6 Moliyaviy investitsiyalar auditi va auditor xulosasi Xulosa
Download 99 Kb.
|
Audit kurs ishi Muxammadov U
Mundarija Kirish………………………………………………………………..…… 2 1.Moliyaviy investitsiyalar auditining nazariy asoslari………………..… 3 2.Moliyaviy investitsiyalar auditida audit xavf xatari, majburiyat xati va audit rejasini tuzish, hamda rasmiylashtiris……………………….6 3.Moliyaviy investitsiyalar auditi va auditor xulosasi……………………. 13 Xulosa…………………………………………………………….……… 15 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati……………………………………...16 Kirish Mavzuning dolzarbligi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida respublikamiz iqtisodiyotida ijobiy o‘zgarishlar yuz bermoqda, yangi tarmoqlar bunyod etilmoqda, xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar soni oshib bormoqda. Iqtisodiy o‘sishga katta miqdorida investitsiyalar ajratilmoqda. Respublikamiz iqtisodiyotiga safarbar etilgan yirik miqyosdagi investitsiyalar import o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarishning barpo qilinishi va yangi mahsulot turlarining o‘zlashtirilishi bilan bog‘liq bo‘lib kelmoqda. Bunday o‘zgartirishlar jahon xo‘jaligiga kirib borish, mamlakat iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga erishish imkoniyatlarini yaratadi. Investitsiyalashning ustuvor yo‘nalishlarini aniq belgilash, ilmiy asoslangan investitsiya qarorlarini qabul qilish investitsiya faoliyatini oqilona tartibga solish asosida ichki va tashqi moliyaviy manbalarning barcha shart-sharoitlarini hisobga olgan holda investitsiyalarni jalb qilish milliy iqtisodiyotning kelajagini belgilaydi. Mamlakatimiz investitsiya faoliyatida, ayniqsa, xorijiy investitsiyalar ishtiroki kuchayib bormoqda. Bu borada O‘zbekistonRespublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev bevosita xorijiy investitsiyalar to‘g‘risida fikr bildirib, «Bir oddiy haqiqatni yaxshi tushunib olish kerakki, O‘zbekistonga kiritilayotgan investitsiyalar, ayniqsa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri kelayotgan sarmoyalar oqimi har bir kishi, umuman jamiyat hayoti uchun suv va havodek zarur» 1 , – deb baholaydi. Yuqoridagilardan kelib chiqib iqtisodiyot uchun investitsiyalarning muhim ahamiyat kasb etishi, korxonalarda investitsiyalar hisobi va auditi masalalariga alohida e’tibor berish ustuvor vazifaga aylanadi. Shu nuqrai-nazardan ushbu kurs ishining mavzusi “Moliyaviy investitsiyalarning auditi” deb nomlandi va mavzuning dolzarbligi quyidagilarda namoyon bo’ladi. Download 99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling