6-sinf. Botanika 7-dars: gul


Download 179.84 Kb.
bet9/53
Sana13.10.2023
Hajmi179.84 Kb.
#1701498
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   53
Bog'liq
6-sinf. Botanika 7-dars gul-fayllar.org

Urug‘

Urug‘ – o‘simliklarning ko‘payish organi. U murtak, urug‘palla (endosperma) va po‘stdan iborat.
O‘simlik o‘stirish uchun yerga urug‘ ekiladi. Urug‘dan yosh o‘simlik qanday qilib va nima hisobiga chiqishini hamda rivojlanishini bilish uchun uning tashqi va ichki tuzilishini bilish kerak.
Har bir o‘simlikning urug‘i o‘ziga xos tuzilgan. O‘simliklar urug‘pallasiga qarab bir va ikki urug‘pallali o‘simliklarga bo‘linadi.

8.3. Ikki va bir urug‘pallali o‘simliklarning urug‘lari

Ikki urug‘pallali o‘simliklar. Ularning urug‘ida ikkita urug‘palla va murtak joylashgan. Murtak ildizcha, poyacha va ikkita kichik bargchadan tashkil topgan. Shunday qilib, ikkita urug‘pallaga ega bo‘lgan o‘simliklar ikki urug‘pallali o‘simliklar deyiladi.
G‘o‘zaning chigiti (urug‘i) ustidan qalin yog‘ochsimon qobiq bilan o‘ralgan. Bu qobiq hujayralarida juda uzun tuklar, ya’ni tolalar joylashgan. Yog‘ochsimon qobiq ostida oq va yupqa po‘st, uning ostida esa qat-qat bo‘lib joylashgan urug‘pallalar va murtak o‘rnashgan.
Ikki urug‘pallali o‘simliklar urug‘lari yer yuziga ikkita urug‘palla bargi bilan chiqadi.

Bir urug‘pallali o‘simliklar. Bir urug‘pallali o‘simliklarning urug‘i bitta urug‘palla, murtakdagi boshlang‘ich ildizcha, poyacha va kurtakchadan tashkil topgan. Ularga bug‘doy, arpa, suli, makkajo‘xori kabi o‘simliklar kiradi. Bir urug‘pallali o‘simliklarning urug‘i yer yuziga bitta urug‘palla bargi bilan unib chiqadi.
Bug‘doyning urug‘i (doni) cho‘ziq shaklda. Uning sirti yupqa sariq po‘st bilan qoplangan. Bu po‘st qo‘shilib o‘sgan ikkita qobiqdan iborat. Tashqisi meva qobig‘i, ichkisi esa urug‘ po‘sti hisoblanadi. Bug‘doy, arpa, javdar, suli, sholi, makkajo‘xori kabi o‘simliklarning urug‘i don deb yuritiladi. Bug‘doy donining ichki tuzilishini ko‘rish uchun uni ivitib, so‘ng uzunasiga (bo‘yiga) kesish kerak. Kesikda urug‘ning asosida joylashgan murtakni ko‘rish mumkin. Murtak boshlang‘ich ildizcha, poyacha va kurtakchadan iborat. Bug‘doyning bitta urug‘pallasi murtakni endospermadan ajratib turadi. Murtakdagi bu qismlarni oddiy ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydi. Urug‘ning aksariyat qismi endosperma – oziq moddalar to‘plamini tashkil etuvchi hujayralardan iborat.



Download 179.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling