6-mazu. Mantiq Reja: Tafakkur mantiqiy fikrlash asosi Tushuncha, mulohaza va xulosa chiqarish
Mulohaza (hukm). Xulosa chiqarish
Download 65.65 Kb.
|
falsafa
Mulohaza (hukm). Xulosa chiqarish.
Mulohazaning kompleks tahlili: tarkibi, ifodalanishi, chinlik qiymati, turlari. Klassik formal mantiqda mulohaza tafakkur shakllaridan biri sifatida tushunchadan keyin o'rganiladi. Mulohaza – predmetga ma'lum bir belgining (xossaning, munosabatning) xosligi yoki xos emasligini ifodalovchi tafakkur shaklidir. Mulohazaning asosiy vazifasi predmet bilan uning xususiyati, predmetlar o'rtasidagi munosabatlarni ko'rsatishdir. Ana shuning uchun ham u doimo tasdiq yoki inkor shakldagi fikrdan iborat bo'ladi. Mulohaza tasdiqlab yoki inkor qilib aytilgan tugal fikrdir. Mulohazada konkret predmet bilan uning konkret belgisi haqida bilim ifoda qilingan bo'ladi. Fikrlash jarayonida biz tushunchalardangina emas, balki mulohazadan ham foydalanamiz. Chunki tushunchada narsa va hodisalarning muhim va umumiy belgilari aks ettirilsa-da, ular belgilar to'g'risida, ular o'rtasidagi munosabat to'g'risida fikr yuritilmaydi. Masalan, “temir”, “daraxt”, “uy”, “jism”, “qattiq” tushunchalarni olib qaraylik, bular hali tugal fikrni bildirmaydi, biror predmetda biror belgi borligi yoki yo'qligi haqida fikr yuritmaydi. Agar “temir qattiq jismdir” desak, bunda tugal fikr bor, temirda qattiqlik belgisi tasdiqlanmoqda. Demak, mulohazada hamma vaqt tasdiq yoki inkor bilan aytilgan fikr bo'ladi. Fikr chinligi voqelikka mos kelishi bilan aniqlanadi.Mulohazalar voqelikka mos kelish darajasiga ko'ra chin, xato va noaniq (ehtimol, taxminiy) bo'ladi. Ob'ektiv voqelikka mos kelgan, uni to'g'ri ifodalagan mulohaza chin, mos kelmaganlari xato bo'ladi. Ayni vaqtda chinligini ham, xatoligini ham aniqlab bo'lmaydigan mulohazalar – noaniq mulohazalardir. Oddiy mulohaza va uning turlari. Qat'iy mulohazalarda terminlar hajmi. Mulohazalar o'rtasidagi munosabatlar.Mulohazalar tuzilishiga ko'ra oddiy va murakkab bo'ladi. Oddiy mulohaza deb, tarkibidan yana bir mulohazani ajratib bo'lmaydigan mulohazaga aytiladi. Tarkibidan ikki yoki undan ortiq mulohazani ajratish mumkin bo'lgan mulohazalarga murakkab mulohaza deyiladi. Masalan, «Mantiq ilmini o'rganish to'g'ri fikrlash madaniyatini shakllantiradi», degan mulohaza oddiy mulohazani ifodalaydi. «Mantiq ilmi tafakkur shakllari va qonunlarini o'rganadi», degan mulohaza murakkab mulohazadir. Bu mulohazaning tarkibi ikki qismdan: «Mantiq ilmi tafakkur shakllarini o'rganadi» va «Mantiq ilmi tafakkur qonunlarini o'rganadi», degan ikki oddiy mulohazadan iborat.Mulohaza (mulohaza) tarkibida mantiqiy ega va mantiqiy kesimni ajratib ko'rsatish mumkin. Mantiqiy ega – sub'ekt (S) fikr qilinayotgan predmet va hodisani bildiradi. Mantiqiy kesim – predikat (P) predmet xususiyatini, munosabatini bildiradi. Predikatda ifodalangan bilimlar hisobiga sub'ekt haqidagi tasavvur boyitiladi. Mulohazaning sub'ekt va predikati uning terminlari deb ataladi. Mulohazaning uchinchi zaruriy elementi mantiqiy bog'lamadir. U sub'ekt va predikatni bir-biri bilan bog'laydi, natijada mulohaza hosil bo'ladi. Oddiy qat'iy mulohazaning formulasi quyidagicha yoziladi: S-P. Oddiy mulohazalar sifati va miqdoriga ko'ra turlargabo'linadi. Sifatiga ko'ra, tasdiq va inkor mulohazalar farqlanadi. Mulohazaning sifatini mantiqiy bog'lama belgilaydi. Tasdiq mulohazalarda belgining predmetga xosligi, inkor mulohazalarda, aksincha, xos emasligi ko'rsatiladi. Masalan, O'lmas Umarbekov “Odam bo'lish qiyin” romanining muallifidir – tasdiq mulohaza, «Matematika ijtimoiy fan emas» – inkor mulohaza. Miqdoriga ko'ra oddiy mulohazalar yakka, umumiy va juz'iy mulohazalarga bo'linadi. Bunda sub'ektda ifodalangan predmetlarning sonidan, ya'ni uning hajmidan kelib chiqiladi. Yakka mulohazalarda birorta belgining bir predmetga xosligi yoki xos emasligi haqida fikr bildiriladi. Masalan: «O'zbekiston Respublikasi mustaqil davlatdir», «Ahmedov tarixchi emas». Umumiy mulohazalarda birorta belgining yakka predmetlar sinfining hammasiga yoki undagi har bir predmetga taalluqli yoki taalluqli emasligi haqida fikr bayon qilinadi. Masalan, «Har bir inson baxtli bo'lishni xohlaydi» va «Hech bir aqlli odam vaqtini behuda sarflamaydi».Juz'iy mulohazalarda birorta belgining predmetlar to'plamining bir qismiga xos yoki xos emasligi haqida fikr bildiriladi. Masalan, «Ba'zi yoshlar tadbirkor». «ayrim talabalar dangasa emas». Juz'iy mulohazalarda «ba'zi» so'zi «hech bo'lmasa bittasi, balki hammasi», degan ma'noda qo'llaniladi. Shunga ko'ra, «Ba'zi toshlar tirik mavjudot emas», degan mulohaza chin bo'ladi, chunki hech bir tosh tirik mavjudot emas.Ma'lum ma'noda yakka mulohazalarni umumiy mulohazalar bilan tenglashtirish mumkin. Chunki har ikki mulohazada ham to'plamdagi predmetlarning har biriga nimadir taalluqli yoki taalluqli emas, deb ko'rsatiladi. Yakka mulohazalarda esa bu to'plam birgina predmetdan iborat bo'ladi. Mulohazalarning to'g'ri yoki noto'g'riligini aniqlashda va ba'zi boshqa holatlarda oddiy mulohazalarning miqdor va sifati bo'yicha birlashgan klassifikatsiyasi (asosiy turlari)dan foydalaniladi. Ular quyidagilardan iborat: 1. Umumiy tasdiq mulohazalar. Ular bir vaqtning o'zida ham umumiy, ham tasdiq bo'lgan fikrni ifodalaydi. Masalan, «Hamma talabalar mantiq ilmini o'rganadilar». Bu mulohazalar lotin alifbosidagi A harfi bilan belgilanadi va «Hamma S–Pdir» formulasi orqali ifodalanadi. 2. Umumiy inkor mulohazalar bir vaqtning o'zida ham umumiy, ham inkor bo'lgan fikrni ifodalaydi. Masalan, «Hech bir ishbilarmon rejasiz ish yuritmaydi». Bu mulohaza «Hech bir S–P emas» formulasi orqali ifodalanadi va lotincha E harfi bilan belgilanadi. 3. Juz'iy tasdiq mulohazalar bir vaqtning o'zida ham juz'iy, ham tasdiq bo'lgan fikrni ifodalaydi. Masalan, «Ba'zi talabalar mas'uliyatli». U lotincha I harfi bilan belgilanadi va «Ba'zi S–Pdir» formulasi orqali ifodalanadi. 4. Juz'iy inkor mulohaza bir vaqtning o'zida ham juz'iy, ham inkor bo'lgan fikrni ifodalaydi. Masalan, «Ba'zi talabalar sport bilan shug'ullanmaydilar». Uning formulasi «Ba'zi S–P emas» bo'lib, lotincha O harfi bilan belgilanadi. Oddiy mulohazalarda terminlar hajmi. Oddiy mulohazalardagi terminlar (S va P) tushunchalar orqali ifodalanganligi tufayli ularning hajmiga ko'ra, o'zaro munosabatlarini aniqlash mumkin. Mulohazalarda terminlar (S va P) to'liq yoki to'liqsiz hajmda olingan bo'ladi. Termin to'liq hajmda olinganda uning hajmi boshqa terminning hajmiga to'liq mos bo'ladi yoki mutlaqo mos bo'lmaydi (ularning hajmi bir-birini istisno qiladi). Termin to'liqsiz hajmda olingan bo'lsa, unda uning hajmi boshqasining hajmiga qisman mos keladi yoki undan qisman istisno qilinadi. Oddiy mulohazalarda terminlar hajmi quyidagicha bo'ladi: 1. A – Umumiy tasdiq mulohazalarning sub'ekti hammavaqt to'liq hajmda olingan bo'ladi. Predikati esa ba'zan to'liq, ba'zan to'liqsiz hajmda bo'ladi. Masalan, «Hamma insonlar tirik mavjudotdir». Bu mulohazaning sub'ekti – «inson», predikati – «tirik mavjudot» tushunchasidir, «hamma» – umumiylik kvantori. Bu mulohazaning sub'ekti to'liq hajmda olingan, chunki unda hamma insonlar to'g'risida fikr bildirilgan va bu tushuncha «tirik mavjudot» tushunchasining hajmiga to'liq kirishadi. Uning predikati to'liq hajmda olinmagan, chunki unda tirik mavjudotlarning bir qismi – insonlar haqida fikr yuritiladi Umumiy tasdiq mulohazalarning ba'zilarida S ham, R ham to'la hajmda bo'lishi mumkin. Masalan, «Hamma musulmonlar Islom diniga e'tiqod qiladilar» Mulohazalarda terminlar hajmini aniqlash qat'iy sillogizmni to'g'ri tuzishda va bevosita xulosa chiqarishda muhim ahamiyatga ega. Predikatning mazmuniga ko'ra oddiy mulohaza turlari. Ular quyidagilardan iborat: atributiv mulohazalar, mavjudlik mulohazalari va munosabat mulohazalari. Atributiv (sifat va xususiyat) mulohazalarda biror xususiyatning predmetga xosligi yoki xos emasligi aniq, qat'iy qilib ko'rsatiladi. Shuning uchun atributiv mulohazalarni birorta predmetning sinfga kirishi (mansubligi) yoki kirmasligi (mansub emasligi) haqidagi mulohaza deb ta'riflasa bo'ladi.Masalan, «Hamma daraxtlar o'simliklardir» va «Hech bir o'simlik hayvon emas». Birinchi mulohazada daraxtlarning o'simliklar sinfiga kirishi haqida fikr bildirilsa, ikkinchi mulohazada o'simliklar va hayvonlar sinfining o'z holicha umumiylikka ega emasligi haqida fikr bildirilgan. Ikkita, uchta va hokazo predmetlar o'rtasida muayyan munosabatlarning bo'lishi yoki bo'lmasligini ifodalagan mulohazalarga munosabat mulohazalari deyiladi. Masalan: «Butun bo'lakdan katta». «Ikki–uchdan kichik son». Birinchi mulohazada «kattalik» munosabati butun va bo'lak o'rtasida bo'lishi tasdiqlansa, ikkinchi mulohazada uch soni bilan ikki sonining munosabati haqidagi fikr tasdiqlangan. Munosabat mulohazalari sifatiga ko'ra, tasdiq yoki inkor mulohaza turlariga bo'linadi. Tasdiqlovchi munosabat mulohazalarida predmetlar o'zaro muayyan munosabatda ekanliklari haqida fikr bildiriladi. Inkor etuvchi munosabat mulohazalarida esa predmetlar o'rtasidagi muayyan munosabatlarning mavjud emasligi haqida fikr bildiriladi.Munosabat mulohazalari miqdoriga ko'ra ham turlarga bo'linadi. Xususan, ikki o'rinli munosabat mulohazalari miqdoriga ko'ra yakka-yakka, umumiy-umumiy, juz'iy-juz'iy, yakka-umumiy, yakka-juz'iy, umumiy-juz'iy, juz'iy-umumiy turlarga bo'linadi.Masalan, «Ukasi akasidan baland» (yakka-yakka); «Guruhimizning har bir talabasi fakul`tetimizdagi hamma o'qituvchilarni biladi» (umumiy-umumiy); «Guruhimizdagi ba'zi talabalar ba'zi hind kino yulduzlarini yaxshi biladilar» (juz'iy-juz'iy); «Tarix o'qituvchisi guruhimizdagi har bir talabani yaxshi biladi» (yakka-umumiy); «Do'stim ba'zi masalalarni yecha oladi» (yakka-juz'iy); «Guruhimizdagi hamma talabalar ingliz tilini o'rganadilar» (umumiy-yakka); «Guruhimizdagi ba'zi talabalar frantsuz tilini o'rganadilar» (juz'iy-yakka); «Guruhimizdagi ba'zi talabalar «Paxtakor» komandasining har bir o'yinchisini biladilar» (juz'iy-umumiy). Uch o'rinli, to'rt o'rinli va hokazo munosabat mulohazalari ham yuqoridagi kabi turlarga bo'linadilar.Atributiv va munosabat mulohazalaridan boshqa yana mavjudlik mulohazalari (Kutubxonada mantiq darsligi bor), ayniyat mulohazalari («A–B» ko'rinishda bo'lgan) va modal mulohazalar (ehtimol yomg'ir yog'adi)ni ko'rsatish mumkin. Ba'zi darsliklarda ular oddiy qat'iy mulohaza turlari sifatida talqin qilinadi. Shuningdek, oddiy mulohaza turlari sifatida ajratib ko'rsatuvchi va istisno qiluvchi mulohazalar ham farqlanadi. «Guruhimiz talabalaridan faqat 4 kishi musobaqada qatnashadi». Bu ajratib ko'rsatuvchi mulohazadir. «Mantiq tarixi» kursidan boshqa hamma o'qitiladigan fanlardan darsliklar yetarli». Bu istisno qiluvchi mulohazadir. Mulohazalar o'rtasidagi munosabatlar Mulohazalar ham tushunchalar kabi taqqoslanadigan (umumiy sub'ekt yoki predikatga ega bo'lgan) va taqqoslanmaydigan turlarga bo'linadi. Taqqoslanadigan mulohazalar sig'ishadigan yoki sig'ishmaydigan bo'ladi. Mantiqda ikki mulohaza (r va q) dan birining chinligidan ikkinchisining xatoligi zaruriy kelib chiqadigan bo'lsa, ular o'zaro sig'ishmaydigan mulohazalar deyiladi. Sig'ishmaydigan mulohazalar bir vaqtda chin bo'la olmaydi. Sig'ishadigan mulohazalar aynan bir fikrni to'liq yoki qisman ifodalaydi. Murakkab mulohazalar. Mulohaza tarkibidagi mantiqiy ega va yoki mantiqiy kesimni ifodolovchi terminlar soni birdan ortiq bo'lsa, murakkab mulohaza deb ataladi. Murakkab mulohazalar “va”, “ham” “yoki”, “agar...unda” kabimantiqiy bog'lamalar,inokr qilish va modal terminlarni qo'llash orqali ikki va undan ortiq oddiy mulohazalarning o'zaro birikishidan hosil bo'ladi. Mantiqiy bog'lovchining mazmuniga ko'ra murakkab mulohazalar quyidagi asosiy turlarga bo'linadi: biriktiruvchi (konyuktiv), ayriuvchi (dizyunktiv), shartli (imlikativ) ekvivalent. Birlashtiruvchi mulohazalar ikki va undan ortiq oddiy mulohazalarning “va”, “ham”, “hamda” kabi mantiqiy bog'lovchilar vositasida birikishidan hosil bo'ladi. Masalan, 1. Ustozning bergan topshiriqlarini bajardi va a'lo baho oldi. 2. Yaxshi niyat va yaxshi so'z insonni saodatga yetaklaydi. 3. Mantiq ham amaliy, ham nazariy fandir. Kon'yuktiv tarkibidagi oddiy mulohazalar chin yoki xato bo'lishi mumkin. Tarkibidagi hamma oddiy mulohazalar chin bo'lganda, birashtiruvchi mulohaza chin bo'ladi. Boshqa hamma holatlarda esa xato bo'ladi. Masalan, “Yolg'on gapirish va o'g'irlik qilish jinoyatdir” mulohazaidagi birinchi gap “Yolg'on gapirish jinoyatdin” chin bo'lmagani uchun bu mulohaza chin bo'lmaydi. p q p ? q chin chin chin chin xato xato xato chin xato xato xato xato O'zbek tilida birlashtiruvchi mulohazalar “ammo”, “lekin”, “biroq” kabi bog'lovchilar va bog'lovchilarsiz ohang vositasida ham tuziladi. Mantiqiy bog'lamalar konyuktsiya belgisi “^” orqali ifodalanadi. Formulasi: p ? q Ayiruvchi (diz'yunktiv) mulohaza deb “yo”, “yoki”, “yoxud” mantiqiy bog'lamamlari vositasida oddiy mulohazalardan tashkil topgan mulohazaga aytiladi. Bu bog'lovchilar ikki oddiy mulohazani yoki bir qancha predikatlarni yoki bir qancha sub'ektlarni bir-biridan ayrib turadi. Masalan, “Abullaev Alisher birinchi ingli tili fakul`teti yoki uchinchi ingliz tili fakul`tetida tahsil oladi”. Ikkinchi juftlikda yo fonetika, yoki gammatika darsi bo'ladi”. Ayiruvchi mulohazalar oddiy yoki qat'iy turlarga bo'linadi. Oddiy diz'yunktiv mulohaza tarkibidagi oddiy mulohazalardan biri yoki hammasi chin bo'lishi mumkin, qat'iy diz'yunktiv mulohazada esa tarkibidagi oddiy mulohazalardan faqat bittasi chin bo'ladi. “Erkin Voxidov shoir yoki drammaturgdir”. Bu oddiy diz'yunktiv mulohaza. “Abdullaev Alisher fan olimpiadasi musobaqasida yo yutadi, yo yutmaydi”. Bu qat'iy diz'yunktiv mulohaza. P q p ? q P q p ? q Chin chin xato xato chin xato chin xato chin chin chin xato chin chin xato xato chin xato chin xato xato chin chin xato Shartli (implikativ) mulohaza ikki oddiy mulohazaning “agar... unda” mantiqiy bog'lamasi orqali birikishidan tashkil topadi. Shartli mulohazaning mohiyatini aniqlash uchun zaruriy va yetarli shart tushunchalarini farqlash zarur. Hodisaning zaruriy sharti deb, uning mavjudligini ta'minlaydigan holatga aytiladi. Agar hodisaning sharti zaruriy bo'lmasa, hodisa ham bo'lmaydi. “Agar talaba darslarga muntazam sababsiz darslarni qoldirsa, u yakuniy imtihonlarga kiritilmaydi”. Shartli(implikativ) mulohazalar “agar... unda” mantiqiy bog'lamasi (?) belgi bilan ifodalanadi. Implikativ mulohazaning chin bo'lishi shartlari quyidagicha: p q p? q
chin chin chin chin xato xato xato chin chin xato xato chin Ekvivalentlik mulohazalari “agar va faqat agar... unda” mantiqiy bog'lovchisi yordamida ikki oddiy mulohazaning o'zaro bog'lanishidan hosil bo'ladi. Tabiiy tilda ekvivalentlik mulohazai shartli mulohaza ko'rinishida ifodalanadi. Bunday holatlarda shartli mulohazaning ekvivalent mulohaza ekanligini aniqlash zarur bo'ladi. Agar shartli mulohazaning asosi natijada qayd etilgan fikr uchun zaruriy va yetarli shart hisoblansa, unda bu mulohaza ekvivalent bo'ladi. Masalan, “Agar berilgan butun son juft son bo'lsa, unda u ikkiga qoliqsiz bo'linadi”. Mulohazalarninginkor qilinishi. Ikki mulohaza bir-biriga zid bo'lib, ulardan biri albatta chin, boshqasi xato bo'lsa, bu mulohazalar bir-birini inkor qiluvchi mulohazalar bo'ladi. Inkor qilinayotgan mulohaza chin bo'lsa, iknor qilayotgan mulohaza xato bo'ladi. Quyidagi mulohazalarlar bir-birini inkor qiladi: 1.A-O. Hamma o'zbek ayollari oliy ma'lumotli (xato) 2.YE-I. Hech bir inson tosh emas (chin). Ba'zi insonlar toshdir (xato). Mulohazalarning chin bo'lish shartlari. Mulohazalar ham tushunchalar kabi taqqoslanadigan (umumiy sub'ekt yoki predikatga ega bo'lgan) va taqqoslanmaydigan turlarga bo'linadi. Taqqoslanadigan mulohazalar sig'ishadigan yoki sig'ishmaydigan bo'ladi. Mantiqda ikki mulohaza (r va q) dan birining chinligidan ikkinchisining xatoligi zaruriy ravishda kelib chiqadigan bo'lsa, ular o'zaro sig'ishmaydigan mulohazalar deyiladi. Sig'ishmaydigan mulohazalar bir vaqtda chin bo'la olmaydi. Sig'ishadigan mulohazalar ayni bir vaqtda to'liq yoki qisman ifodalaydi. Sig'ishadigan mulohazalar o'zaro ekvivalentlik, mantiqiy bo'ysunish va qisman mos kelish (subkontrar) munosbatda bo'ladi. Sig'ishmaydigan mulohazalar qarama-qarshilik (kontrar) va zidlik (kontradiktorlik) munosabatida bo'ladi. Mulohazalar o'rtasidagi munosabatlarning shakliy ifodasi “mantiqiy kvadrat” deb ataladi. Mantiqiy kvadrat orqali “mulohaza”lar o'rtasidagi chinlik munosabatlari aniqlanadi. Masalan, “Har bir jamiyat o'z axloqiy normalariga ega”. Bu A – umumiy tasdiq mulohaza E, I, O ko'rinishlarda quyidagicha ifodalanadi: YE. Hech bir jamiyat o'z axloqiy normalariga ega emas. I. Ba'zi jamiyatlar o'z axloqiy normalariga ega. O.Ba'zi jamiyatlar o'z axloqiy normalariga ega emas. Bu mulohazalar taqqoslanadigan mulohazalar bo'lib, ular o'rtasida chinligiga ko'ra o'ziga xos munosbalar mavjuddir. Sig'ishmaydigan mulohazalar o'rtasidagi qarama-qarshilik (kontrar) va zidlik (kontradiktorlik) munosbatlari bo'ladi. Qarama-qarshilik munosbati mazmuniga ko'ra turlicha bo'lgan umumiy mulohazalar o'rtasida mavjud bo'lib, bu munosabatga ko'ra ularning har ikkisi bir vaqtda chin bo'la olmaydi. Bu mulohazalar bir vaqtda xato bo'lishi mumkin; agar ulardan birining chinligi aniq bo'lsa, unda boshqasi, albatta, xato bo'ladi. Yuqoridagi misollardan A – mulohaza chin, YE – mulohaza xato ekanligi ma'lum bo'ladi. Zidlik munosabati mazmuni va hajmiga ko'ra turlicha bo'lgan mulohazalar o'rtasida mavjud bo'ladi. Bu mulohazalarning har ikkisi bir vaqtda chin ham, xato ham bo'lmaydi. Ulardan biri hamma vaqt chin, boshqasi xato bo'ladi. Yuqoridagi misollardan A – mulohaza chin bo'lib, O – mulohaza xatodir. Shuningdek, I – mulohaza chin, YE – mulohaza xatodir. Sig'ishadigan mulohazalardan mazmuni bir xil, hajmi turli xil bo'lgan mulohazalar o'zaro bo'ysunish munosabatida bo'ladi. Bunda umumiy mulohazalar bo'ysundiruvchi, juz'iy mulohazalar bo'ysunuvchi bo'ladi. Bo'ysunuvchi munosabatida umumiy mulohazalar chin bo'lsa, ularga bo'ysunuvchi juz'iy mulohazalar ham chin bo'ladi. Lekin juz'iy mulohazalar chin bo'lganda, umumiy mulohaza noaniq (chin yoki xato) bo'ladi. Yuqoridagi misolda A – mulohaza chin bo'lgani uchun bo'ysunuvchi I – mulohaza ham chin bo'ladi. Agar umumiy mulohazalar xato bo'lsa, ularga bo'ysunuvchi juz'iy mulohazalar noaniq (chin yoki xato) bo'ladi. Misolimizda YE – mulohaza xato bo'lgani uchun O – mulohaza ham xato bo'ladi. Qisman moslik (subkontrar) munosabati mazmuni har xil bo'lgan juz'iy mulohazalar o'rtasida mavjud bo'ladi. Bu mulohazalar bir vaqtda chin bo'lishi mumkin, lekin har ikkisi bir vaqtda xato bo'lmaydi. Agarda ulardan birining xatoligi aniq bo'lsa, unda boshqasi, albatta, chin bo'ladi. Yuqoridagi misolimizda O – mulohazaning xatoligi aniq bo'lgani uchun I – mulohaza chindir. Mulohazalarning chinligiga ko'ra munosabatini ifodolvchi yuqorida ko'rsatilgan qonuniyatlar bilishda katta ahamiyatga ega. Xulosa chiqarishning umumiy mantiqiy tavsifi:tuzilishi, turlari va umumiy qoidalari. Voqelikni bilish jarayonida inson yangi bilimlarga ega bo'ladi. Bu bilimlar abstrakt tafakkur yordamida, mavjud bilimlarga asoslangan holda vujudga keladi. Bunday bilimlarni hosil qilish mantiq ilmida xulosa chiqarish, deb ataladi. Xulosa chiqarish deb, bir va undan ortiq chin mulohazalardan ma'lum qoidalar yordamida yangi bilimlarni keltirib chiqarishdan iborat bo'lgan tafakkur shakliga aytiladi. Xulosa chiqarish jarayoni asoslar, xulosa va asoslardan xulosaga o'tishdan tashkil topadi. To'g'ri xulosa chiqarish uchun, avvalambor, asoslar chin mulohazalar bo'lishi, o'zaro mantiqan bog'lanishi kerak.Masalan, «Arastu – mantiq fanining asoschisi» va «Platon yunon faylasufidir» degan ikki chin mulohazadan xulosa chiqarib bo'lmaydi. Chunki bu mulohazalar o'rtasida mantiqiy aloqadorlik yo'q.Xulosa asoslari va xulosa ham o'zaro mantiqan bog'langan bo'lishi shart. Bunday aloqadorlikning zarurligi xulosa chiqarish qoidalarida qayd qilingan bo'ladi. Bu qoidalar buzilsa, to'g'ri xulosa chiqmaydi. Xulosa chiqarishning turlari. Xulosa chiqarish xulosaning chinlik darajasiga ko'ra, aniqrog'i, xulosa chiqarish qoidalarining qat'iyligiga ko'ra hamda xulosa asoslarining soniga va fikrning harakat yo'nalishiga ko'ra bir qancha turlarga bo'linadi. Deduktiv xulosa chiqarishning mohiyati. Deduktiv xulosa chiqarishning muhim xususiyati unda umumiy bilimdan juz'iy bilimga o'tishning mantiqan zaruriy xususiyatga egaligidir. Uning turlaridan biri bevosita xulosa chiqarishdir.Faqat birgina mulohazaga asoslangan holda yangi bilimlarning hosil qilinishi bevosita xulosa chiqarish, deb ataladi. Bevosita xulosa chiqarish simvolik mantiqda quyidagicha ifodalanadi: XYSP, bunda X va Y oddiyqat'iy mulohazalarni (A, E, I, O), S va P lar esa mulohazalarning sub'ekti va predikatini ifodalaydi. XSP– xulosa asosi yoki antesedent, YSP – xulosa yoki konsekvent, deb ataladi. Bevosita xulosa chiqarish jarayonida mulohazalarning shaklini o'zgartirish orqali yangi bilim hosil qilinadi. Bunda asos mulohazaning tarkibi, ya'ni sub'ekt va predikat munosabatlarining miqdor va sifat tavsiflari muhim ahamiyatga ega bo'ladi. Bevosita xulosa chiqarishning quyidagi mantiqiy usullari mavjud: I. Aylantirish (lot.–obversio) shunday mantiqiy usulki, unda berilgan mulohazaning miqdorini saqlagan holda, sifatini o'zgartirish bilan yangi mulohaza hosil qilinadi. Bu usul bilan xulosa chiqarilganda qo'sh inkor sodir bo'ladi, ya'ni avval asosning predikati, keyin bog'lovchisi inkor etiladi. Buni quyidagi ko'rinishda yozish mumkin: Inkor qilish jarayonida inkor yuklamalaridan (-ma; -siz; mas) yoki inkor qilinayotgan tushunchaga zid bo'lgan tushunchalardan foydalaniladi. Oddiy qat'iy mulohazalarning hammasidan aylantirish usuli bilan xulosa chiqariladi. Xulosa asosi bo'lgan mulohaza xulosada quyidagicha ifodalanadi: Xulosa asosi Xulosa 1 A Hamma S-P YE Hech bir S-Psiz emas 2 YE Hech bir S-P emas A Xamma S emas P dir 3 I Ba'zi S-P O Ba'zi S-P siz emas 4 O Ba'zi S-P emas I Ba'zi S emas P dir Aylantirish usuli bilan hulosa chiqarilganda “biror nimaning qo'shinkori uning tasdig'i bilan tengdir ” degan qoida amal qiladi. Masalan: 1. A. Hamma ilmiy qonunlar ob'ektiv xarakterga ega. YE. Hech bir ilmiy qonun sub'ektiv xarakterga ega emas. II.Almashtirish (lot.–conversio) shunday mantiqiy xulosa chiqarish usuliki, unda xulosa berilgan mulohazadagi sub'ekt va predikatning o'rnini almashtirish orqali keltirib chiqariladi. Almashtirishda berilgan mulohazadagi terminlar hajmi e'tiborga olinishi shart. Xulosa asosi Xulosa Almashtirish turi 1 A Hamma S-P A Hamma P-S Sof almashtirish 2 YE Hech bir S-P emas YE Hech bir P- S emas Sof almashtirish 3 I Ba'zi S-P I Ba'zi P - S Sof almashtirish 4 A Hamma S-P I Ba'zi P - S Toraytirilgan almashtirish 5 I Ba'zi S-P emas A Hamma P - S Kengaytirilgan almashtirish Juz'iy inkor mulohazadan (0) almashtirish usuli bilan xulosa chiqarib bo'lmaydi. Almashtirishga misol: A.Hamma shifokorlar oliy ma'lumotlidir. I. Ba'zi oliy ma'lumotlilar shifokorlardir. Demak, almashtirish usuli qo'llanilganda mulohazadagi sub'ekt va predikat hajmi aniqlanadi va shu asosda mulohazadagi terminlarning o'rni almashtirilib, xulosa chiqariladi. Bu usul, ayniqsa, tushunchaga berilgan ta'riflarning to'g'riligini aniqlashda muhim ahamiyatga ega. III. Predikatga qarama-qarshi qo'yish (lot.– contrapositio) bevosita xulosa chiqarishning mantiqiy usullaridan biri bo'lib, bu usul qo'llanilganda berilgan mulohaza avval aylantiriladi, so'ngra almashtiriladi. Natijada hosil qilingan mulohazaning (xulosaning) sub'ekti asos mulohaza predikatiga zid, predikati esa uning sub'ektiga mos bo'ladi: Bunda, xulosada S ning inkor shaklida bo'lishi xulosa bog'lovchisining inkor etilishi natijasidir. Predikatga qarama-qarshi qo'yishda A-YE ga, YE-I ga, 0-I ga o'zgaradi. Turli mulohazalardan bu usul vositasida xulosa chiqarish quyidagi shaklda ko'rsatilgan: Xulosa asosi Xulosa 1. A Hamma S-P Hech bir R emas S emas 2. YE Hech bir S - P emas Ba'zi R emas S dir 3. O Ba'zi S - P emas Ba'zi R emas S dir Masalan: 1. A. Hamma musulmonlar Islom diniga e'tiqod qiladilar.Islom diniga e'tiqod qilmaydiganlar musulmon emas.Juz'iy tasdiq (I) mulohazadan predikatga qarama-qarshi qo'yish usuli bilan xulosa chiqarib bo'lmaydi. Chunki, «Ba'zi S-P mulohazani aylantirsak «Ba'zi S-P mas emas», ya'ni juz'iy inkor mulohaza kelib chiqadi. Undan almashtirish orqali xulosa chiqarib bo'lmaydi. IV. Mantiqiy kvadrat orqali xulosa chiqarish. Bunda oddiy qat'iy mulohazalarning o'zaro munosabatlarini (qarang: mantiqiy kvadrat) e'tiborga olgan holda, mulohazalardan birining chin yoki xatoligi haqida xulosa chiqariladi. Bu xulosalar mulohazalar o'rtasidagi zidlik, qarama-qarshilik, qisman moslik va bo'ysunish munosabatlariga asoslanadi.Bu munosabatlarning taxliliga ko'ra xulosa chin bo'lgan quyidagi holatlarni ko'rsatish mumkin. 1.Asos mulohaza va xulosa chin bo'lgan : A>I, YE>0. 2.Asos mulohaza xato va xulosa chin bo'lgan:I>O, O>I Masalan: A. Hamma mustaqil davlatlar BMT ga a'zo. I.Ba'zi mustaqil davlatlar BMT ga a'zo. Bevosita xulosa chiqarish usullari bilishda mavjud fikrni aniqlab olishga, uning mohiyatini to'g'ri tushunishga, shuningdek, bir fikrni turli xil ko'rinishda bayon qilishga, yangi bilimlar hosil qilishga imkoniyat beradi. 3.Sillogizm. Deduktiv xulosa chiqarish aslida sillogizm shaklida bo'ladi. “Sillogizm” so'zi qo'shib hisoblash, degan manoni beradi. Bu termin mantiq fanida, deduktiv xulosa chiqarishning ko'proq ishlatiladigan turi hisoblangan oddiy qatiy sillogizmni ifodalashda qo'llaniladi. Sillogizm o'zaro mantiqiy bog'langan ikki qatiy mulohazadan uchinchi – yangi qatiy mulohazani zaruriy tarzda keltirib chiqaruvchi xulosa chiqarish usulidir. Bunda dastlabki mulohazalardan biri, albatta, yo umumiy tasdiq yoki umumiy inkor mulohaza bo'ladi. Hosil qilingan yangi mulohaza dastlabki mulohazalardan umumiyroq bo'lmaydi. Shunga ko'ra sillogizmni umumiylikka asoslangan xulosa chiqarish, deb atasa bo'ladi. Masalan, quyidagi mulohazalar berilgan bo'lsin: Hamma baliqlar suvda yashaydi. Sazan – baliq. Bu mulohazalardan zaruriy ravishda – Sazanlar suvda yashaydi, degan uchinchi mulohaza kelib chiqadi. Sillogizmning tarkibi oddiy qatiy mulohazalardan tashkil topgani uchun u oddiy qatiy sillogizm deyiladi. Sillogizmning tarkibi xulosa asoslari (praemissae) va xulosa (konslusio)dan tashkil topgan. Xulosa asoslari va xulosadagi tushunchalar terminlar deb ataladi. Xulosaning mantiqiy egasi – S – kichik termin (terminus minor), mantiqiy kesimi – R – katta termin (terminus major), deb ataladi. Xulosa asoslari uchun umumiy bo'lgan, lekin xulosada uchramaydigan tushuncha – M – (terminus medius) o'rta termin deb ataladi. Asoslarda katta terminni o'z ichiga olgan mulohaza katta asos, kichik terminni o'z ichiga olgan mulohaza kichik asos deb ataladi. Demak, asoslarning katta yoki kichik asos deb ajratilishi ularning qanday ketma-ketlikda kelishiga bog'liq emas. S – kichik termin; M – o'rta termin; R – katta termin. O'rta termin katta va kichik terminni bog'lovchi mantiqiy element hisoblanadi. Induktiv va analogik xulosa chiqarish. Biz avvalgi mavzuda zaruriy xulosa chiqarish bilan (deduktiv xulosa chiqarish asosida) tanishib chiqqan edik. Mantiqda ehtimoliy xulosa chiqarish ham o'rganiladi. Ehtimoliy xulosa chiqarish turli xil shakllarda, shu jumladan, induktiv xulosa chiqarish shaklida amalga oshishi mumkin. Ularning barchasiga xos xususiyat – xulosaning asoslardan mantiqan zaruriy ravishda kelib chiqmasligi hamda faqat ma'lum bir darajada tasdiqlanishidir. Asoslarning xulosani tasdiqlash darajasi mantiqiy ehtimollik, deb nom olgan. Ehtimoliy xulosa chiqarish ba'zan induktsiya (lotincha– inductio – yagona asosga keltirish) - juz'iy bilimdan umumiy bilimga mantiqan o'tish shaklida sodir bo'ladi. Induktiv xulosa chiqarish empirik umumlashtirish shaklida amalga oshib, unda birorta belgining ma'lum bir sinfga mansub predmetlarda takrorlanishini kuzatish asosida, shu belgining mazkur sinfga tegishli barcha predmetlarga xosligi haqida xulosa chiqariladi. Induktsiya asosida chiqarilgan xulosalar ilmiy bilishda o'rnatilgan turli empirik qonunlar, yaratilgan umumlashmalar tarzida o'z aksini topadi, predmet va hodisalar haqidagi bilimlarimizni kengaytirishga olib keladi. Induktiv xulosa chiqarish bilvosita xulosa chiqarish hisoblanadi, ya'ni uning asoslari ikkita va undan ortiq mulohazalardan tashkil topgan bo'ladi. Ular, odatda, yakka predmet yoki predmetlar sinfining bir qismini ifoda qiladilar. Xulosada esa, bir mantiqiy sinfga mansub predmetlarning barchasiga nisbatan umumiy mulohaza tarzidagi fikr hosil qilinadi. Demak, induktiv xulosa chiqarishda yakkalik, juz'iylik va umumiylikning dialektik aloqasini kuzatamiz. Ayrim faktlarni ifodalaydigan, juz'iy xarakterga ega bo'lgan bilimlar umumiy bilimlarni hosil qilish uchun mantiqiy asos bo'lib xizmat qiladi. Takrorlanib turuvchi turg'un aloqalar, odatda, predmetlarning muhim zaruriy aloqalaridan iborat bo'lgani uchun, bu umumiy bilimlar qonuniyatlarni ifoda qiladilar. Asoslardagi yakka va juz'iy faktlar haqidagi bilimlar esa ana shu qonuniyatlarning namoyon bo'lishini qayd etadilar. 4. Argumentlashning maniqiy xulosa chiqarishdagi ahamiyati va ishonch-e'tiqodning shakllanishi. Kishilarning amaliy faoliyatdagi muvaffaqiyatlari ular qo'llayotgan bilimlarning qay darajada chin bo'lishiga, ya'ni bu bilimlarning voqelikni qanchalik to'g'ri aks ettirishiga bog'liq. Xato fikrlar predmetlarning real aloqalari va munosabatlarini buzib ko'rsatadi, bilishda ko'p chalkashliklarga olib keladi. Shuning uchun ham bilish jarayonida har bir fikrni to'g'ri qurishga erishish, uning chinligini dalillar bilan ko'rsata olish, xato fikrlarni esa rad qila bilish muhim ahamiyatga ega. Fikrning chin yoki xatoligini ko'rsatish uchun uni hodisaning (faktning) o'zi bilan solishtirish mumkin. Lekin ko'p hollarda bilish jarayonida natijalarning chin yoki xatoligi ularni ilgari vujudga kelgan bilimlar bilan bog'lash orqali aniqlanadi. Buni amalga oshirishning mantiqiy usuli asoslashdir. Faktlar va boshqa dalillarga tayanib yuritiladigan, chinligi asoslangan fikr yuksak ishontirish kuchiga ega bo'ladi, kishilarda ishonch-e'tiqodni shakllantiradi. Bilishning maqsadi ilmiy asosga ega bo'lgan e'tiqodni yaratishdan iborat. Asoslash ishonch-e'tiqodni shakllantirish vositasidir.Ishonch-e'tiqod bu kishilarning xulq-atvori va xatti-harakatlarini belgilab beradigan qarashlari va tasavvurlaridir.Isbotlash bir mulohazaning chinligini u bilan bog'langan boshqa chin mulohazalar yordamida asoslashdan iborat bo'lgan mantiqiy amaldir.Uning tarkibi uch elementdan tashkil topgan: tezis, argumentlar (asoslar), isbotlash usuli – demonstratsiya. Tezis – chinligi asoslanishi lozim bo'lgan mulohaza, u isbotlashning markaziy figurasi hisoblanadi; butun diqqat-e'tibor uning chinligini ko'rsatishga qaratiladi. Tezis bir mulohazaning o'zidan, yoki mulohazalar tizimidan, yoki teoremalardan, yoki aniq faktlarni umumlashtirish natijalaridan, yoki hodisalarning sababini ko'rsatuvchi mulohazalardan va shu kabilardan iborat bo'ladi. Argumentlar – tezisning chinligini asoslash uchun keltirilgan mulohazalar. Argumentlar bo'lib faktlarni qayd qiluvchi mulohazalar, ta'riflar, aksiomalar, teoremalar, qonunlar hamda boshqa empirik va nazariy umumlashmalar xizmat qiladi. Argument sifatida keltirilgan faktlar, albatta, o'zaro bog'langan va tezisning mohiyatiga aloqador bo'lishi lozim. Ta'riflar ham chin mulohazalar bo'lib, ulardan argument sifatida foydalanish mumkin. Masalan, «Harakat – bu har qanday o'zgarishdan iborat», degan ta'rif chin mulohazadir. Aksiomalar chinligi o'z-o'zidan ravshan bo'lgan, isbotlashni talab qilmaydigan fikrlardir. Inson tajribasida ko'p martalab takrorlanganligi uchun ham ularni isbotlash zarur emas.Teoremalar va qonunlarning chinligi isbotlangan bo'ladi, ularni hech ikkilanmasdan argument qilib olish mumkin. Isbotlash usuli – demonstratsiya tezis bilan argumentlar o'rtasidagi mantiqiy aloqadan iborat. U xulosa chiqarish shaklida bo'ladi, ya'ni tezis argumentlardan xulosa sifatida mantiqan keltirib chiqariladi.Isbotlashning ikki turi mavjud: bevosita isbotlash, bavosita isbotlash. Bevosita isbotlashda tezisning chinligi to'g'ridan-to'g'ri argumentlar bilan asoslanadi, unda tezisga zid bo'lgan mulohazalardan foydalanilmaydi. Tezis ko'p hollarda yakka hodisani ifoda qilib keladi va ma'lum bir umumiy bilimdan, masalan, qonundan argument sifatida foydalanilib, uning chinligi asoslanadi. Masalan, «O'zbekiston – mustaqil davlatdir», degan mulohaza (tezis)ning chinligi «O'zbekistonning mustaqil davlat deb e'lon qilinishi, uning xalqaro miqyosda e'tirof etilishi» kabi asoslar yordamida isbotlanadi. Bavosita isbotlashda esa tezisning chinligi unga zid bo'lgan mulohazaning (antitezisning) xatoligini ko'rsatish orqali asoslanadi. Antitezis qanday shaklda ifodalangan bo'lishiga qarab apagogik isbotlash va ayiruvchi isbotlash farq qilinadi. Apagogik isbotlashda tezis (a) va antitezis ( ) o'rtasidagi munosabatga asoslaniladi. Masalan, «Materiya harakatsiz mavjud emas», degan mulohazaning chinligini asoslash uchun unga zid bo'lgan «Materiya harakatsiz mavjud», degan mulohaza olinadi.Apagogik isbotlashda antitezis topilib (1-bosqich), vaqtincha chin deb qabul qilinadi va undan ma'lum bir natijalar keltirib chiqariladi (2-bosqich), so'ngra bu natijalarning xatoligi ko'rsatiladi (3-bosqich) va demak, tezisning chinligi isbotlanadi. Masalan, «Materiya harakatsiz mavjud», degan mulohaza chin bo'lsa, «Moddiy predmetlar strukturasiz mavjud», degan fikr (antitezisdan kelib chiqqan natija) ham chin bo'ladi. Bizga ma'lumki, moddiy predmetlar tarkibsiz (uni tashkil qiluvchi elementlar va ularning o'zaro aloqasisiz) mavjud emas. Demak, «Materiya harakatsiz mavjud», degan fikr xato, shu tariqa «Materiya harakatsiz mavjud emas», degan fikrning chinligi asoslanadi.Ayiruvchi isbotlashda tezis sof ayiruvchi mulohazaning (kuchli diz'yunktsiyaning) bir a'zosi bo'lib, uning chinligi boshqa a'zolarining (antitezisning) xatoligini ko'rsatish orqali asoslanadi. Masalan, “Jinoyatni yo A, yo V, yo S shaxslar sodir etgan», degan fikr tekshirilib, «Jinoyatni V shaxs ham, S shaxs ham sodir etmagan”ligi aniqlanadi va shu tariqa «Jinoyatni A shaxs sodir qilgan», degan mulohazaning chinligi asoslanadi. Bu misolda ayiruvchi isbotlash ayiruvchi – qat'iy sillogizmning inkor etib, tasdiqlovchi modusi bo'yicha qurilgan.Ayiruvchi isbotlashda barcha muqobil variantlar to'liq olingandagina xulosa chin bo'ladi,ya'ni tezis isbotlanadi. Raddiya. Rad etish usullari. Raddiya – argumentlash (isbotlash)ni buzishga qaratilgan mantiqiy amal. Birorta fikrning chinligini rad etish ayni paytda unga zid bo'lgan fikrning xatoligini ko'rsatishdan iborat bo'lganligi uchun raddiyani argumentlash (isbotlash)ning xususiy ko'rinishi, deb hisoblash mumkin. Raddiya ham argumentlash (isbotlash) kabi tezis (rad qilinishi lozim bo'lgan mulohaza), argumentlar (tezisni rad qiluvchi mulohazalar) va demonstratsiya (rad etish usuli) dan tashkil topgan bo'ladi. Raddiya birorta masalani muhokama qilish, yani bahs, munozara jarayonida uchraydi. Bahs qatnashchilaridan biri malum bir tezisni ilgari surib, uni himoya qilsa (proponent), boshqasi unga qarshi chiqadi (opponent). Hal qilinmagan, munozarali masalalar bo'yicha olib boriladigan bahslar polemika hisoblanib, unda qarama-qarshi tezislar asoslanibgina qolmay, balki tanqidiy analiz ham qilinadi. Raddiya uch xil usul bilan amalga oshiriladi: I. Tezisni rad etish II. Argumentlarni rad etish III. Demonstratsiyani rad etish. I.Tezisni rad etish. Tezisni rad etishning quyidagi usullari mavjud: 1. Faktlar orqali rad etish. Bu eng ishonchli va samarali usuldir. Bunda bo'lib o'tgan voqealar, statistik malumotlarga asoslanib tezis rad etiladi. Masalan, “Bu qo'lyozma XVII asrda yozilgan”, degan tezisni rad etish, ya'ni uning noto'g'ri ekanligini isbotlash uchun yozuv usuli, qog'ozning turi, qaysi alifboda yozilganligi kabi faktlarga asoslanamiz va tezisni rad etamiz. 2. Tezisdan kelib chiqadigan natijalarning xatoligini (yoki ziddiyatli ekanligini) ko'rsatish orqali rad etish. Bunda tezisdan kelib chiqadigan natijalarning chin emasligi asoslab beriladi. Bu usul «bemanilikka olib kelish», deb ataladi. Rad etilayotgan tezis vaqtincha chin deb tan olinadi, undan kelib chiqadigan natijalar aniqlanib, bu natijalarning haqiqatga zid, noto'g'ri ekanligi isbotlanadi. Chin asosdan xato natija kelib chiqmaydi, aks holda bu bemanilik bo'ladi. «Bemanilikka olib kelish» usulining formulasi quyidagicha: (a>b) > ((a>b)>a) 3. Tezisni antitezisni isbotlash orqali rad etish. Rad etilayotgan tezisga zid bo'lgan yangi tezis (antitezis) olinadi va isbotlanadi. Uchinchisi istisno qonuniga muvofiq, antitezisning chinligidan tezisning xatoligi keltirib chiqariladi. II. Argumentlarni rad etish. Tezisni isbotlash uchun opponent tomonidan keltirilgan argumentlar tanqid qilinib, ularning xatoligi yoki tezisni isbotlash uchun etarli emasligi aniqlanadi. Argumentlarning xatoligi tezisning ham xato ekanligini isbotlamaydi, bunda tezis chin bo'lishi ham mumkin. Argumentlarni rad etish orqali tezisning isbotlanmaganligi asoslab beriladi. III. Isbotlash usulini tanqid qilish orqali rad etish. Rad etishning bu usulida isbotlashda yo'l qo'yilgan xatolar aniqlanadi. Bunda rad etilayotgan tezisning chinligi uni asoslash uchun keltirilgan argumentlardan bevosita kelib chiqmasligi asoslab beriladi. Isbotlash usulida yo'l qo'yilgan xato aniqlanganda tezis rad etilmaydi, uni qayta isbotlash talab qilinadi. Rad etishning yuqorida ko'rsatilgan usullari ko'pincha birgalikda, bir-birini to'ldirgan holda qo'llanadi. Isbotlash va rad etish qoidalari, ular buzilganda kelib chiquvchi xatolar Tezisga aloqador qoidalar: 1. Tezis mantiqan aniq va ravshan bo'lishi kerak. Bu qoida buzilsa, isbotlash yoki rad etish o'zining aniq predmetiga ega bo'lmay qoladi, uni amalga oshirishga urinish behuda ish hisoblanadi. 2. Tezis isbotlash yoki rad etish davomida boshidan oxirigacha o'zgarmasligi kerak. Bu qoida buzilsa, «tezisni almashtirish» degan xato kelib chiqadi. Argumentlarga nisbatan qoidalar: 1. Tezisni asoslash uchun keltirilgan argumentlar chin hukmlar bo'lishi va bir-biriga zid bo'lmasligi lozim. 2. Argumentlar tezisni asoslash uchun etarli bo'lishi kerak. 3. Argumentlar tezisdan mustaqil holda chinligi isbotlangan hukmlar bo'lishi lozim. Isbotlash usulining qoidasi: 1. Tezis argumentlardan mantiqiy tarzda kelib chiqadigan xulosa bo'lishi lozim. Buning uchun isbotlash yoki rad etishda xulosa chiqarish qoidalariga rioya qilish zarur. Isbotlash va rad etish qoidalarining buzilishi mantiqiy xatolarga olib keladi va ular uch turga bo'linadi: I. Isbotlanayotgan tezisga aloqador xatoliklar: 1.Tezisni almashtirish. Tezis isbotlash yoki rad etish davomida o'zgarmasligi shart, degan qoidaning buzilishi tezisning almashtirilishiga sabab bo'ladi. Tezis ataylab yoki bilmasdan boshqa tezis bilan almashtiriladi va bunda yangi tezis isbotlanadi yoki rad etiladi. Tezis mazmunining torayishi yoki kengayishi ham bahs jarayonida tezisning o'zgarishiga olib keladi. Masalan, respublikamiz taraqqiyoti uchun milliy mafkura, milliy g'oyaning ahamiyati to'g'risidagi tezisni isbotlash davomida umuman jamiyatga mafkura kerakmi yoki yo'qmi, degan masalani isbot etishga harakat qilinsa, unda tezisning mazmuni kengayib ketadi va tezis almashinadi. 2.Insonning shaxsiy sifatini bahona qilib tezisni almashtirish. Bahs jarayonida mavzudan chetga chiqib, opponentning shaxsiy, ijtimoiy hayoti, yaxshi fazilatlari yoki kamchiliklari xususida fikr yuritib, shu asosda tezisni isbotlangan yoki rad etilgan, deb takidlash tezisning almashinishiga sabab bo'ladi. Bunday xatoga ataylab yo'l qo'yiladi. Tinglovchilarning his-tuyg'ulariga tasir qilish orqali isbotlanmagan tezisning chin deb qabul qilinishiga urinish ham tezisni almashtirish hisoblanadi. 3.Ortiqcha yoki kam isbotlashga urinish natijasida tezisning almashinishi. Fikr ortiqcha isbotlansa, berilgan tezis o'rniga undan kuchliroq tezisni isbotlashga harakat qilinadi. Agar A hodisadan V kelib chiqsa, lekin V hodisadan A kelib chiqmasa, unda A hodisani ifodalovchi tezis V hodisani ifodalovchi tezisdan kuchliroq bo'ladi. Masalan, «A shaxs birinchi bo'lib janjalni boshlamagan» degan tezis (V) o'rniga, «A shaxs umuman janjal bo'lgan erda yo'q edi» degan tezisni (A) isbotlashga harakat qilinadi. Ikkinchi tezisni isbotlab bo'lmaydi, chunki A shaxsning janjalda qatnashganligini ko'rgan guvohlar bor. II. Argument (asos)larga taalluqli xatolar: 1.Asoslarning xatoligi. Tezis isbotlanganda yoki rad etilganda xato argumentlarga chin deb asoslanish natijasida ataylab yoki bilmasdan mantiqiy xatoga yo'l qo'yiladi. Masalan, qadimgi grek faylasufi Fales o'z talimotini hamma narsa suvdan paydo bo'lgan, degan fikrga asoslanib yaratgan. 2.Asoslarni avvaldan taxminlash shaklidagi xato. Tezis isbotlanmagan argumentlarga asoslansa, bunday argumentlar tezisning chinligini isbotlamaydi, balki tezisning chinligi taxminlanadi, xolos. 3. “Aylanma isbot etish” deb nomlanuvchi xato. Tezisning chinligi argumentlar orqali, argumentlarning chinligi tezis orqali isbotlansa mantiqiy xatoga yo'l qo'yiladi. Masalan, “So'zning qudrati fikr bilan o'lchanadi”, degan tezisni “Fikrning qudrati so'z bilan o'lchanadi”, deb isbotlasak, yuqorida aytilgan xatoga yo'l qo'yiladi. III. Isbotlash usuli (demonstratsiya) bilan bog'liq xatolar. 1. “Yolg'on (soxta) isbotlash”. Agar tezis uni isbotlash uchun keltirilgan argumentlardan bevosita kelib chiqmasa, mantiqiy xatoga yo'l qo'yiladi. Bunda tezisga aloqador bo'lmagan argumentlarga asoslaniladi. Masalan, “A shaxs yomon odam”, degan tezis “Tunda yomon odamlargina ko'chada yuradi”, “A shaxs ko'chada tunda yuribdi" degan argumentlar bilan asoslansa, fikr yuzaki (soxta) isbotlangan bo'ladi. 2.Shartlangan fikrdan shartlanmagan fikrga o'tish. Muayyan vaqt, munosabat doirasida chin bo'lgan (shartlangan) fikrni, doimiy, o'zgarmas chin fikr deb qabul qilish natijasida mantiqiy xatoga yo'l qo'yiladi. 3.Xulosa chiqarish qoidalarining buzilishi bilan bog'liq bo'lgan xatolar. Argumentlashning strategiyasi va taktikasi. Fikrni asoslashda uchraydigan xatolar. Argumentlashning strategiyasi – argumentlashning maqsadi bo'lib, ishontirish, g'alaba qozonish, kelishish, echimni topish, o'ziga nisbatan ishonchni mustahkamlash va shu kabilarda namoyon bo'ldi. Mantiq qonunlari, isbotlovchi muhokama yuritish argumentlashning strategik prinsiplari hisoblanadi. Konkret vaziyatga mos bo'lgan kommunikativ modelni tanlash ham argumentlashning strategiyasiga kiradi. Argumentlashning strategiyasi ishtirokchilarning maqsadi orqali aniqlanadi. Shunga ko'ra haqiqatga, ishonchni shakillantirishga, g'alabaga va kelishuvga qaratilgan strategiyalarni farqlash mumkin. Bazan bu strategiyalar birlashib ketishi kuzatiladi. Argumentlash strategiyasi maruza, suhbat, dialog, bahs-munozara, yozma argumentlash, o'zi uchun argumentlashda turli xil bo'ladi. Argumentlash strategiyasini belgilab olganda argumentlovchi dalillar asosiy va qo'shimcha turlarga ajratiladi, asosiy dalillar etarli bo'lmasa qo'shimchalaridan foydalanish yoki asosiy dalillar etarli bo'lsa, qo'shimchalarini qo'llamaslik rejalashtiriladi. Argumentlashning taktikasi deb, argumentlarni eng unumli qo'llash usuli; raqibning qarshi argumentlariga munosabat shakli; argumentlashning strategik maqsadlariga erishish uchun qo'llaniladigan usul va vositalar majmuiga aytiladi. Argumentlashning taktikasi turli usullarni o'z ichiga oladi: -argumentlarni tanqid qilish. (opponentnig yolg'on tezisini ishonchli faktlar bilan rad etish); -dushmanning qurolini o'ziga qarshi qo'llash prinsipi (opponentning fikrlarini o'ziga qarshi ishlatish); -isbotlash yukini raqibiga ag'darish (haqiqat sukut saqlashdadir); -pala-partish so'zlash; -hamma narsani rad etib, o'zini aqlli ko'rsatish; -“bemanilikkka olib kelish” usuli ( opponentning fikri bemani ekanligini istehzo va kinoya bilan isbotlash); -“shaxsga murojat qilish” (tezisni almashtirish); -bumerang usuli (qarshi tomonning argumentini o'ziga qaytarib qo'llash); -isbotlash usulini rad etish;. -savollar xujumini uyushtirish va b. Bahsda qo'llaniladigan hiylalar: -yolg'on uyatga qo'yish (opponentning atrofdagilar oldida obro'si to'kilishdan xavotirlanishni bilib, undan foydalanish); -argumentlarni “yog'lash” (opponentga oshkora xushomadgo'ylik qilish); yosh, malumot va mavqeni pesh qilish (masalan, avval diplom oling, keyin gapiring); -gapni boshqa tomonga burish; -qatiy oxangda so'zlash; -ataylab bahsni to'xtatish va b.. Fikrni asoslashda uchraydigan xatolar turli-tuman bo'lib, ulardan bazilarini ko'rib chiqamiz. Cofizm so'zi “ayyorlik”,“soxta donolik” degan manolarni bildiradi. Bunday ishlar bilan shug'ullanuvchilar, yani rostni yolg'on, yolg'onni rost deb tasdiqlovchi, o'zini dono, boshqalarni esa nodon qilib ko'rsatuvchi kishilar sofistlar-safsatabozlar deb ataladi. Sofistlar chin fikrni xato, xato fikrni esa chin deb isbotlovchi kishilar bo'lib, o'z maqsadlarini amalga oshirishda o'ziga xos isbotlash usullaridan foydalanadilar. Farobiy “Falsafatu Aristutolis” nomli risolasida safsatabozlar qo'llaydigan quyidagi olti usulni ko'rsatadi: “1) tanbeh berish; 2) dovdiratish; 3) tuxmat qilish; 4) nutqda duduqlanishga majbur qilish; 5) bemani narsalardan foydalanish, safsata; 6) suhbatdoshga so'z bermaslik”.Sofistik muhokamalarga chalkashtirish, yanglishtirish, aldash, noto'g'rini to'g'ri, to'g'rini noto'g'ri deb bilish xosdir. Sofistik muhokamalar so'zlovchi va tinglovchi orasidagi fikr almashinish jarayonida, suhbat va bahs yuritishda qo'llaniladi. Bunday muhokamalardan maqsad suhbatdoshining yolg'on gapirayotganligini ko'rsatish, uning fikrini yuzaki rad etgan holda, hamma tomonidan qabul qilingan fikrlarga nisbatan zid fikrga olib kelish, fikrini chalkash bayon qilishga va (suhbatdoshini) xadeb bir fikrni qayta takrorlashga (ezmalik qilishga) majbur etishdir. Sofistlar o'z maqsadlarini amalga oshirishda insonning ruhiy holatidan, tafakkurida o'rnashib qolgan fikrlaridan, odatlaridan, shuningdek biror g'oyaning tarafdori ekanligidan ustalik bilan foydalanadilar. Masalan, . “Kal” sofizmi: -Agar odamning boshidan bir dona soch tolasi to'kilsa, u kal bo'ladimi? -Yo'q. -O'n dona to'kilsa-chi? - Kal bo'lmaydi. -Bittadan boshdagi hamma sochlar to'kilgandachi? -Unda kal bo'ladi. -Sen o'z so'zingga o'zing qarshi chiqayapsan. Hozirgina bitta sochi to'kilsa kal bo'lmaydi degan eding. Bu sofizmda bir dona soch tolasining to'kilishi bilan bittadan hamma soch tolasining to'kilishi bir xodisa deb ko'rsatiladi. Bahs-munozara jarayonida mantiqiy qonun-qoidalarning buzilishi bilan bog'liq bo'lgan va bilmasdan yo'l qo'yilgan mantiqiy xato – paralogizmlar deb ataladi. Masalan: “Missioner” parologizmi. Bir missioner (dinni targ'ib qiluvchi odam) kannibal (odamxo'r)lar orasiga tushib qolibdi. Kanniballar uni qanday qilib eyish masalasida bahslashib qolishibdi. Bazilari qovurish kerak desa, boshqalari qaynatish kerak debdi. O'zaro kelisha olmay bir qarorga kelishibdi. Ular missionerga: “Sen biror gap aytgin. Agar gaping to'g'ri bo'lsa, seni qaynatib, noto'g'ri bo'lsa, qovurib yeymiz” - deyishibdi. Missioner ularga “Meni qovurib yeysizlar”- deb javob beribdi.” Missionerning javobi kanniballarning o'zaro tortishuviga sabab bo'libdi. Chunki qovirib yesalar, u to'g'ri gapirgan bo'ladi va uni qaynatish kerak bo'ladi. Agar qaynatib yesalar, unda noto'g'ri gapirgan bo'ladi va shartga muvofiq uni qovirish kerak bo'ladi. Kanniballarning tortishuvidan foydalangan missioner qochib qutilibdi. Chinligini ham, xatoligini ham birdek isbotlash mumkin bo'lgan fikrlarga esa paradoks deyiladi. Masalan, “Buning isboti yo'qligi isbotlangan”, “Hech qachon “hech qachon” so'zini aytma”, “O'yinning faqat bitta qoidasi bor, u ham bo'lsa, hech qanday qoida yo'q.” Yuqorida qayd etilgan holatlarni bilib olish insonga bahs- munozara jarayonida dadil ishtirok etib, o'z qarashlarini ximoya qilishga, mustaqil nuqtai nazarga ega bo'lishga va boshqalarning zararli tasirlaridan saqlanishga yordam beradi. Mantiq fani haqidagi fikrimizni shu yerda muxtasar qilar ekanmiz, buyuk mutafakkir Forobiyning mantiq ilmining ahamiyati haqidagi bildirgan fikrlari bilan xulosa qilamiz: “Bizning maqsadimiz aqlni, xatoga yo'l qo'yish mumkin bo'lgan barcha hollarda, to'g'ri tafakkurga yetaklaydigan, uning yordamida har safar xulosa chiqaryotganda adashishga qarshi ehtiyot choralarini ko'ratadigan san'atni – mantiq san'atini o'rganishdir. Uning asosiy qonun-qoidalarining aqlga bo'lgan munosabati grammatika san'ati qoidalarining tilga bo'lgan munosabatiga o'xshash; xuddi grammatika kishilarning tilini to'g'rilash ehtiyoji sabali yaratilgani, unga xizmat qilishi zarur bo'lgani singari, mantiq ham tafakkur jarayonini yaxshi amalga oshirish maqsadida xatoga yo'l qo'yish mumkin bo'lgan barcha hollarda aqlni to'g'rilab turadi” Download 65.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling