Yoshlar axloqiy tafakkuriga tahdid soluvchi illatlarni ko'rsating.
Taraqqiyotning hozirgi bosqichida jahonda g`oyat murakkab va tahlikali jarayon kechmoqda. Bular dunyoning siyosiy, mafkuraviy manzarasidagi o`zgarishlar, taraqqiyotning yangi bosqichga ko`tarlishi, bu taraqqiyotga g`ov bo`ladigan, demokratik rivojlanishni izdan chiqaradigan, jamiyat barqarorligiga rahna soladigan g`oyaviy-mafkuraviy to`siqlarning paydo bo`lii bilan izohlanadi.
Oqibatda tili, dini, e’tiqodidan qat’iynazar, insonning erkin bo`lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning ruhiy dunyosini izdan chiqarish maqsadini ko`zlaydigan g`oyaviy, mafkuraviy va informatsion xurujni ifodalovchi “ma’naviy tahdid” tushunchasi o`ziga xos ma’no va mazmun kasb etadi.
Mafkuraviy tahdid o`z mohiyatidan kelib chiqib, eng avvalo, inson ongiga, tafakkuri va xulq-atvoriga xavf-xatar solmoqda. Inson ongi va kalbini vayronkor xamda buzg`unchi g`oyalar bilan izdan chikarishga harakat qilish mafkuraviy tahdidning eng asosiy mazmun-mohiyatini belgilaydi. Mafkuraviy tahdid muayyan jamiyat a’zolarini yagona maqsad va muddaolardan chalg`itib, milliy mentalitetga mos kelmaydigan begona g`oyalar, fikrlar, maqsadlar va karashlarni chetdan turib eksport qilish jarayonida o`zini yanada anikroq namoyon qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |