6-Sinf o’quvchisi: 2018-yil Botanika 6-sinf imtihon javoblari


Download 71.6 Kb.
bet3/9
Sana18.03.2023
Hajmi71.6 Kb.
#1282694
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
6-SINF-BOTANIKA

13-bilet
1. Gullari turlicha gulqurg’on (gulkosa, gultoj)ga ega bo’lgan, changlanib va urug’lanib bo’lgandan so’ng meva hosil qiladigan o’simliklar gulli o’simliklar deyiladi.Gulli o’simliklarning asosiy belgisi umri davomida meva hosil qilishidir.Ular ildiz,poya,barg,gul, mevadan tashkil topadi.
2.O’simliklar hayoti davomida ta’sir ko’rsatadigan ekologik omillar abiotik va biotik omillarga ajraladi.Abiotik omillarga o’lik tabiat tarkibiy qismlari kiradi ya’ni tuproq, harorat, suv, yorug’lik va havo kiradi.Biotik omillarga tirik tabiat tarkibiy qismlari kiradi ya’ni bakteriyalar, zomburug’lar, o’simliklar, hayvonlar, odamlar.O’simliklarga ta’sir ko’rsatuvchi omillar ta’siri salbiy va ijobiy bo’ladi.
3. Biror o’simlik urug’idan olib bankaga solib unig ichiga yonib turgan sham tushirsak sham yonishda davom etadi,song og’zini yopib birnecha soatga chetga olib qo’ysak va uning ichiga yana sham tushirsak sham o’chib qoladi. Bunga sabab bankada kislarot qolmagan,urug’lar nafas olgan.


14-bilet
1. Tabiatda yovvoyi yem-xashak o’simliklaridan shuvoq,burchoq,sebarga,izen,keriuk,javdar va boshqalar uchraydi.
2. Gulxayridoshlar oilasiga gulxayri,yerbag’irtugmachagul,g’o’za,kanob,bo’ritaroq kiradi.Dorivor gulxayrining ildizidan tayyorlangan damlama xalq tabobatida yutalga qarshi ishlatiladi.G’o’zadan kiyim-kechak ishlab chiqarishda foydalaniladi.Kanobdan tola olinadi.
3. Ikkiurug’pallali o’simliklar asosan o’qildiz tizimiga xos.masalan loviya,g’o’za,yontoq va boshqa o’simliklar.Birurug’pallali o’simliklar popuk ildiz tizimli.masalan bug’doy,arpa,lola,piyoz va bo’shqa o’simliklar kiradi.


15-bilet
1.Tabiatda juda ko’p dorivor o’simliklar mavjud.Ulardan tabobatda turli kasaliklarga qarshi dori sifatida foydalaniladi.Maslan, issiriq, chakanda, zubturum,gulxayri,jag’-jag’, cherkez,erman shuvog’i va boshqalar.Dorivor gulxayridan tayyorlangan damlama yutalga qarshi ishlatiladi.Jag’-jag’ qon ketishini oldini oladi.Cherkezning bargi va mevasidan tayyorlanadigan dori qon bosimini tushiradi.
2. O’simliklarning turiga qarab barglarning shakllari turli shaklda bo’ladi.Masalan yumoloq,ovalsimon,tuxumsimon,nashtarsimon,qalami va boshqa shakllarda bo’ladi.Qirrasining shakliga ko’ra tekis,arrasimon,tishsimon va boshqa shaklda bo’ladi.Shu belgilarga qarab o’simliklar bir-biridan farqlanadi.
3. Loviya ikki urug’pallali o’simlik.Urug’i tashqi tomondan qalin po’st bilan qoplangan.Ichida urug’pallalar va murtak joylashgan.Murtagi ildizcha,poyacha va 2 ta bargchadan iborat.Bug’doy bir urug’pallali o’simlik hisoblanadi.Urug’i cho’ziq shaklda. Ustki tomondan quruq bir juft qobiq bilan qoplangan.murtagi boshlang’ich ildizcha,boshlang’ich poya,boshlang’ich bargchadan iborat.

Download 71.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling