6-sinf informatika Категория: Информатика


Download 18.49 Kb.
Sana02.02.2023
Hajmi18.49 Kb.
#1146638
Bog'liq
Hujjatlarda shakl va bloksxema


6-sinf informatika
Категория: Информатика01.03.2020 10:20
Нажмите, чтобы узнать подробности

Просмотр содержимого документа


«6_1-dars»
INFORMATIKA. 6-SINF. 1-DARS

Darsning mavzisi: Matn muharrirlari

Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga matnli axborotlarni qayta ishlash uchun mo’ljallangan dasturiy vositalar haqida ma’lumot berish.

Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga estetik tarbiya berish.

Darsning rivojlantiruvchi vazifasi: O’quvchilarning amaliy dasturlarda ishlash malakasini oshirish.

Darsning jihozi: Matn muharrirlari va matn protsessorlarida yaratilgan hujjatlar namunalari

Darsning uslubi: Suhbat.

Darsning borishi.




  1. Tashkiliy qism.



    1. Davomatni aniqlash;



    1. O’quvchilarning darsga tayyorgarligini aniqlash.



  1. O’tgan mavzularni takrorlash.




  1. Yangi mavzuni o’rgansh.

Axborotlarni saqlashning eng qadimiy usullaridan biri yozuv hisoblanadi. Qadimgi odamlar yashagan g’orlar devorlaridagi rasm va yozuvlar buning yaqqol isbotidir. Yozuv texnologiyasi asrlar davomida deyarli o’zgarmadi. Faqatgina yozish vositalari takomillashib bordi. Avval toshlarga o’yib yozilgan bo’lsa, keyinchalik turli bo’yoqlar yordamida yozildi. Hayvon terilariga ishlov berish natijasida toshlarga emas, teriga yozish yo’lga qo’yildi. Qog’oz ishlab chiqarilishi bilan yozish yanada qulaylashdi. Shu bilan birga, yozuv quroli ham takomillashib bordi. Yozish uchun toshlar, turli mo’yqalam, qamish-perolar, g’oz patlaridan foydalanildi. Patlar о’rnini peroli ruchkalar, ularni avtoruchkalar, avto-ruchkalar o’rnini esa yozuv mashinkalari egalladi. Lekin asosiy jarayon-matn o’zgartirilishi kerak bo’lsa, uni qayta ko’chirib yozish zarurligi o’zgarmadi. Bu esa juda ko’p kuch va mehnat talab qiladi.

Kompyuterlar matn yozish texnologiyasini tubdan o’zgartirib yubordi. Matnlarni yozish, saqlash, qayta ishlash, qog’ozga chop etish kabi ishlarni bajarishga mo’ljallangan ko’plab dasturlar ishlab chiqildi. Bu dasturlar, asosan, ikki turga bo’linadi: matn muharrirlari va matn protsessorlari Ularning asosiy farqi kompyuterga kiritilgan matnning ko’rinishiga bog’liq.

Matn muharriri kompyuterda eng ko’p ishlatiladigan dasturlar qatoriga kiradi. Ixtiyoriy rusumli kompyuterlar uchun matn muharrirlari ishlab chiqilgan. Hatto bir rusumli kompyuter uchun ishlab chiqilgan o’nlab matn muharrirlarini ko’rsatish mumkin. Masalan, Pravets kompyuterlari uchun „RED”, „Volna”, „Punktir”, IBM rusumidagi kompyuterlar uchun „WD”, „Foton”, „Leksikon”, Windows operatsion sistemasining tarkibiga kiritilgan Bloknot, Word Pad va hokazo. Deyarli barcha matn muharrirlari quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:

Ma’lumotlarni kiritish;

Xatoliklarni tuzatish;

Belgilar, so’zlar, satrlar, abzaslar o’rnini almashtirish yoki o’chirib tashlash;

Matnni biror „qolipga solish”, ya’ni chap va o’ng tomonlarini tekislash, satrlar orasidagi masofani o’zgartirish;

Matnni diskda saqlash;

Matnni diskdan o’qish;

Chop etish.

Matn muharrirlarida, asosan, matnning mazmuniga e’tibor beriladi. Ularda matnning ekrandagi va qog’ozdagi ko’rinishi (bezagi) ahamiyatga ega bo’lmaydi.

Matn muharrirlari yordamida matn fayllari hosil qilinadi. Unda faqat kiritilgan matn belgilarining kodlari saqlanadi. Shuning uchun bir matn muharririda hosil qilingan matnni boshqa matn muharririda qiyinchiliksiz qayta ishlash mumkin bo’ladi.

Matn muharrirlarining nomi, tashqi ko’rinishi turlicha bo’lgani bilan, ularda ishlash jarayoni deyarli farq qilmaydi. Matn muharrirlarining asosiy elementlari: ishchi maydoni, yurgich va menyu.

Ishchi maydoni. Matn muharriri kompyuter ekranida „ishchi maydoni” deb ataladigan maxsus joy ajratadi. Ishchi maydoni matn yozish uchun sahifa vazifasini bajaradi. Kiritilayotgan matn ishchi maydonida aks etib boradi.

Yurgich. Klaviaturadan kiritilayotgan belgi ishchi maydonining qayerida aks etishini ko’rsatib turadi. Odatda, gorizontal yoki vertikal chiziqcha ko’rinishida bo’ladi.

Menyu. Maxsus buyruqlar va amallar majmuyi menyu deb ataladi. Ular yordamida, asosan, matnlarni diskdan o’qish, diskka yozish, chop etish kabi ishlar amalga oshiriladi.

Yurgich va ishchi maydonining ko’rinishi matn muharriri ishiga deyarli ta’sir ko’rsatmaydi. Ular turli matn muharrirlarida biroz farq qilishi mumkin.

Matn muharrirlari, asosan, menyusi bilan bir-biridan farqlanadi. Menyudagi buyruq va amallar matn muharrir­larining imkoniyatlarini belgilaydi. Ular qancha ko’p bo’lsa, matn muharrirlarining imkoniyatlari shuncha yuqori bo’ladi.

Masalan, “Блокнот” matn muharriri Файл, Правка, Формат, Вид, Справка menyulariga ega.

Turli matn muharrirlarining mos buyruqlari bir-biridan deyarli farq qilmaydi. Ular biroz farqlansa-da, ma’nosini tushunib olish qiyin emas. Masalan, matnni diskka yozish buyrug’i ba’zi matn muharrirlari menyusida „yozish” deb nomlangan bo`lsa, boshqalarida „saqlash” deb nomlangan. Shu kabi matnni diskdan o’qish buyrug’i turli matn muharrirlarida „o’qish”, „yuklash” yoki „ochish” deb nomlanishi mumkin. Mazkur buyruqlar nomlari turlicha bo’lsa ham deyarli bir xil ma’noni anglaiadi va aynan bir xil vazifani bajaradi.

Imkoniyatlari ko’proq bo`lgan matn muharrirlari kamroq imkoniyatli matn muharrirlari bajara oladigan barcha amallarni bajarish imkoniyatiga ega. Shu bois yuqori imkoniyatli matn muharririda ishlashni o’zlashtirib olsangiz, boshqa matn muharrirlarida ishlash qiyinchilik tug’dirmaydi.





  1. Mustahkamlsh uchun savol va topshiriqlar

Matn muharrirlarining vazifalarini aytib bering.

Matn muharrirlari bilan matn protsessorlarining asosiy farqi nimada?

Matn muharriri qanday fayllar hosil qiladi?





  1. Uyga vaziva

Mavzuni o’rganib kelish (4-7-betlar)


Просмотр содержимого документа
«6_10-dars»
Informatika-6. 10-dars sana______________

Mavzu: Hujjatlarda shakllar va chizmalar.

Maqsad:


  1. Ta’limiy: O`quvchilarga hujjatlarda shakllar va chizmalar bilan ishlashni o`rgatish;



  1. Tarbiyaviy: O`quvchilarga estetik tarbiya berish;




  1. Rivojlantiruvchi: O`quvchilarda chizish uskunalar paneli bilan ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish.

DTS: “Chizish” uskunalr panelidan foydalanib to`g`ri chiziq, to`g`ri to`rtburchak, ellips, yoy chizish va chizmalarni formatlashni bilish.

Jihoz: Dars taqdimoti, MS Word 2003 dasturi

Darsning borishi




  1. Tashkiliy davr



    1. Salomlashish;



    1. Davomatni aniqlash;




  1. Takrorlash

Hujjatlarda rasm joylashtirish kerak bo`lgan joy qanday ko’rsatiladi?

Hujjatlarga rasm joylashtirish uchun Word matn protsessorida qanday amallar bajariladi?

Hujjatdagi rasm qanday belgilanadi?

Hujjatdagi rasmdan qanday qilib nusxa ko’chiriladi?

Hujjatdagi rasmni qanday qilib o’chirish mumkin?

Hujjatdagi rasm o`lchamlari qanday o’zgartiriladi?


  1. Yangi mavzuni o`rganish.

Hujjat mazmunli va go’zal bo’lishi uchun matnga ba’zan shakl yoki rasm joylashtirish lozim bo’ladi. Agar u Word kolieksiyasida bo’lmasa-chi? U holda siz Paint dasturidan foydalanishingiz mumkin. Lekin Word dasturining shakl va chizma chizish imkoniyatlari ham borki, undan foydalanishishingizni ancha osonlashtiradi. Bu darsdagi ko’pgina amallar sizga Paint dasturidan ma’lum bo’lgani uchun ularni bajarish qiyin bo’lmaydi.

CHIZISH uskunalar paneli

Biz avvalgi darslarda matnli hujjatlarga rasmlarni joylashtirishni ко’rib chiqdik. Uncha murakkab bo’lmagan chizmalarni matn protsessorining imkoniyatlaridan foydalanib ham chizish mumkin. Bu ishni quyidagi Chizish (Рисование ) uskunalar paneli yordamida bajarish mumkin:

Bulardan tashqari “Tayyor shakllar” (Автофигуры) bo’limi juda ko’p tayyor shakllar uskunalarini taklif etadi. Bo’limdagi shakllar turli xil bo’lgani uchun mazmuniga qarab guruhlarga ajratilgan. Masalan, Chiziqlar (“линии”), Asosiy shakllar (“Основные фигуры”) Blok-sxema (“Блоксхема”), Yulduzlar va lentalar (Звёзды и ленты ) guruhlari yordamida yoy, siniq chiziq, uchburchak, silindr kabi xilma-xil shakllar hizish mumkin.

Ta’sir ko’rsatish (Действия) bo’limi yordamida esa shakllarni burish, akslantirish, birlashtirish, birlashtirilgan shakllarni ajratish, shakllarning ko’rinish tartibini o’zgartirish mumkin.

To’g’ri chiziq chizish

“ CHIZISH” uskunalar panelidagi chiziq tugmasi tanlangach, sichqoncha ko’rsatkichi [+] ko’rinishga keladi. Sichqoncha ko’rsatkichi chiziladigan chiziq boshlanishi kerak bo’lgan nuqtaga olib kelinadi va chap tugmasi bosilgan holda chiziqning oxirgi nuqtasiga olib boriladi. So’nggi nuqtada sichqonchaning chap tugmasi qo’yib yuboriladi.

To’g’ri to’rtburchak chizish

C HIZISH uskunalar panelidagi [□] to’g’ri to’rtburchak tugmasi tanlangach, sichqoncha ko’rsatkichi + ko’rinishga keladi. Sichqoncha ko’rsatkichi chiziladigan to’g’ri to’rtburchakning chap yuqori burchagiga olib elinadi. Sichqonchaning chap tugmasini bosib turgan holda ko’rsatkichi to’g’ri Vrtburchakning o’ng pastki burchagiga olib borib qo’yib yuboriladi. Umuman Iganda, chizishni to’g’ri to’rtburchakning ixtiyoriy burchagidan boshlash lumkin. Chizish to’g’ri to’rtburchakning qaysi burchagidan boshlansa, unga arama-qarshi burchagida tugatiladi.


Ellips chizish

“ CHIZISH” uskunalar panelidagi tugmasi tanlangach, sichqoncha ko’rsatkichi [+] ko’rinishga keladi. Yuqorida ko’rsatilgandek (to’g’ri to’rtburchak chizilganidek), amallar bajariladi. Ya’ni sichqoncha ko’rsatkichi xayolan to’g’ri to’rtburchak bor deb, shu to’g’ri to’rtburchak-ning biror burchagiga sichqoncha ko’rsatkichi olib kelinadi va sichqonchaning chap tugmasini bosib turgan holda sichqoncha ko’rsatkichi to’g’ri to’rtburchakning qarama-qarshi burchagiga olib borib qo’yib yuboriladi.

Yoy chizish

“ CHIZISH” uskunalar panelidagi Tayyor shakllar bo’limining Asosiy shakllar guruhidan yoy tugmasi tanlanadi. Ellips chizilgandagi amallar bajariladi. Faqat ellips o’rniga yoy chiziladi.

Chizmani formatlash

Belgilangan chizma rangini o’zgartirish uchun “CHIZISH” uskunalar panelidagi chiziq rangi tugmasidagi uchburchak bosiladi va taklif etilgan ranglardan biri tanlanadi.

Belgilangan chiziq turiniyoki shtrix turini o’zgartirish uchun CHIZISH uskunalar panelidagi chiziq turi yoki shtrix turi tugmasi bosiladi va taklif etilgan chiziq yoki shtrix turidan biri (tekis chiziq, shtrix chiziq, yo’nalishli chiziq va hokazo) tanlanadi.

Belgilangan shaklni bo’yash uchun CHIZISH uskunalar panelidagi shakl ichini bo’yash rangi tugmasi bosiladi va taklif etilgan ranglardan biri tanlanadi.

Belgilangan shaklni akslantirish yoki burish uchun “CHIZISH” usku­nalar panelidagi Ta’sir ko’rsatish bo’limining chapdan o’ngga akslantirish, o’ngdan chapga akslantirish yoki burish tugmalaridan biri bosiladi.

Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, MS Word dasturi sodda shakllardan murakkab chizmalar hosil qilish imkonini ham beradi. Chizmalarni bo’yash uchun tavsiya qilingan ranglar ko’lami ham juda keng.


  1. Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar



      1. Word matn protsessorida chizmalar chizish uchun qaysi uskunalar panelidan foydalaniladi?

CHIZISH uskunalar paneli yordamida qanday amallarni bajarish mumkin?

Word matn protsessorida to’g’ri chiziq qanday chiziladi?

Belgilangan chiziq turi yoki shtrix turi qanday o’zgartiriladi?

Word matn protsessorida to’g’ri to’rtburchak qanday chiziladi?

Wordda ellips qanday chiziladi?

Wordda yoy qanday chiziladi? Amalda ko’rsating.

Wordda chiziq rangi qanday o’zgartiriladi?

Wordda shakl ichi qanday bo’yaladi? Amalda ko’rsating.

Wordda chizmalar qanday akslantiriladi? Amalda ko’rsating.

Wordda shakllar qanday buriladi? Amalda ko’rsating.

Mashqlar



  1. Chiziq va to’g’ri to’rtburchak chizish amallaridan foydalanib Robot rasmini chizing.

Chizish amallaridan foydalanib, uycha rasmini chizing.



Chizish amallaridan foydalanib, kompyuter rasmini chizing.


  1. Uyga vazifa


Mavzuni o`qish. EHM da mashq qilish.
Download 18.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling