6-sinf ona tili II chorak yangi darslik badiiy uslubning eng muhim belgisi nimada namoyon bo’ladi?


Download 25.88 Kb.
Sana24.12.2022
Hajmi25.88 Kb.
#1051972
Bog'liq
6-SINF ONA TILI II CHORAK YANGI DARSLIK


6-SINF ONA TILI II CHORAK YANGI DARSLIK
1.Badiiy uslubning eng muhim belgisi nimada namoyon bo’ladi?
A)obrazlilik va estetik jihatdan ta’sir etishida B) boshqa uslublarga o’xshamasligida C) nutqiy erkinlikda D)shevaga xos so’zlarni qo’llanishida
2. Qaysi qatorda faqat sifatlar berilgan.
A) ko‘rsatuv ,keng,teleboshlovchi,musiqiy
B) yo‘l,ko‘ngilochar,kasb,topqir
C) qadrdon, og‘ir,musiqiy,obod
D) qishloq,dangasa,kishi,yaxshi

3. Qaysi qatorda kinematografiya so’ziga to’g’ri ta’rif berilgan?


A)ilmiy bilimlarga asoslanib texnik qurilmalar, tizim va materiallar yaratish hunari.
B)kitob, gazeta, jurnal kabi bosma mahsulotlarini tayyorlash, nashr qilishga oid soha.
C)kompyuter grafikasi asosida yaratilgan, dasturlashgan borliq.
D)harakatdagi tasvirlar – kino yaratish sanʼati.
4. Yillar o‘tib, telekanallar ham, ko‘rsatuvlar ham ko‘paydi. Ushbu gapdagi ajratib ko’rsatilgan so’zlar gapda qanday vazifani bajaryapti?
A)teng munosabatdagi so’zlarni o’zaro bog’layapti
B)gaplarni bog’lash uchun xizmat qilyapti
C)so’zlarga qo’shimcha ma’no yuklayapti
D)gapning ma’zmuniga ta’siri yo’q
5. Ikkinchi qismi turdosh otdan iborat bo‘lgan atoqli otlar qanday yoziladi?
A)qo’shib B)ajratib C)chiziqcha bilan D) kichik harf bilan
6. Otga bog‘lanib, uning belgisini bildiradigan va “qanday?”, “qaysi?” so‘roqlariga javob
bo‘ladigan so‘zlarga nima deyiladi.
A)son B)sifat C) fe’l D)ravish
7.Qaysi qatorda faqat qo’shma sifatlar berilgan?
A) kamgap, esli-hushli, shirinsuxan, jahldor
B) kaltafahm, hozirjavob, ishyoqmas,kamgap
C) sog‘- salomat, mehnatsevar, ayyor
D) nozik-nihol, qo‘rqoq, chaqqon, madaniyatli
8. Virtual olam tushunchasiga qaysi qatorda to’g’ri izoh berilgan?
A)ilmiy bilimlarga asoslanib texnik qurilmalar, tizim va materiallar yaratish hunari.
B)kitob, gazeta, jurnal kabi bosma mahsulotlarini tayyorlash, nashr qilishga oid soha.
C)kompyuter grafikasi asosida yaratilgan, dasturlashgan borliq.
D)harakatdagi tasvirlar – kino yaratish sanʼati.


9. Agar biron davlat o‘zida ishlab chiqarilgan mahsulotni boshqa davlatga sotsa, bu …deb ataladi. Nuqtalar o’rnini to’ldiring.
A)import B)invest C)birja D)export
10. Juft va takror sifat qismlari qanday yoziladi?
A)qismlari orasiga chiziqcha qo’yiladi B)ajratib yoziladi C)qo’shib yoziladi D)bosh harflar bilan yoziladi
11. Qaysi qatorda tasviriy ifodalar berilmagan?
A)samo qushi – samolyot, bahor elchisi – qaldirgo’ch,boychechak
A) qora oltin – neft, g‘azal mulkining sultoni – Alisher Navoiy
B) o‘rmon shohi – sher, non shahri – Toshkent
D)barchasi tasviriy ifoda hisoblanadi
12. Oltin boshoqlarga birinchi o‘roq tushgan kuni ham dehqoncha libos kiyib olib, qo‘llariga
o‘roq tutib, azondan to kechgacha dalada ishlar ekanlar. Ajratib ko’rsatilgan birlik qanday ma’noda kelayotganini izohlang.
A) bug’doyni nazarda tutmoqda
B)ekinni anglatayapti
C)tilla buyumlar aytilgan
D)tillarang boshoqlar
13. Adabiy tilning hayotimizdagi ma’lum soha doirasida, biror nutqiy vaziyatda qo‘llanadigan shakli … hisoblanadi. Nuqtalar o’rnini to’ldiring.
A)so’zlashuv shakli
B)muomala madaniyati
C)nutq uslubi
D)adabiy til
14. Birdan ortiq asosdan tarkib topgan otlar qanday otlar hisoblanadi?
A)qo’shma B)juft C)takroriy D) soda yasama

15.Qaysi qatordagi otlarning barchasi to’g’ri yozilgan?


A) Beshariq, Qorqiz, Qashqadaryo
B) Markaziy Osiyo, Janubiy Amerika, Quyi Chirchiq.
C)Uchqo’rg’on,Oltiariq,Bo’rbaliq
D)barchasi javoblar to’g’ri
16. Dasturimizni hayvonot olamiga oid muhim xabar bilan davom ettiramiz. Yurtimizdagi “Zarafshon” davlat qo‘riqxonasida brakonyerlik faoliyatiga chek qo‘yildi. Noqonuniy ovchilik faoliyati bilan shug‘ullangan shaxslar O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan qo‘ng‘ir ayiqlarni ovlagani aniqlandi.
Ushbu teleboshlovchilarga xos bo’lgan nutq qaysi uslubga xos?
A)ilmiy B)so’zlashuv C)badiiy D)rasmiy
17.Qaysi qatorda qo’shma sifatlar berilgan?
A)serquvvat,shirador,chiroyli
B) mehnatsevar, jonkuyar, kamxarj
C)rohatbaxsh,serqirra, jilobaxsh
D)hashamatli,xaridorgir,talabchan
18.Qaysi qatorda qurilish xodimlariga xos bo’lgan kasb egalari berilgan?
A) quruvchi, laborant, veterinar, suvoqchi
B) fermer, arxitektor, shifokor, agronom
C) traktorchi, montaj ustalari, feldsher.
D)quruvchi,suvoqchi,arxitektor

19.Kichratirish-erkalash qo’shimchalariga misollar keltiring.


20.Gap bo’laklarini yozing.
21.Tildagi so’zlar qanday boyib boradi?
22. Infografika nima?
23. Ziyorat qilmoq jumlasini izohlang?
24.Qo’shma otlarga misollar keltiring.
25.Televedeniya faoliyatiga xos bo’lgan atamalarga misollar yozing.



SAVOL

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

17

18

JAVOB

A

C

D

A

A

B

B

C

D

A

D

A

C

A

D

D

B

D


























































19. –choq , -xon , -kay, -cha, -nisa, -chak, -jon,-gina.
20.Bosh bo’laklar va ikkinchi darajali bo’laklar
21. Bu jarayon ikki xil usulda amalga oshadi: birinchi usulda shevalardan so‘z olinadi yoki yangi so‘zlar yasaladi,ikkinchi usulda esa chet tillardan so‘z o‘zlashtiriladi.
22. Infografika axborot va maʼlumotlarni uzatishning grafik usuli sanaladi. Infografikadan murakkab maʼlumotlarni qulay usulda yetkazish uchun foydalanamiz. Uni matn, rasm va dizaynni o‘zaro birlashtirib hosil qilish mumkin.
23. Holidan xabar olmoq, tashrif buyurmoq, qutlug‘ qadamjolarga bormoq, muborakbod etmoq.
24. Tuyaqush, o‘rdakburun, qorbo‘ron, qizilishton, ko‘ksulton.
25. Telekanal, efir, intervyu, shou, studiya, informatsion, improvizatsiya, kadr, rejissyor,
prodyuser, ssenarist, grimchi, operator.
Download 25.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling