13. Qaysi so’zlarda fe’lning munosabat shakli yo’q?
A) yoz, tur, o’qi B) sanashdi, chiqmoqda, sindirmoqchi C) salomlash, bilgan, aytmas D) chaqirish, chaquv, olmoq
14. Fe’lning munosabat shakli mavjud so’zlarni aniqlang.
A) sanash, chiqmoq, chizuv B) ol, bermoqda, boray C) yopish, quymoq, yuguruv D) ho’plamoq, tanishuv, foydalanish
15. Fe’l asoslariga –yap, -moqda, -(a)yotir, -(a)yotib qo’shimchalarini qo’shish bilan hosil qilinadigan zamon shaklini aniqlang.
A) o’tgan zamon B) hozirgi zamon C) kelasi zamon D) hozirgi-kelasi zamon fe’li
16. Tomdan tarasha tushganday iborasining ma’nosi qaysi so‘zga teng keladi?
A. xursand bo‘lmoq B. ayyor C. xasis D. to‘satdan
17. Ushbu qo‘shimchalarning qaysi biri kelasi zamon sifatdoshini hosil qiladi?
A. –gan (-kan, -qan) B. –(a) yotgan, -gan C. -ydegan, -adigan D. –(a)r, -qan, -kan
18. Nima dedingiz? Bularning hammasi men uchun? …Ushbu gapda so’roq belgisidan so’ng ko’p nuqtaning qo’yilishini izohlang.
A) so’roq gap oldingi gapning uzviy davomi bo’lgani uchun; B) so’roq gap mazmunan tugallanmagani uchun;
C) so’roq gap so’zlovchining tuyg’usini aks ettirgani uchun; D) so’roq gapdan so’ng faqat so’roq ishlatilishi kerak.
19. Iboralar ma’nodoshligi qaysi qatorda berilgan?
A. tepqa sochi tikka bo‘ldi – jahli chiqdi B. toza – yog‘ tushsa yalagudek
C. yerga ursang ko‘kka sakraydi – qo‘y og‘zidan cho‘p olmagan D. tarvuzi qo‘ltig‘idan tushdi – hafsalasi pir bo‘ldi
20. Dalalarga baraka urug‘i ekib bo‘lindi. Ostiga chizilgan birikmaga qaysi qatorda to‘g‘ri izoh berilgan?
A. ibora B. qo‘shma gap C. so‘z birikmasi D. tasviriy ifoda
21. Tepa sochi tikka bo‘lmoq iborasining ma’nosi qaysi so‘zga teng bo‘ladi?
22. Undalma qatnashgan gap yozing.
23. Ayiruv bog`lovchilari qaysilar?
24. Qo`shimcha yuklamalar qaysilar?
25. Tasviriy ifoda nima?
Do'stlaringiz bilan baham: |