. Bu yangi vazifalar tuproqni klassifikasiyalash masalalarini qayta kórib chiqish va yangi tasnif ishlab chiqish masalasini qóydi. Tuproqshunos olimlarimizning kóp yillik izlanishlari, tajribalari natijasida 1967 yilda tuproqlarning yangi klassifikkasiyasiga doir «Tuproqlar klassifikasiyasi va diagnostikasi ga doir qóllanma» nashr etildi, keyinchalik esa 1977 yilda nashr etilgan «MDH tuproqlarining klassifikasiyasi va diagnostikasi» qóllanmasida klassifikasiyalashning yangi sistemasi berildi. Unda MDH dagi 80 ga yaqin tuproq tiplarining taksonomik (tuproq taksonomiyasi – turli tuproqlarning gruppaviy bólinish birliklari sistemasi) birliklari asosida bólinishi va diagnostikasi berilgan.
Bu qóllanmada tuproqlar genetik tiplarining róyxati, tuproq tiplarining ancha kichik taksonomik birliklari, tuproq tipchalarining fasial (iqlim sharoitiga kóra) bólinishi va tuproqlar diagnostik belgilarining qisqacha xarakteristikasi yoritilgan. Tuproq klassifikasiyasini órganishning qulay bólishi uchun qóllanmada har bir tuproq tipining qaysi genetik qator va ekologik – genetik sinfga kirishi kórsatilgan. Bu yangi klassifikasiyada ham tuproqning genetik tiplari asos qilib olingan.

Download 51.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling