6 Mazkur qo’llanma geografiya faniga barcha qiziquvchilar uchun tayyorlangan Qollanma mualliflik huquqi bilan himoyalangan Ushbu qo’llanmani muallif ruxsatisiz chop etish va nusxa ko’paytirish taqiqlanadi!
-§ Issiq iqlim mintaqalaridagi tabiat zonalari
Download 1.6 Mb. Pdf ko'rish
|
6-SINF SAVOLNOMA
56-§ Issiq iqlim mintaqalaridagi tabiat zonalari
1. Yevrosiyoning subtropik mintaqalarida qaysi tabiat zo’nalari joylashgan?Qattiq bargli doimiy yashil o’rmonlar va butazorlar,subtropik aralash o’rmonlar,subtropik chalacho’l va cho’l zo’nalari 2. Subtropik o’rmonlar va butazorlar zo’nasi Yevrosiyoning qaysi hududlarini egallaydi?O’rta dengiz soxillari 3. O’rta dengiz soxillarida qishda xarorat necha gradus atrofida bo’ladi?+5+7ºC 4. O’simliklar vegetatsiya davri qachongacha davom etadi?Yil davomida 5. O’rta dengiz soxilida o’simliklar tagida qaysi tuproqlar xosil bo’lgan? Hosildor jigarrang tuproqlar 6. Bu hududda qaysi o’simliklar tarqalgan?Past bo’yli daraxt,mayda bargli tosh eman,yertut daraxti,mirta,Madaniy o’simliklardan anjir,anor,uzum,zaytun va sitrus mevalar 7. Subtropik sernam musson o’rmonlar zo’nasi qaysi hududlarni egallaydi? Yevrosiyoning janubi sharqida musson iqlimi tasirida hosil bo’ladi 8. Bu zo’nada iqlim qanday bo’ladi?Yoz nihoyatda sernam,qish esa quruq va salqin 9. Sernam o’rmonlar uchun qaysi daraxtlar xos?Kameliya,kamforali dafna,poporotnik 10. Qanday hayvonlar yashaydi?Panda,qoplon,gibbon(maymun),tapir,piton ilonlari 11. Subtropik chalachol va cho’llar yana qanday nomlanadi?Quruq subtropik cho’llar 12. Nam subtropik mintaqaga qaysi dengiz soxillari kiradi?Qora dengiz 13. Quruq subtropik mintaqaga moslashgan qanday o’simliklar o’sadi?Oq va qora saksovullar,shuvoq,yantoq,qum majnuntoli, 14. Bu mintaqada bahorda qanday o’simliklar o’sadi?Lolaqizgaldoqlar,iloq, 15. Hayvonlardan qaysilar uchraydi?Jayron,saygoq,turli kaltakesaklar,ilonlar,cho’l burguti,kalxat,toshbaqa,quyon,tulki 16. Materikning tropic mintaqasida iyulning o’rtacha xarorati qancha?+30ºC 17. Tropik mintaqada qaysi cho’l eng quruq va issiq joy hisoblanadi?Arabiston yarimorolidagi Rub al-Xali cho’li 18. Arabiston cho’llarida qaysi hayvonlar yashaydi?Yovvoyi eshak-onagr,uchqur kiyik yirtqichlardan sirtlon va chiyabo’rilar 19. Tropik savannalar zo’nasida qanday hayvonlar uchraydi?G’allagulli o’simliklar, siyrak o’rmonlarda daraxtlardan sal(balandligi 30-35 m) tik,akatsiya va palmalar 20. Subekvatorial mintaqada qanday zo’nalar tarkib topgan?Savannalar va fasliy nam o’rmonlar 21. Savannalar qaysi hududlarda tarkib topgan?Hindiston va Hindixitoy yarimorollarida 22. Bu hududda qaysi o’simliklar o’sadi?Daraxtlar,paporotniklar,akatsiya,mangra, 23. Hindixitoy yarimorolida qaysi o’simlik turi ko’p? Bambuklar 6-SINF SAVOLNOMA HAKIMJON JABBOROV 24. Subekvatorial mintaqada qaysi hayvonlar uchraydi? Fil, maymun, yo’lbars, panda, qoplon, jayron,timsoh,ilon 25. Subekvatorial fasliy nam o’rmonlar zo’nasida yanvarning o’rtacha xarorati qancha?+15+18ºC 26. Yovvoyi fillarni qayerlarda uchratishimiz mumkin?Hindistonda va Shri-Lanka orolida 27. Yevrosiyoning ekvatorial mintaqasida qaysi tabiat zo’nasi shakllangan?Ekvatorial nam o’rmonlar zo’nasi 28. Ekvatorial nam o’rmonlar zo’nasi boshqa zonalardan nimasi bilan farq qiladi?Yil bo’yi namgarchilikni ko’pligi,haroratning bir xilligi 29. Ekvatorial nam o’rmonlarda qaysi tuproqlar hosil bo’lgan? Ferralit-laterit tuproqlar 30. Malakka orolida necha tur o’simlik uchraydi?7.5 ming tur 31. Ekvatorial nam o’rmonlar zo’nasida qaysi hayvonlar uchraydi?Yovvoyi buqa, karkidon, orangutan maymunlar Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling