6-noyabr Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘z lavozimiga kirishishiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi


Download 14.5 Kb.
Sana09.04.2023
Hajmi14.5 Kb.
#1344078
Bog'liq
2 5278404138361688045


6-noyabr
Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘z lavozimiga kirishishiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Markaziy saylov komissiyasi raisi Shavkat Mirziyoyevga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti guvohnomasini topshirdi. Prezident Konstitutsiyamizning 92-moddasiga muvofiq qasamyod qildi hamda kelgusi besh yilga mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlar haqida nutq so‘zladi.
9-noyabr
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining navbatdagi sammitida ishtirok etish uchun 11-12 noyabr kunlari Turkiyada tashrif bilan bo‘ladi. Bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuv kun tartibidan kengash doirasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni kengaytirish masalalari o‘rin olgan. Tashkilot faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari ham ko‘rib chiqiladi. Tashrif dasturida Istanbul shahrida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ham ko‘zda tutilgan. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Istanbul shahrida o‘tayotgan Turkiy kengash sammiti doirasida Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Davlat rahbarlarining joriy yil mart oyida Toshkentda o‘tgan uchrashuvi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, mintaqaviy hamkorlik, shu jumladan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi doirasidagi sheriklikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.
12-noyabr
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy kengashning sakkizinchi sammitida ishtirok etdi. Savdo, investitsiyalar, “yashil” iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar, transport va kommunikatsiyalar, ta’lim va madaniyat sohalaridagi munosabatlarni har tomonlama kengaytirish va mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi. Prezidentimiz tashkilot doirasidagi hamkorlikning ulkan salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish va tashkilotni mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslarni ilgari surdi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan uchrashdi.
Davlatimiz rahbari Turkiya etakchisini Turkiy davlatlar tashkilotining tarixiy sammiti muvaffaqiyatli o‘tkazilgani va ushbu nufuzli mintaqaviy tuzilmaga raislikni qabul qilib olgani bilan tabrikladi.
Prezidentlar O‘zbekiston-Turkiya strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqdilar.
19-noyabr
Prezident Shavkat Mirziyoyev 19 noyabr kuni Rossiyaga tashrif bilan keldi. Moskvadagi “Vnukovo-2” aeroportida davlatimiz rahbarini Rossiya Federatsiyasi Prezidenti yordamchisi Maksim Oreshkin va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. Bugun Kremlda bo‘lib o‘tadigan muzokaralarda ikki davlat rahbarlari O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash, turli sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qiladilar. Moskvadagi “Vnukovo-2” aeroportida davlatimiz rahbarini Rossiya Federatsiyasi Prezidenti yordamchisi Maksim Oreshkin va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. Bugun Kremlda bo‘lib o‘tadigan muzokaralarda ikki davlat rahbarlari O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash, turli sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qiladilar.
25-noyabr
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yevropa Ittifoqining Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Margaritis Sxinas boshchiligidagi delegatsiyasini qabul qildi. O‘zbekiston va EI o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim bo‘yicha muzokaralarni yakunlash va uni tez fursatda qabul qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mintaqa kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi
28-noyabr
Turkmaniston poytaxtida o‘tayotgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Prezidentlar Afg‘onistondagi bugungi vaziyatdan kelib chiqib mintaqa kun tartibi hamda xalqaro tashkilotlar doirasidagi yaqin muloqotni davom ettirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratdilar
Download 14.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling