Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
A2
T.K.№4 atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qila olish va guruhda ishlay olishni shakllantirish uchun dars guruhlarda ishlash shaklida tashkillashtiriladi;
T.K.№4 guruhda ishlash paytida turli rollarni ijro eta olishni shakllantirish uchun masala shartini obrazli namoyish etish vazifasi beriladi.
A2+
guruhda ishlash paytida lider rolini ijro eta olish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
A2
T.K.№5 matematikaning kundalik turmushdagi ahamiyatini tushuna olishiuchun mavzuga oid hayotiy misollar keltiriladi;
T.K.№5 sodda real hodisalarni matematik tilda ifodalash usullaridan foydalana olishni o’rgatish uchun qisqa hayotiy voqea namoyish etilib ular orasida fan va mavzuga oid qismlari haqida o’quvchi fikri tinglanadi;
T.K.№5 zaminimizda yashab o‘tgan buyuk allomalarimizning matematikaga qo‘shgan hissalarini tasvirlab bera olishlarini shakllantirish uchun buyuk allomalarimiz hayoti va ijodi haqida o’rganib kelish uyga vazifa sifatida beriladi.
A2+
matematikaning kundalik turmushdagi ahamiyatini tushuntira olish;
sodda real hodisalarni ifodalashda matematik tilning mohiyatini tushuntira olish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:
A2
T.K.№6 aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy rejalarni tuza olishni o’rgatish uchun har bir oquvchi (bir nechta darsda) ozining bir kunlik rejasini tuzish mashqi o’tkaziladi;
T.K.№6 hisoblash vositalaridan va tayyor kompyuter dasturlaridan foydalana olishni o’rgatish uchun misollarning bir qismini hisoblash vositalarida hisoblash aytiladi.
A2+
hisoblash vositalaridan va tayyor kompyuter dasturlaridan foydalana olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |