6-mavzu. Yalpi ichki mahsulot statistikasi
Download 65.93 Kb.
|
16 мавзу.Ялпи ички маҳсулот статистикаси
Oxirgi foydalanish usuli
YAlpi ichki maxsulot xajmi “oxirgi foydalanish” usuli bilan aniqlanganda, uning qiymati oxirgi iste’molni tashkil etuvchi elementlarning summasi sifatida aniqlanadi: 1. Oxirgi iste’mol. Tovarlari va xizmatlarini xarid qilish uchun sarflangan xarajatlar; 2. YAlpi jamg’arish; 3. Sof eksport. Oxirgi import tovarlari va xizmatlarini xarid qilish uchun sarflangan xarajatlarga quyidagi xarajatlar kiritiladi: uy xo’jaliklari tomonidan iste’mol tovarlari va xizmatlarining xarid qilish uchun sarflangan xarajatlar; davlat boshqaruv muassasalari tomonidan aloxida yoki jamoa bo’lib iste’mol qilinadigan tovarlar va xizmatlarni xarid qilish uchun sarflangan xarajatlar; uy xo’jaliklariga xizmat ko’rsatuvchi notijorat tashkilotlar tomonidan aloxida yoki jamoa bo’lib iste’mol qilinadigan tovarlar va xizmatlarni xarid qilish uchun sarflangan xarajatlar. Uy xo’jaliklarining oxirgi iste’mol xarajatlariga quyidagilar kiritiladi: a)iste’mol tovarlari va xizmatlarining xarid qilinishi uchun sarflangan xarajatlar; b)natura shaklidagi mexnat xaqi uchun olingan tovar va xizmatlarning iste’mol qilinishi; v) uy xo’jaliklari ishlab chiqargan tovar va xizmatlarning o’z extiyojlari uchun is’temol qilinishi; Uy xo’jaliklarining oxirgi iste’mol xarajatlarida rezidentlar chet ellarda xarid qilgan tovar va xizmatlra qiymat xisobga olinadi, norezidentlar mamlakat iqtisodiy xududida xarid qilgan tovar va xizmatlar qiymati esa xisobga olinmaydi. Uy xo’jaliklarining oxirgi iste’mol xarajatlari iste’mol tovarlari va xizmatlari uchun xaqiqatda to’langan summalar bilan aniqlanadi. Davlat boshqaruv muassasalari va uy xo’jaliklariga xizmat ko’rsatuvchi notijorat tashkilotlarning oxirgi iste’mol xarajatlari quyidagi tartibda aniqlanadi: Ushbu muassasalar va tashkilotlarning joriy xarajatlari (joriy xarajatlarda asosiy kapital iste’moli xisobga olinadi) – ularning tovar va xizmatlarni sotishdan oladigan tushumlari q uy xo’jaliklariga tekinga beriladigan iste’mol tovarlari va xizmatlarini ushbu muassasalar va tashkilotlar tomonidan sotib olinishi q davlat ijtimoiy sug’urta fondlari xisobiga amalga oshirilgan uy xo’jaliklarining oxirgi iste’mol xarajatlari. MXTning uchinchi xalqaro standartida oxirgi iste’molni ifodalash uchun yangi ko’rsatkich, ya’ni xaqiqiy oxirgi iste’mol ko’rsatkichi kiritilgan. Xaqiqiy oxirgi iste’mol xarajatlari va natura shaklidagi ijtimoiy transfertlar kiritiladi. Uy xo’jaliklarining xaqiqiy oxirgi iste’mol xarajatlari davlat boshqaruv muassasalar va uy xo’jaliklariga xizmat ko’rsatuvchi notijorat tashkilotlardan olingan natura shaklidagi ijtimoiy transfertlar summasi bilan aniqlanadi. Oxirgi iste’mol uchun foydalanilmaydigan, joriy davrda ishlab chiqarilgan tovarlar va ko’rsatilgan xizmatlarni rezidentlar tomonidan xarid qilinishiga – yalpi jamg’arish deb ataladi. YAlpi jamg’arishga quyidagilar kiritiladi: asosiy kapitalning yalpi jamg’arilishi; moddiy aylanma mablag’lar zaxiralarining o’zgarishi; boyliklarning xarid qilinishi. Kelgusi davrlarja daromad olish uchun ishldab chiqarishda foydalanilgan asosiy kapital ob’ektlar uchun sarflangan mablag’larga – asosiy kapitalning yalpi jamg’arilishi deb ataladi. Bir yilda kam bo’lmagan muddat davomida tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish uchun ishlab chiqarilgan aktivlar asosiy kapital deb yuritiladi. Asosiy aktivlarga quyidagi aktivlar kiritadi: 1) binolar; 2) inshootlar; 3) mashina va asbob-uskunalar; 4) trapsport vositalari: 5) uskunalar, ishlab chiqarish va xo’jalik inventarlari; 6) ishchi va maxsuldor xayvonlar; 7) ko’p yillik daraxtlar; 8) foydali qazilmalarni topish uchun sarflangan mablag’lar; 9) kompyuterlar uchun dasturlar yaratishga sarflangan mablag’lar; 10) adabiyot va san’atning nodir asarlari. 1968 yildagi MXTning xalqaro ikkinchi sandartida foydali kazilmalarni topish uchun sarflangan mablag’lar; kompyuterlar uchun dasturlar yaratishga sarflangan mablag’lar; adabiyot va sang’atning nodir asarlari oraliq iste’moli tarzida xisobga olingan. 1993 yildagi MXT ning uchinchi xalqaro standartida esa ular asosiy kapital tarkibiga kiritilgan, chunki ushbu xarajatlarning natijalari ishlab chiqarish jarayoniga uzoq va ko’p marta xizmat qiladi. asosiy kapitalning yalpi jamg’arilish quyidagi baxolarda xisobga olinadi: a) asosiy kapitalning xarid qilinish qiymati; b)asosiy kapitalning ishlab chiqarish uchun sarflangan xarajatlar qiymati. Asosiy kapitalning yalpi jamg’arishiga ishlab chiqarilmagan aktivlar xolatini yaxshilash uchun sarflangan mablag’lar xam kiritiladi. Ishlab chiqarilmagan aktivlar quyidagi elementlardan iborat: yer va -tabiiy resurslar; patentlar; ruxsatnomalar va xakozo; Ushbu aktivlar asosiy kapital tarkibida aks etirilmaydi, lekin ularning xolatini yaxshilash uchun sarflangan mablag’lar asosiy kapitalning yalpi jamg’arilishiga kiritiladi. Ishlab chiqarish zaxiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor maxsulotlar va qayta sotish uchun mo’ljallangan tovarlar qiymatiningg xisobot davrpida o’zgarishiga - modddiy aylanma mablag’lar zaxiralarining o’zgarishi deb ataladi. Moddiy aylanma mablag’lar zaxiralarining o’zgarishi maxsulotlarning zaxiraga kiritilish yoki chiqarilish paytida bozor baxolarida xisoblangan farqi sifatida aniqlanadi. Lekin zaxiraga kiritilgan va chiqarilgan maxsulotlar to’g’risida aniq ma’lumotlarni olish qiyin bo’lganligi uchun amaliyotda moddiy aylanma mablag’lar zaxiralarining o’zgarishi buxgalteriya xisobi ma’lumotlari bo’yicha yil oxiri va boshida mavjud bo’lgan zaxira qiymatlarining farqi sifatida aniqlanadi. qiymatni aniqlash maqsadida, ya’ni oraliq va oxirgi iste’molga sarflamaydigan buyumlarning rezidentlar tomonidan xarid qilinishi boyliklarnrning xarid qilinishi deb ataladi. Boyliklarga quyidagi buyumlar kiritiladi: qimmatbaxo metall va toshlar (boyliklar tarkibida monetar xisobga olinmaydi) zargarlik buyumlari: san’atga doir nodir asarlar; Mamlakat iqtisodiy xududiga cheta ellardan keltirilgan va mamlakat iqtisodiy xududidan chet ellarga chiqarilgan tovarlarning qiymati – tovar va xizmatlar eksporti va importi deb ataladi. quyidagi shartli misolda yalpi ichki maxsulot xajmi ko’rsatkichini yuqorida bayon etilgan 3 xil usul yordamida aniqlaymiz (mlrd. so’m): Download 65.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling