6 seminar Ma’rifatchilik adabiyotiga xos xususiyatlarni ko‘rsating


Download 20.26 Kb.
Sana31.05.2020
Hajmi20.26 Kb.
#112579
Bog'liq
304 Shokir 6


6 – seminar

  1. Ma’rifatchilik adabiyotiga xos xususiyatlarni ko‘rsating.

Qo‘qonda Muqimiy (1850 – 1903), Furqat (1859 – 1909), Zavqiy (1853 – 1921), Muhayyir (1845 – 1918, Usmonxo‘ja Zoriy (1839 – 1916) abilar adabiy davra tashkil etadilar. Qo‘qon adabiy maktabining vakillaridan Umidiy-Havoiy (1835 – 1905), Kattaqo‘rg‘onlik Ochildimurod Miriy (1830 – 1899), epik janrlar taraqqiyotiga xususan, dostonchilikka katta hissa qo‘shdilar. Umidiy-Havoiy “Maktubchai xon”, “Jangnoma”, “Badavlatnoma yoki Xo‘qand” kabi dostonlar yozdi. Miriy esa “Ra’no va Zebo” (1844), “Qissai Salim Javhariy” (1887), “Rustam va Suhrob” (1897), “Majididdin va Faxruniso” (1899) kabi dostonlari, “Gulnoma”, “Choynoma” singari doston-masnaviylar bilan o‘zbek epic poeziyasi taraqqiyotiga katta hissa qo‘shdilar.

Namanganda Nodim (1844-1909), Ibrat (1862-1937), So‘fizoda (1880-1937) Andijondan Adurazzoq Bimiy (1847 – 1918), Xo‘janddan Toshxo‘ja Asiriy (1864 – 1916), Sayramda Yusuf Saryomiy (1840 – 1912), Toshkentdan Karimbek Kamiy (1865 – 1922) kabilar Qo‘qondagi adabiy suhbatlarda tez-tez ishtirok etib turdilar. Xivada xonning o‘zi Muhammadrahimxon Soniy Feruz (1844 – 1910) saroyda adabiy muhit maydonga keltirdi. 1864 – yilda 20 yoshida taxtga chiqib salkam 47 yil hukmronlik qilgan bu xon uni yaqindan bilgan ko‘pchilik tadqiqotchilar fikricha, O‘rta Osiyo xonlari orasida eng ziyolisi edi. U “usuli jaded”ga yo‘l berdi, ruslar kelmasdan ancha ilgari Xivaga toshbosma topib keldi. Uning topshirig‘I bilan Ahmad Tabibiy (1869 – 1911) “Majmuatush shuaroyi Feruzshohiy” (Feruzshoh shoirlari antologiyasi)ni tuzadi. Ular orasida Komil Xorazmiy (1825-1899), Muhammad Rasul Mirzo (1840 – 1922), Avaz O‘tar (1884-1919) kabi xilma-xil ko‘lam va qudratdagi shoirlar bor edi.

Buxoro amirlaridan Abdulahadxon (1882 – 1911) ham she’r yozar edi. Hisor hokimi “Husayniy” taxallusi bilan devon tartib qilgan edi. Samarqandda Abdulazim Sipandiy (1829 – 1909), Siddiqiy Ajziy (1864 – 1927), Saidahmad Vasliy (1870 – 1925) kabi shoirlar ijod etdilar. Bu davr adabiyoti yangilanish davri adabiyotidir. Unda qadim davrlardan kelayotgan adbiy turlar saqlanadi. Devon adabiyotida she’riyat (poeziya) asosiy o‘rin egalladi. Aruz asosiy vazn bo‘ldi. G‘azal, ruboiy, tuyuq, tarix, muammo, muxammas, musaddas, musamman va ayniqsa masnaviydan keng foydalaniladi.

2.Jadid adabiyotining yetakchi belgilarini bildiring.

Jadid adabiyoti mumtoz adabiyotning shakli va mazmuniga jiddiy o‘zgarishlar olib kirdi. Bu o‘zgarishlarning birinchisi adabiyotda hali shu paygacha ko‘rinmagan yangi janrlarning paydo bo‘lishida ko‘rindi. Avvalo jaded adabiyotda tamomila yangi publitsistika janri vujudga keldi va XX asr adabiyotida mustahkam o‘rin egalladi. Birgina Behbudiyning o‘zi 200 dan ziyod publitsistik maqola yozdi. Avlniy, Munavvar qori, Mirmuhsin, Hamza kabilar o‘zbek publitsistikasining beshigini tebratgan ijodkor bo‘lib qoldilar. Jadid adabiyotida she’riyat ruhan yangilandi. Asrlar mobaynida qon-qoniga singigan sokin pand-nasihatdan jangovar murojaatga, keskin targ‘ibotga o‘tdi va bu bilan xalqning ruhini yangilashga, o‘zlarini anglatishga kirishdi. Shaklda asta-sekin aruz vazni qobig‘ini yorib chiqishga urinishlar sezildi. Bu borada Fitrat, Qodiriy, Avloniy, Hamza, Cho‘lponlar ibrat ko‘rsatdilar. She’riyatga millatni asoratdan qutqarish, ozodlik g‘oyasi kirib keldi. Bu g‘oyalarni esa sokin usulda, ko‘hna aruz vaznida ifodalash mumkin emasdi. Fikrlarimni ayrim misollar bilan kengaytiraman. Jadid adabiyotida realistic proza paydo bo‘ldi. Aslida proza o‘zbek adabiyotiga begona emas. U adabiyotning ilk shakllanish davridan beri hamroh bo‘lib keladi. Ayniqsa, hikoya janri o‘zining ma’lum an’analriga egaligi bilan ajralib turadi. Jadid adabiyoti oyoqqa turgan paytga kelib hikoya janri ham mavzusi, ham mazmuni jihatdan yangilanish yo‘liga kirdi. Unda realistik unsurlar, hayotiylik, detallarning haqqoniyligi kuchaydi. Epik turning eng yirik janri roman ham jaded adabiyoti bag‘rida tug‘ildi va voyaga yetdi. Dastavval roman atamasi iste’molga kirib keldi. Uni birinchi bo‘lib Hamza Hakimzoda Niyoziy tilga oldi va “1908-yilda “haqiqat kimda” nomli o‘tmish xonlar hayotidan roman yozdim” deydi. Xullas shuni alohida ta’kidlash lozimki, jadid adabiyoti aholini ma’rifat, istiqlolga targ‘ib etganligidan uning janrlarida ham publitsistik ruh kuchli edi, grajdanlik tuyg‘ulari ustuvor edi, xalqni milliy o‘zligini anglashi n chaqiriq yetakchi edi. Bu jaded adabiyotining o‘ziga xos fazilatlaridir.



3.Sovet davri adabiyotiga xos jihatlarga to‘xtaling.

Sovet davrida 1960 – yilda Muqimiy asarlarining 2 jildligi bosildi. Professor G‘ulom Karimov u haqda monografiya yaratdi (1970).



Muqimiy tabiatan hozirjavob kishi edi. Ko‘plab zamondoshlari singari o‘zbek va tojik tilida baravar yoza boshladi. Ko‘pgina she’rlari o‘zining yozilish tarixiga ega. Ma’lum munosabat bilan yozilgan she’rlari orasida Toshkent noibi vafotiga bag‘ishlangan (“Tarixi favti noibi Toshkanday”) besh baytlik tojikcha tarix-marsiyasi bor. Muqimiyning juda ko‘p g‘azallari uning tirikligidayoq qo‘shiq qilib kuylangan. Uning she’rlari xonandalar orqali tez yoyilar, zamondoshlaridan juda ko‘p san’atkorlar o‘z hayotlarini Muqimiy ijodi bilan bog‘lar edilar. Bu she’rlarning mavzui aksariyat an’anaviy, yor haqida. Uning husni, ya’ni qoshi, ko‘zi, yuzi, sochi, qaddi-qomati ta’rifiga bag‘ishlangan. Muqimiy lirik janrlardan murabbaga alohida e’tibor berdi. Muqimiyning murabbalari yigirmadan ortiq, deyarli hammasi ishqiy mavzuda. Ohangdor, ravon. Muqimiy ko‘plab hajviy she’rlar ham yaratdi. XIX asr oxiridagi tarixiy sharoitda tomir otgan takabbur, poraxo‘r tanobchilarning, tovlamachi, yulg‘ichlarning esda qoladigan obrazlarini yaratdi. U o‘z she’rlaridan birini “Tanobchilar” deb atadi. Bu hajviyalar ko‘pchiligi mumtoz she’riyatimizning masnaviy janrida yozilgan. Masalan, “Tanobchilar”, “To‘yi Iqonbacha”, “Moskovchi boy ta’rifida”, “Voqeai Viktor” va boshqalar. Muqimiy Farg‘ona vodiysi bo‘ylab qilgan sayohatlari taasurotlarini she’r qilib yozgan va bular “Sayohatnoma” nomi bilan shuhrat topdi. Bular shoirning Qo‘qon-Farg‘ona, Qo‘qon-Shohimardon, Qo‘qon-Isfara sayohatlari taasurotlaridir. Muqimiy yangilana boshlagan adabiyotning g‘oya va mazmuniga emas, shaklu ifodalariga ham ma’lum yangilklar kiritdi. Hajvga alohida e’tibor berdi. Ijtimoiy fikrga, jamiyat tanqidiga maxsus diqqatni qaratdi. Muqimiy haqida bir qator badiiy asarlar yozilgan jumladan, Sobir Abdullaning “Mavlono Muqimiy” romani bor.
Download 20.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling