6-sinf 1-bilet qadimgi Misr davlati. Xeroniya ostonasidagi jang haqida ma’lumot bering
Sin Shixuandi hukmronligi davrida Xitoyda ko`chmanchi xunnlarning , ahyon- ahyondagi hujumlaridan himoyalanish uchun Ulug` devorni
Download 480.56 Kb. Pdf ko'rish
|
imtixon javoblari 6 sinf tarix
- Bu sahifa navigatsiya:
- Miloddan avvalgi IX asrda
- Miloddan avvalgi 590-yilda
2. Sin Shixuandi hukmronligi davrida Xitoyda ko`chmanchi xunnlarning , ahyon-
ahyondagi hujumlaridan himoyalanish uchun Ulug` devorni bunyod etish boshlab yuborildi. Devorning balandligi 12 metr, kengligi 5 metr, uzunligi esa qariyb 4000 kilometrni tashkil etadi. Qadim zamonlarda dushman qo`shinlari uchun jiddiy to`siq bo`lib xizmat qilgan, negaki otliq qo`shinlar undan oshib o`ta olmas, qal`alarni shturm bilan zabt etishni esa ko`chmanchilar hali uddalay olishmasdi. Podshoh va amaldorlari yuz minglab dehqonlarni devor qurilishida tekindan-tekin ishlab berishga majbur qiladilar. Ulug` devorni belkuraklar, cho`kichlar va zambil g`altaklar yordamida barpo etadilar. O`sha kezlar dehqon oilasida o`g`il bola tug`ilishi musibat o`rnida ko`rilgan: voyaga yetganidan keyin uni baribir devor qurilishiga jo`natadilar, uyoqdan tirik qaytib kelish esa hammaga nasib etavermaydi. Minglab qullar va asirlar devor qurilishidagi haddan tashqari og`ir mehnatdan halok bo`lishdi. O`lib qolganlarni shu yerning o`zida ko`tarmalarga ko`mib yuborishardi. Devor qurilishi nihoyasiga yetganidan keyin (ming yildan ziyod davrda qurilgan) hukmdorlarda uni mudofaa qilishga yetarli qo`shin yo`qligi ham ma`lum bo`ldi. 4-BILET 1. Urartu podsholigi. 2. Salamin jangi haqida ma’lumot bering. 1. Urartu podsholigi tarixda Urartu nomi bilan ma`lum. Bu davlat Kavkazortida, Van, Urmiya va Sevan ko`llari oralig`ida joylashgan edi. Aholisini urartlar deyishgan. Urartu davlati miloddan avvalgi XI asrda tasilkil topadi. Yagona davlat tasilkil topishi Mingbuloq tumani 13-maktab Sobirov Tohirjon @Tohirjon86 Ossuriya hujumlaridan mudofaa qilish zaruratini tezlashtiradi. Ossuriyaliklarni tor-mor etish imkoniyati bo`lmagan Urartu qo`shinlari to`g`ridan-to`g`ri janglarga kirmaslik taktikasiga amal qilardilar. Miloddan avvalgi IX asrda Sardur hukmronligi davrida Urartu davlati gullab-yashnadi. Tushpa shahri Urartu davlati poytaxtiga aylanadi. Urartlar bir necha bosqinchilik yurishlariga chiqadilar, ossuriyaliklar ustidan g`alaba qozonadilar. Ammo miloddan avvalgi 704-yilda ossuriyaliklar qo`shinlari urartlar armiyasini tor-mor etib tashladi. Bir qancha Urartu hukmdorlari davrida jamlangan ulkan xazina g`oliblar qo`liga o`tadi. Teyshebaini shahridagi qal`a ishg`ol etildi va vayron qilib tashlandi. Shundan keyin Urartu podsholigi ancha zaiflashib qoldi, uni ko`chmanchi skif qabilalari va Midiya podsholigi o`ziga tobe` ayladi. Miloddan avvalgi 590-yilda Urartu podsholigi ham tarix sahnasidan ketdi. 2. Salamin jangi Femistoklning maslahati bilan yunonlar 200 ta harbiy kema – triyer qurishdi. Bu harbiy kemalar qoyalar orasidan va sayoz joylardan oson suzib o`tar, o`sha davr uchun katta tezlikda – soatiga 18 kilometr tezlikda suza olar edi. Hal qiluvchi dengiz jangi miloddan avvalgi 480-yilda tor Salamin bo`g`ozida bo`lib o`tdi. Yunon davlatlarining birlashgan floti forslarning harbiy flotidan kuchli ekanligi ma`lum bo`ldi. Yengilganidan keyin Kayxusrav (Kserks) flotning qoldiqlari bilan Yunonistonni tark etishga majbur bo`ldi. Download 480.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling