6-mavzu. Yalpi ichki mahsulot statistikasi
Sof milliy maxsulotni aniqlash
Download 65.93 Kb.
|
16 мавзу.Ялпи ички маҳсулот статистикаси
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zaruriy maxsulot
Sof milliy maxsulotni aniqlash. Sof milliy maxsulot (SMM) – bu miqdoran yalpi milliy maxsulotdan asosiy fondlar iste’moli (amortizatsiyasi)ni chegirib tashlagandan so’ng qolgan qismiga teng, ya’ni
SM =YAMM - A Sof milliy maxsulot moxiyati bilan mexnat tufayli yangidan xosil qilingan maxsulot bo’lib, u pul (qiymat) shaklida o’lchanadi. SMM ikki qismdan iborat bo’ladi: a) zaruriy maxsulot; b) qo’shimcha maxsulot; Zaruriy maxsulot – sof milliy maxsulotning yaratish jarayonida o’z mexnati bilan ishtirok etganlarning ish qobiliyatini tiklash, oilasini ta’minlash uchun ketadigan maxsulotdir. Qo’shimcha maxsulot esa zaruriy maxsulotdan ortiqcha maxsulotdir. Agar zaruriy maxsulot ishchi kuchi egalariga yoki mexnat soxiblariga tegadigan bo’lsa, qo’shimcha maxsulot moddiy ashyoviy omil egalariga ularning daromaddagi xissasi orqali tegadi. Sof milliy maxsulot uni yaratishda ishtirok etishlar omil egasiga daromad bo’lib, yer egasiga renta, kapital egasiga foyda va foiz, ishchi egasiga ish xaqi, tadbirkorlarga ish xaqi va foyda taqdim etadi. Sof milliy maxsulotning jamiyat a’zolariga ularning daromadi sifatida tekkan qismi milliy daromad (MD) deb yuritiladi. Milliy daromad jamyat miqyosidagi barcha daromadlar yig’indisidir, u tabiatan yangidan xosil etilgan maxsulot, lekin uning pul shaklida ifodalanishidir. Milliy dromad moxiyat jixatdan olganda ishlab chiqarish vositalari va iste’mol buyumlaridan iborat bo’lib, zaruriy va qo’shimcha maxsulotning asosiy qismini o’z ichiga oladi. YAngi milliy xisoblar tizimida eng muxim ko’rsatkichlar orasidagi bog’lanish kquyidagicha ifodalanadi: A. YAlpi ichki maxsulot. B. berilgan mamlakat rezidentlarining xorijiy mamlakatlardan olgan daromadlari (mulkdan olingan daromad, mexnat xaqi, ishlab chiqarishga soliqlar). V. Xorijiy mamlakatlarga beriladigan birlamchi daromadlar. G. YAlpi milliy daromad (A=B-V). D. Berilgan mamlakat rezidentlarining xorijiy mamlakatlardan olgan joriy transfertlari qoldig’i (ijtimoiy yordam, qarindoshlardan olingan sovg’a-salomlar). E. YAlpi milliy sof daromad (G- q D). YAngi MXT metodologiyasi bo’yicha yalpi foyda (yalpi aralash daromad) va sof foyda (sof aralash) daromad quyidagicha aniqlanadi: YAlpi foyda q yalpi qo’shilgan qiymat - ishlovchilarni mexnat xaqi - ishlab chiqarishga soliqlar + subgidpyalar. Sof foyda= yalpi foyda - asosiy fondlar iste’moli. Agar YAIMdan asosiy fondlar iste’molini ayirib tashlasak, u xolda sof milliy maxsulot ko’rsatkichi kelib chikadi. Milliy iktisodiyotning pirovard natijalarini ta’riflovchi ko’rsatkichlar tarkibi bilan kelgusi MAVZUlarimizda batafsil tanishib chiqamiz. Statitika va xisobning xalqaro andozalarga o’tkazish O’zbekiston Respublikasi statistika amaliyotida qo’llaniladigan tushuncha va kategoriyalarning mazmuniga muxim o’zgarishlar kiritdi, ya’ni iqtisodiy tushunchalar o’zgardi; uning chegaralari va natijalari to’g’risidagi tushunchalar o’zgardi; ichki va yalpi milliy maxsulot ko’rsatkichlari xosil bo’ladi; xizmat ko’rsatish soxalarining moddiy ne’matlar yaratishdagi roli qaytadan ko’rib chiqildi; iqtisodiyotning tarmoqlar va sektorlarga bo’linishi aniqlashtirildi va xakozolar. Milliy Xisoblar Tizimining birinchi xalqaro standarti 1950 yilda BMT tomonidan tayyorlangan; BMT xuzuridagi statistika komissiyasi tomonidan – 1998 yilda ma’qullangan ikkinchi xalqaro standart bo’yicha iqtisodiy faoliyat natijalarini o’rganish uchun xalqaro statistika amaliyotida ichki va milliy iqtisodiyot tushunchalarining qo’llanishi, o’z navbatida, yalpi milliy maxsulot ko’rsatkichlarini aniqlash zaruriyatini keltirib chiqaradi. Mamlakatning iqtisodiy xududidagi rezident va norezidentlarning iqtisodiy faoliyatini ifodalaydigan iqtisodiyot – ichki iqtisodiyot deb; qaerdan bo’lishdan qat’i nazar faqat rezidentlarning iqtisodiy faoliyatini ifodalaydigan iqtisodiyot esa – milliy iqtisodiyot deb yuritiladi. MXTda ichki iqtisodiyot chegarasini aniqlash uchun quyidagi tushunchalar qo’llaniladi: a) iqtisodiy xudud; b) rezident; v) iqtisodiy qiziqish maqsadi. SHaxslar tovarlar va pul mablag’larining erkin xarakat qilishi kuzatiladigan xamda mamlakat xukumati bilan ma’muriy boshqariladigan xududga - iqtisodiy xudud deb ataladi. Mamlakatning geografik xududidan farqli ravishda iqtisodiy xududga boshqa davlatlarnng elchixonalari, konsulliklari va bashqa diplomatik muassasalari kiritilmaydi. qanday davlatga qarashligi va fuqaroligidan qagiy nazar mamlakatning iqtisodiy xududida iqtisodiy qiziqish markazida ega bo’lgan xamda bir muddatdan kam bo’lmagan davr ichida iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanuvchi yoki yashovchi barcha iqtisodiy birliklar rezidentlar deb ataladi. Statistika va xisobotning xalqaro metodologiyasi bo’yicha rezidentlar iqtisodiy faoliyatning oxirgi natijaga ega bo’lib, maxsulotlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish xisoblanadi. Maxsulotlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish soxalarida iqtisodiy faoliyat natijalarini xisobga olish uchun quyidagi tushunchalar qo’llaniladi: a) maxsulotlar; b) xizmatlar; Moddiy shaklga ega bo’lgan to’g’ri, foydali mexnat natijalari va energiya maxsulot xisoblanadi. SHaxsiy va jamiyat a’zolari extiyojini qondiradigan moddiy shaklga ega bo’lmagan mexnat natijalari xizmat xisoblanadi. Iqtisodiy birliklar (korxonalar va uy xo’jaliklari) o’z iste’molchi uchun yaratgan qandaydir xizmat, boshqa rezidentlar tomonidap ishlab chiqarilmasa iqtisodiy faoliyatnatijasi bo’lib xisoblanmaydi. Demak, sport bilan shug’ullashni va fizologik extiyojlarni qondirilish iqtisodiy faoliyat tarkibiga kiritilmaydi. Ishlab chiqarish xarajatlarini qoplaydigan baxolarda sotish uchun mo’ljallangan maxsulotlar va xizmatlarga – tovarlar deb yuritiladi. YAlpi Ichki maxsulot ko’rsatkichining ta’rifida uning 3 asosiy xususiyati ko’rsatilgan: YAlpi ichki maxsulot ko’rsatkichi – oxiri iste’mol uchun ishlab chiqarilgan maxsulot qiymati bo’lib xisoblanadi, ya’ni YAIM xajmida oraliq iste’molning qiymati aks ettirilmaydi. YAlpi ichki maxsulot ko’rsatkichi – oxirgi iste’mol uchun ishlab chiqarilgan maxsulot qiymati bo’lib xisoblanadi, ya’ni YAIM xajmida oraliq iste’molning qiymati aks ettiradi. O’zining mustaqil balansi xamda xuquqiy shaxs maqomiga ega bo’lgan birlikka – iqtisodiy birlik deb yuritiladi. YAlpi ichki maxsulot ko’rsatkichi xajmida asosiy kapitalning iste’moli xam aks ettiriladi. YAlpi ichki maxsulot ko’rsatkichi bilan asosiy kapitalning iste’moli o’rtasidagi farq – sof ichki maxsulot ko’rsatkichini ifodalaydi. Sof ichki maxsulot ko’rsatkichini aniqlash uchun asosiy kapitalning amortizatsiyasi to’g’risidagi ma’lumotlar talab qilinadi. Buxgalteriya xisobining asosiy kapital amortizatsiyasi to’g’risidagi ma’lumotlari esa MXT metodologiyasiga mos kelmaydi. CHunki, buxgalteriya balansida asosiy kapitalning qiymati ikki xil baxoda: dastlabki va to’la tiklash baxolarida xisobga olinadi. SHuning uchun, MXT metodologiyasi bo’yicha iqtisodiy faoliyat natijalarini ifodalash uchun yalpi ichki maxsulot ko’rsatkichi qo’llanadi. Agar mamlakat iqtisodiyoti tashqi dunyoga bog’liq bo’lmasa, yalpi ichki maxsulot qiymati ishlab chiqarish jarayonida xosil qilingan rezidentlarning yalpi daromadiga teng bo’ladi. Xaqiqatda esa mamlakat iqtisodiyoti tashqi dunyoga bog’liq bo’lmaganligi sababli yalpi ichki maxsulot va yalpi milliy daromad ko’rsatkichlari bir-biriga teng bo’ladi. YAlpi va sof ichki maxsulotlar xamda yalpi va sof milliy daromad ko’rsatkichlari o’rtasidagi bog’lanishlarni quyidagi tenglamalar bilan ifodalash mumkin: Sof ichki maxsulot q yalpi chiki maxsulot – asosiy kapitalning qiymati; YAlpi milliy daromad = yalpi ichki maxsulot Q birlamchi daromad qoldig’i; Sof milliy daromad = yalpi milliy daromad – asosiy kapitalning iste’moli; Sof milliy daromad = sof ichki maxsulot Q birlamchi daromad qoldig’i; Download 65.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling