6-Sinf o’quvchisi: 2018-yil Botanika 6-sinf imtihon javoblari


Download 71.6 Kb.
bet8/9
Sana18.03.2023
Hajmi71.6 Kb.
#1282694
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
6-SINF-BOTANIKA

27-bilet
1.Meva va urug’lar shamol,hayvonlar,qushlar,hasharotlar,suv va odamlar tomonidan tarqaladi.Masalan,qo’ng’irboshning mevasi uzunligi 0,5mm va og’irligi 0,1-0,2mg keladi.Shu sababdan uning urug’i shamol orqali uzoq masofaga tarqaladi.Meva va urug’larning tarqalishiga eng katta ta’sir odamlar tomonidan ko’rsatiladi.
2.Burchoqdoshlar oilasiga kiruvchi o’simliklar 400 turkumga mansub 12000 ga yaqin turni o’z ichiga oladi.Bu oila vakillari bir,ikki va ko’p yillik o’tlardan iborat.Bu oilaga qisman yarim buta,buta va daraxtlar kiradi.Oila vakillari ildizi-o’qildiz tizimli.Poyasi tik o’suvchi,ilashuvchi,o’raluvchi yoki yotib o’suvchi.Barglari ko’pincha murakkab,hamisha yonbargchali.Gullari qiyshiq,ikki jinsli.Kosachabargi 5 ta ,qo’shilgan ;tojbargi 5ta 3ta xalqada joylashgan 3tasi erkin,2tasi qo’shilgan.changchisi 10ta 9tasi qo’shilgan 1 tasi erkin.Urug’chisi1 ta
3. Ildiz tizimiga ko’ra o’qildiz va popukildizga bo’linadi.O’qildiz asosan ikkiurug’pallali o’simliklar uchun xos.Bunday ildiz hosil bo’lish jarayonida asosiy ildiz bevosita o’sishda davom etadi.Popuk ildiz asosan birurug’pallali o’simliklarga xos.popuk ildiz hosil bo’lish jaroyonida asosiy ildiz nobud bo’ladi va uning o’rniga bir tutam yon ildizlar hosil bo’ladi.
28-bilet
1.Botanika yunoncha so’z bo’lib o’t,o’simlik,ko’kat degan ma’noni bildiradi.Bu fan o’simliklarning paydo bo’lishi,rivojlanishi,tarqalishi,tashqi va ichki tuzilishini o’rganadi va o’rgatadi
2. Gullari mayda, rangsiz,to’g’ri ba’zan qiyshiq ,ikki jinsli ba’zan birjinsli.Gulqo’rg’oni oddiy 5 bo’lakli yoki qisqarib ketgan.Changchisi 2-5 ta erkin.Urug’chisi 2-5 ta qo’shilgan.
3.Piyoz po’stidan olib,mikrokop ostida qaralsa uning hujayralarining cho’ziq va zich joylashganligini ko’rish mumkin.(nazariy)
29-bilet
1. Shakli o’zgargan yerosti novdalariga piyozboshlar,tuganaklar,ildizpoyalar kiradi.piyozboshli o’simliklarga boshpiyoz,lola,binafsha va boshqa o’simliklar kiradi.Ularning hujayralarida shaffof rang beruvchi leykoplastlar bor.Tugaanakli o’imliklarga kartoshka,kartoshkagul,xrizontema kiradi.Ildizpoyali o’simliklarga ajriq,g’umoy kiradi.G’umoy asosan sug’oriladigan yer maydonlarda uchraydi.Bo’yi 50-150sm keladi.Ildizida juda ko’p kurtaklar joylashgan bo’lib,yerga yaqin joyidan yangi poya hosil qiladi.
2.Karamdoshlar oilasiga kiruvchio’simliklar 350 turkumga kiruvchi 3000 ga yaqin o’simlik turini o’z ichiga oladi.Bu oila vakillarining ko’pchiligi bir,ikki va ko’p yillik o’tlardir.Ildizi o’qildiz.Poyasi tik o’suvchi.Barglari oddiy, butun yoki qirqilgan,poyada ketma-ket joylashadi.Gullari to’g’ri ikki jinsli,shingil to’pguldan iborat.Gulkosachabarglari 4ta,gultojbarglari ham 4ta , changhcilari 6ta, urug’chisi 1ta.Mevasi qo’zoq yoki qo’zoqcha.
3. Mikroskop 8 ta qismdan iborat.1.Okulyar,2.obyektiv,3.buyum stolchasi,4.kuzgu,5.makrovint,6.mikrovint,7.shtativ,8.taglik

Download 71.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling