6-sinf o`quvchisining adabiyot fanidan egallashi zarur
bo`lgan tayanch kompetensiya elementlari
1.Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi :
Mediamanba va kutubxonalardan zarur ma’lumotlarni topa olish va ulardan foyda- lanish.
2.O`zini o`zi rivojlantirish kompetensiyasi :
Doimiy ravishda o`zini o`zi ma’naviy rivojlantirib boorish,mustaqil o`qib –
o`rganish.
3. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
Oila , maktablarda bo`layotgan tadbirlarda faol ishtirok etish, barcha bilan xushmuomala bo`lish.
4.Milliy va umummadaniy kompetensiya :
Umuminsoniy va milliy qadriyatlarni e’zozlash, orasta kiyinish.
5. Matematik savodxonlik , fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo`lish:
Oddiy kun tartibini tuza olish va unga amal qilish.
6-sinf o`quvchisining adabiyot fanidan egallashi zarur
bo`lgan fanga oid kompetensiya elementlari
1.Adabiy- nutqiy kompetensiya ( Tinglab tushunish, fikrni og`zaki bayon qilish, fikrni yozma bayon qilish):
o`rganilgan asarlar asosidagi audiomatn va videotasvirlarni ko`rib , tinglab tushuna oladi;
nasriy va she’riy asarni ifodali o`qiy oladi;
ularning mazmun-mohiyatini tushuna oladi;
badiiy asar syujetini qayta hikoya qila oladi;
turli janr va hajmdagi 4-5 ta she’riy matn yoki uning parchasini yoddan ifodali o`qiy oladi;
asar qahramonlariga tavsif, insho (3-4 sahifa ) yoza oladi.
2.Badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasi:
O`rganilgan asarda tasvirlangan voqea- hodisalar , obrazlar tizimini boshqalarga tushuntirib bera olish.
6-sinf ona tili fanidan o`quvchilarda shakllantirilishi
zarur bo`lgan tayanch kompetensiya elementlari
1.Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
A2
darslik (lug‘atlar), kutubxona hamda media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saqlash.
2. O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi :
A2
mustaqil o‘qib o‘rganish, doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy rivojlantirish, ijodiylik ko‘nikmalarini oshirib borish.
lash.
3.Milliy va umummadaniy kompetensiya :
A2
madaniy me’yorlarga va sog‘lom turmush tarziga hamda adabiy til me’yorlariga amal qilish.
4.Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
A2
guruhlarda hamkorlikda ishlay olish va bunda muomala madaniyatiga ega bo‘lish.
5. Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:
A2
aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy rejalarini tuza olish, mavzu doirasida turli jadvalli ma’lumotlarni o‘qiy olish.
6-sinf ona tili fanidan o`quvchilarda shakllantirilishi zarur
bo`lgan fanga doir kompetensiya elementlari
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, o‘qish, so‘zlash, yozish): mashq va topshiriqlardagi voqea-hodisalarni, tinglangan matndagi axborotni tushuna oladi; mashq va topshiriqlarda berilgan matnni orfoepiya qoidalariga rioya qilib o‘qiydi; so‘z va gaplarni bog‘lagan holda fikrini to‘g‘ri va ravon bayon qila oladi; 95-105 so‘zdan iborat diktantni yoza oladi, husnixat, tinish belgilari va imlo qoidalariga amal qiladi. 10-12 gapdan iborat ijodiy matn (bayon) yoza oladi, mustaqil fikrlay oladi; husnixat, tinish belgilari va imlo qoidalariga amal qila oladi.
1. Lingvistik kompetensiya (fonetika, orfoepiya, orfografiya, leksika, grammatika): so‘z tarkibi va so‘z yasalishini farqlay oladi; mustaqil so‘z turkumlari (fe’l, ot, sifat, son, ravish) ni izohlay oladi; mavzu doirasida fonetik va leksik, gaplarni morfologik tahlil qila oladi, o‘rganilgan ifoda vositalaridan nutqda o‘rinli foydalana oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |