6-Sinf o’quvchisi: 2018-yil Botanika 6-sinf imtihon javoblari


Download 71.6 Kb.
bet4/9
Sana18.03.2023
Hajmi71.6 Kb.
#1282694
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
6-SINF-BOTANIKA

16-bilet
1.Novdalarda barglar birikkan joy bo’g’im deb ataladi.Ikkita barg oralig’idagi qism bo’g’im oralig’i deb ataladi.Barg qo’ltig’ida bittadan ba’zan ikkitadan kurtak joylashadi.
2. Gulxayridoshlar oilasiga gulxayri,yerbag’irtugmachagul,g’o’za,kanob,bo’ritaroq kiradi.Dorivor gulxayrining ildizidan tayyorlangan damlama xalq tabobatida yutalga qarshi ishlatiladi.G’o’zadan kiyim-kechak ishlab chiqarishda foydalaniladi.Kanobdan tola olinadi.
3. O’simliklarning turiga qarab barglarning shakllari turli shaklda bo’ladi.Masalan yumoloq,ovalsimon,tuxumsimon,nashtarsimon,qalami va boshqa shakllarda bo’ladi.Qirrasining shakliga ko’ra tekis,arrasimon,tishsimon va boshqa shaklda bo’ladi.Shu belgilarga qarab o’simliklar bir-biridan farqlanadi.
17-bilet
1. Ildiz ham hamma hujayralar kabi nafas oladi.Ildiz tuproq orasidagi havodan nafas oladi.O’simlik ildizi yaxshi nafas olishi uchun urug’ yumshoq joyga ekiladi.Hosil yetiguncha birnecha marta yumshatiladi.Qatqaloq tuproqda havo kam bo’ladi.Havo yetishmasligi tufayli o’simlik kasallanadi va hosil kamayadi.Shuning uchun tuproqni tez-tez yumshatib turish zarur.
2. To’pgullar oddiy va murakkabga bo’linadi.oddiy to’pgullargaoddiy shingil(qashqarbeda),oddiy soyabon(piyoz) ,so’ta(makkajo’xori),boshcha(sebarga),oddiy boshoq(zubturum),qalqoncha(olma),savatcha(qoqio’t)kuchala(tol).Murakkab to’pgullarning murakkab boshoq(Bug’doy),murakkab soyabon(sabzi),murakkab shingil(nastarin) kabi turlari bor.
3. Olmaning barglari oddiy,panjasimon tomirlangan.Namatakning barglari murakkab,toq patsimon,panjasimon tomirlangan.Qulupnayning barglari murakkab,uch bargchali,panjasimon tomirlangan.


18-bilet
1.O’zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan o’simliklar Tabiatni muhofaza qilish xalqaro uyushmasi tomonidan ishlab chiqilgan tasnifga binoan 4 guruhga bo’linadi.1.Yo’qolgan yoki yo’qolish arafasidagi turlar 2.yo’qolib borayotgan turlar. 3.kamyob turlar 4.kamayib borayotgan turlar.1984-yilda nashr etigan Qizil kitobiga 163 ta tur kiritildi.1998-yilda etilgan Qizil kitobga 301 ta tur kiritildi.Qizil kitobga kiritilgan turlar respublikamizda bir xil tarqalmagan.Qoraqalpoq Respublikasida-11, Andijon-4,Buxoro-24,Jizzax-21,Navoiy-13,Namangan-12,Samarqand-45,Surxondaryo-112,Sirdaryo-2,Toshkent-80,Farg’ona-28,Qashqadaryo-59
2.Piyozdoshlar oilasiga 32 turkumga kiruvchi 750 ta tur o’simlik turi kiradi.Ular ko’p yillik piyozboshli ko’p yillik o’simliklardir.Barglari shishgan yoki yassi nashtarsimon,ipsimon,qalami,ellipissimon,yaprog’i butun yoki qirqilgan,pastki qismi novsimon.To’pguli soyabon,ko’p gulli.Gullari ikki jinsli.gulqo’rg’oni oddiy , tojbarglari 6ta ikki xalqada 3 tadan joylashgan.Chamgchilari 6 ta ikki xalqada 3 tadan joylashgan.Urug’chisi 1 ta
3. Boshpiyoz tashqi tomondan quruq qobiq bilan qoplangan.Bosh piyozni ko’ndalangiga kesib qarasak,tubida qisqargan kalta poyani ko’rish mumkin.Kalta poya asosidan pastga qarab qo’shimcha mayda ildizlar, yuqoriga qarab esa seret barglar,gulbandlar o’sib chiqadi.Vaqt o’tishi bilan gulbandning uchida to’pgul hosil bo’ladi.

Download 71.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling