6-sinf adabiyot 2-chorak nazort ishi. Test topshiriqlari 1
Download 44.5 Kb.
|
6-sinf adabiyot 2-chorak yangi darslik
6-sinf adabiyot 2-chorak NAZORT ISHI. TEST TOPSHIRIQLARI 1. Sheʼrni oʻqing. Roʻza aytib kelgan bolalarning soʻzlariga eʼtibor qiling. Roʻzani uch tutib keldik sizga, Roʻzaning zakotini bering bizga. Ramazon aytgan bilan toʻyamizmi, Burungining qaʼdasini qoʻyamizmi? Matndagi “Roʻzani uch tutib keldik sizga” maʼnosi qaysi javobda toʻgʻri koʻrsatilganligini aniqlang. A) oʻzgalardan uchta narsa olib keldik B) uch kun tutib keldik C) berasiz deb Sizga keldik D) uch uy oʻtib keldik 2. Mavsum-marosim qoʻshiqlari berilgan qatorni toping(ikkita javob belgilanadi). A) Ramazon B) Alla C) Mayda-yo mayda D) Omonyor 3. Insonlarni bir-biriga mehmondoʻst boʻlishga, hamkor, mehr-muruvvatli boʻlishga saxiy, qoʻli ochiq boʻlishga xizmat qiladigan qoʻshiqlar mavsum-marosim qoʻshiqlari hisoblanadi. Shu hukm toʻgʻrimi? A) toʻgʻri B) notoʻgʻri 4. Navoiy ruboiysini oʻqing. Kim egri erur, tuzluk emas poyasi ham, Bor oʻzudek egri sudu sarmoyasi ham. Tuzluk ermas shifosiyu voyasi ham, Kim, egri kishining egridur soyasi ham. Berilgan ruboiy mazmuniga mos keladigan gapni aniqlang. A) Toʻgʻri soʻz tuqqaningga yoqmas. B) Egri kishi hech qachon maqsadiga erishmaydi. C) Toʻgʻri boʻlish yaxshi odat. D) Toʻgʻri oshini yer egri boshini. 5. Navoiy ruboiysini oʻqing. Gʻurbatda gʻarib shodmon boʻlmas emish, El anga shafiqu mehribon boʻlmas emish. Oltun qafas ichra gar qizil gul butsa, Bulbulgʻa tikandek oshyon boʻlmas emish. Berilgan ruboiydagi soʻzlar maʼnosi ruboiy mazmuniga mos boʻlgan qatorni toping(ikkita javob belgilanadi. A) gar-agar B) emish- emas C) anga- unga D) boʻlmas- boʻlgan 6. “Adab kichik yoshligʻlarni ulugʻlar duosigʻa sazovor etar”. Ushbu hikmat maʼnosiga mos keladigan variantni aniqlang. A) Odobli bola elga manzur. B) Odob kichik bolalikdan oʻrgatiladi. C) Bolalarning yaxshi odati kattalar duosiga sababdir. D) Kattalar duosini olish bolalarga xosdir. 7. Sheʼrni oʻqing. Yoshlikdan bilim izlab yugurmadim, Xayrin bildim, biroq yuz oʻrgulmadim. Ulgʻayganda qarasam, qoʻlim quruq, Kechikib qoʻl choʻzdimu, ulgurmadim Ushbu sheʼrdagi “xayrin” soʻzini qaysi maʼnoda qoʻllanganligini aniqlang(ikkita javob belgilanadi). A) xayrin-ehson B) xayrin- savob C) xayrin- natijasi D) xayrin- maʼnosini 8. “Rahmat sizga, xonim” asari qahramoni Luella xonimning oʻgʻli necha yoshda boʻladi. A) 14-15 yoshlar chamasi B) oʻgʻillari alohida yashaydi C) oʻzi yolgʻiz yashardi D) farzandi haqida berilmagan. Download 44.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling